ibodatxonasida o ‘t qo‘ygan.
Uning nomi hozirgacha taajjub, hayrat,
ayni paytda nafrat va la’nat bilan tilga olinadi.
Shuhratparastlik ham xuddi xudbinlik kabi zamonaviy jam iyatda avj
olgan illatlardan hisoblanadi. Agar xudbinlikning keng yoyilishiga m a’lum
m a’noda shaxs erkinligining qonuniy muhofazasi, b a ’zi, demokratik
tamoyillar yo 1 ochib bersa, shuhratparastlik uchun zamonaviy ommaviy
axborot vositalari ko‘k chiroq vazifasini o ‘taydi: N itshe aytganidek,
hozirgi paytda har qanday kichkinagina «men», yo‘lini topib, sahnadan,
sahifadan yoki ekrandan o ‘zi haqida jahonga
ja r solish huquqiga va
imkoniga ega. Matbuot va so‘z erkinligidan «o‘ziga xos» foydalanadigan,
«mashhurlar» haqidagi shov-shuvlar bilan shug‘ullanadigan son-sanoqsiz
gazetalar, ko‘rsatuv va eshittirishlar shuhratparastlarning yomg‘irdan
keyingi q o ‘ziqorinlardek paydo b o 'lish in i ta ’m in lam o qd a. Misol
tariqasida k o ‘pchilik om m aviy axborot vositalarida aslida xorijiy
m ualliflar m usiqalarini, q o ‘shiqlarini noqonuniy o ‘zlashtirgani —
o ‘g‘irlagani (plagiat) uchun jazolanishi kerak boMgan shuhratparast
« sa n ’a tk o rla r» n in g k o ‘k la rg a k o ‘ta ri!is h in i k e ltiris h m u m k in .
Shuhratparstlikning bunday keng yoyilishiga qarshi faqat axloqiy tarbiya
vositasida kurashish qiyin, shu sababli ularga nisbatan axloqiy yo‘l bilan
birga ichki va xalqaro huquq m e’yorlaridan
ham unum li foydalangan
holda ish ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
S h u n d a y q ilib , uch b o b m o b a y n id a , q is q a c h a b o ‘Is a -d a ,
axloqshunoslikning asosiy tu sh u n ch alarin i, axloqiy tam oy illar va
me yorlar nima ekanini, ularning shaxs ham da jam iyat
axloqiy hayotida
n aqadar m uhim o ‘rin tutish ini k o ‘rib chiqdik. P irovard natijada
quyidagicha xulosa chiqarish maqsadga muvofiq deb o'ylaymiz: agar
axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari bir-biriga bog'liq bo‘lsa,
axloqiy tamoyillarning bog‘liqligi yanada m ustahkam roq — ular biridan
ikkinchisiga o ‘tib turish xususiyatiga ega; axloqiy m e’yorlar esa bir-biri
bilan shu darajada chambarchaski, b a ’zan birini ikkinchisidan aniq
ajratish qiyin, zero, ular xulq va odob doirasidagi axloqiy amaliyotlardir.
Dostları ilə paylaş: