K o‘rib o ‘tganimizdek, har bir diniy e ’tiqodning asosida axloqiylik
yotadi va u ko‘p hollarda ibodatdan baland qo‘yilgan: solih bandalar,
«Qur’on»da aytilganidek, eng aw alo go‘zal axloq egalaridir. Shu boisdan
keyinchalik halollik nisbatan to r shar’iy qobiqdan chiqib,
asta-sekinlik
bilan shaxs hayotidagi eng qamrovli axloqiy m e’yorga aylandi, teran
m a naviylik kasb etgani h o ld a, k un dalik hayotdagi in so niylik n i
belgilaydigan umum insoniy fazilat bo'lib qoldi. М., hozirgi kunda
ix tiso slash g an m e h n a t ta q s im o tin in g ta k o m illa s h u v i, ilm -fa n
taraqqiyotining yuksalishi natijasida biz kasbiy halollik, ilmiy halollik,
iqtisodiy halollik v.b. haqida gapirishimiz mumkin.
Insoniyat jamiyatida haromlik yoxud nopoklikning halollikka nisbatan
kam uchramasligi doimo axloqshunoslarni tashvishga solib kelgan.
Chunonchi, imom G ‘azzoliyning harom yeyish haqida to ‘xtalib,
m ana
bunday deyishi bejiz emas:
«...Xohi zulm bilan olingan bo‘lsin (kuch ishlatib, xoinona undirish
va bosqinchilik-o g rilik yoMlari bilan olish); xoh zavq va o ‘yin yo‘Ii
bilan olinsin (qim or va shunga o'xshash narsalar bilan boMganiday);
xoh hiyla va nayrang yoMlari bilan olinsin (tovlamachilik va aldamchilik,
tarozidan urish kabi); o ‘z moli va boyligini harom ishlarga (ichkilikbozlik,,
qimor, fohishabozlik) xaijlashi - ham masi harom yeyishga kiradi»1.
Afsuski, G ‘azzoliy sanab o'tgan holatlarni atrofimizda ko‘p ko‘ramiz.
Chunki порок yo‘l tutish oson, lekin halollikka erishish qiyin. Buning
sababi shundaki. halollikning mavjudligi fidoyilik axloqiy tamoyili va
rostgo‘ylik axloqiy m e’yori bilan shartlanadi; doimo halollik qilishi yoki
halol yashashi uchun kishi albatta nim alardandir kechishi, kim largadir
qarshi borishi,
faqat rost gapirishi, so‘z bilan ish birligiga erishishi kerak.
Shu bois halol inson jam oatchilik o ‘rtasida obro‘ga ega, hurm atga
sazovor bo‘ladi. Qaysi jamiyatda halol fuqarolar ko‘paysa, o ‘sha yerda
baxt va farovonlik hukm suradi.
H alollikka birinchi b o ‘lib to ‘xtalishim izning sababi shundaki,
m ustam lakachilik davrida, ayniqsa, s h o ‘rolar h u k m ro n lik qilgan
chorakam bir asr vaqt mobaynida yolg‘on, aldov, nopoklik, haromxo'rlik,
munofiqlik singari illatlar xalqimizga shu qadar ustalik bilan singdirildiki,
hozirgi paytda ko'pchilik odam lar halollik, rostgo‘ylik ustidan hatto
kuladigan bo lib qolganlar. So‘z bilan ish birligi yo'qolgan, qog‘ozdagi
www.ziyouz.com kutubxonasi
chiroyli gaplar hayotga to ‘g‘ri kelmaydi. Lekin bulam ing hammasi,
afsuski, odatiy holdek qabul qilinadi. Shu
bois mustaqilligimizning
dastlabki kunlaridanoq bu illatlarga qarshi kurash boshlandi. Hozirgi
kunda davlatimiz milliy-ma’naviy qadriyatlarni tiklashni, odamlarni
halol, insofli, adolatli bo‘lishga chaqirishni o‘z ichki siyosatining muhim
qismi deb bilgan holda ish tutmoqda. Zero, ko‘z o ‘ngimizda nopoklik
yolg‘on, aldov, ikkiyuzlam achilik nimaligini deyarli bilm aydigan
jam iy atlar, m illatlar gullab-yashnam oqda. Y aponiya, O lm oniya,
F ran siy a, A Q SH , Buyuk B ritaniya singari m a m la k a tla r shular
jumlasidan. Shu o ‘rinda quyidagi misolni keltirib o ‘tish
maqsadga
muvofiq.
Falsafa jamiyati a’zolari bilan muloqot-uchrashuvga kelgan bir taniqli
olim va jamoat arbobi qiziq voqeani so‘zlab bergan edi. Olimning hikoya
qilishicha, Finlyandiyada u bilan birga Rossiya Jam oat televideniyesi
xodim ini o ‘z mashinasida olib yurgan fin fuqarosi yonilg‘i quyish
nuqtalaridan birida to ‘xtab, sakson litr benzin oladi va borib egasiga
shuncha benzin olganini aytib, haqini to ‘laydi. Uning qancha yonilg i
quyib olganini kuzatishni xayoliga ham keltirmagan yonilg‘i quyish
shaxobchasi xo‘jayini pulni olib, ishini davom ettiraveradi.
Mashina
yo‘lga tushganda, sobiq Sho‘rolar Ittifoqi hududidan kelgan mehmonlar
hayratlanib so‘rashadi: «Nega xo‘jayin sizni benzin quyayotganingizda
kuzatib turmadi?» U esa tushunmay yelkasini qisadi: «Nimaga kuzatib
turishi kerak?» M ehmonlar tushuntirishmoqchi b o ‘lishadi: «Axir, siz
sakson litrga haq to ‘lab, yuz litr benzin quyib olishingiz mumkin edi-
ku!» U yana hayron qoladi: «Nega yuz litr olishim kerak ekan, menga
faqat sakson litr zarur!». M ehm onlar yana tushuntirishga harakat
qilishadi: «Siz kam pul to ‘lab, ko‘p benzin olishingiz mumkin edi,
nega unday qilmadingiz?» M ezbon esa yana yelka qisadi. «Nega men
kam pul to ‘lashim kerak - sakson litr zarur edi, sakson litr oldim,
tavba, buning nimasi tushunarsiz?!», deydi. Xullas,
ikki birday kishi
harom yo‘l bilan ortiqcha benzin quyib olish mumkinligini Finlyandiya
fuqarosiga tu sh u n tira olm aydilar; harom va yolg‘on nim aligini
bilmaydigan mezbon bular meni kalaka qilyapti degan xayolga borib,
asabiylasha boshlaganidan keyingina mehmonlar gapni boshqa yoqqa
buradilar.
Qanchalik achchiq bo‘lmasin, bu ~~ bor gap, haqiqat. Zero, Prezident
Islom Karimov nutqlaridan birini «Halollik va fidoyilik faoliyatimizning
asosiy mezoni bollsin» deb, boshqa bir suhbatini esa «Adolat har ishda
www.ziyouz.com kutubxonasi
ham rohim iz va dasturimiz bo‘lsin» deb atagani bejiz emas; hozirda
halol, rostgo‘y, insofli, fidoyi insonlardan iborat b o ‘lgan
fuqarolar
jamiyatini qurish — faqat axloqiy m uam m o emas, balki kelajagi buyuk
davlatimizning mohiyatini anglatuvchi ijtimoiy-siyosiy yangilanishdir.
Rostgo‘ylik. Rostgo‘ylik yoki to ‘g ‘ri so'zlilik insonning haqiqatga
in tilishi b ilan b o g ‘liq, h aq iq at esa doim o sinfiylik-tabaqaviylik,
Dostları ilə paylaş: