Abdulla sher axloqshunoslik



Yüklə 10,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/209
tarix13.12.2023
ölçüsü10,65 Mb.
#139765
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   209
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

XIV 
BOB
AXLOQIY MADANIYAT
REJA
1. Muomala odobi.
2. Etiket.
3. Kasbiy odob.
4. Axloqiy tarbiya hamda uning yo ‘llari va vositalari.
Tayanch tushunchalar
Axloqiy madaniyat, Muomala odobi, Suhbat, Imo-ishora, Etiket, 
Kasbiy odob, Axloqiy tarbiya, Axloqiylik, Tarbiyalanuvchi, Komil inson, 
Namunaviylik.
Madaniyatning turlari ichida, xususan m a’naviy madaniyat doirasida 
axloqiy madaniyat o ‘zining nihoyatda keng qamrovliligi bilan ajralib 
turadi. Uning shaxs hayotida voqe b o ‘lishi xilma-xil omillar vositasida 
ro‘y beradi. Chunonchi, hayotiy tajriba, tarbiya, axloqiy ta lim, san at 
ana shunday vositalardan hisoblanadi. Axloqiy madaniyat shaxsga 
o'zgalar bilan munosabatda an’anaviy axloqiy qonun-qoidalardan ljobiy 
foydalanishni, ularga zamonaviylik nuqtayi nazardan yondashishni, 
ezgulik bilan yovuzlikning farqiga borishni va egallagan axloqiy 
bilimlarini samarali tatbiq etishga o ‘rgatadi. Qisqasi, u shaxsning jamiyat 
axloqiy tajribalarini egallash va ulardan o ‘z tajribalarida foydalamshi 
o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni qam ra 
oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi ham da 
davlat va jamiyatdagi axloqiy darajani yuksaltirishga xizmat qiladi.
Axloqiy madaniyat doimo zamonaviydir. Ya’ni, u muayyan zam on 
erishgan axloqiy yutuqlar yoxud darajaning shaxs axloqiy hayotidagi 
ko‘rinishidir. T o‘g‘ri, u, yuqorida aytganimizdek, m a’naviy axloqiy 
qadriyatlarni b utunlay inkor etm aydi, lekin ularning zam onaviy 
shakllarda namoyon b o ‘lishini ta ’minlaydi. M. mulozamat, takalluf va 
murojaat odobini olaylik. Bu axloqiy qadriyatlar qadimdan mavjud. 
Lekin ularning bugungi kundagi shakllari, deylik, Navoiy davridagidan 
farq qiladi. G archand, u davrdagi mulozamat, takalluf va murojaat 
odobi o‘z mohiyatini saqlab qolgan b o ‘lsa-da, bugun ulardan о sha 
shakllarda foydalanish erish tuyuladi, hazilomuz-kulgili ko'nnadi, hatto 
istehzoli-kinoyaviy urg‘u kasb etadi.
30 4
www.ziyouz.com kutubxonasi


Biz yuqorida madaniyatning keng qamrovlilik xususiyatini ta ’kidlab 
o ‘tdik. Zotan madaniyatning biror sohasi yo‘qki, unda axloqiy madaniyat 
bevosita yoki bilvosita ishtirok etmagan boMsin. U iqtisodiy madaniyatmi, 
tibbiy madaniyatmi, estetik madaniyatmi, baribir axloqiy madaniyatsiz 
mavjud bo‘lolmaydi. Hammasida axloqiy madaniyat muomala odobi, 
etiket, kasbiy odob ko‘rinishlarida nafaqat ishtirok etadi, balki m a’lum 
m a’noda ularning yashash shartini belgilab beradi. Insonlar toki jam iyat 
bo‘lib hayot kechirar ekanlar, ular bir-birlari bilan axloqiy munosabatga 
kirishm ay yashashlarining iloji yo‘q. Axloqiy m adaniyat ana shu 
munosabatning asosi, mohiyatini tashkil etadi.
Axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini 
o ‘z ichiga oladi. Ana shunday eng muhim unsurlardan biri — m uom ala 
odobi.

Yüklə 10,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin