rahna solishi mumkinligi va qisman solayotgani
uchun uni am alda
qo llanilishiga qarshi kurashdi. U sho‘rolar hukumati va m afkurachilari
tom onidan o'zining Vatan mudofaasi quw atini susaytirishga harakat
qilgan salkam xiyonatkor fuqaro deb e ’lon etilishiga, boshiga behisob
tuhmatlar, ta’na-dashnom lar yog‘dirilishiga sabot bilan chidadi, ahdidan
qaytmadi, yovuzlik saltanati qo‘lida o ‘z olimlik iste’dodining q o ‘g ‘irchoq
bo lishiga, harbiy murvatga aylanishiga yo‘l qo‘ymadi.
O xir-oqibatda u
inson huquqlarining jahon tan olgan eng buyuk him oyachilaridan biri
sifatida butun insoniyat tahsiniga sazovor b o ‘ldi. Bunday misollarni
ko‘plab keltirish mumkin.
Bulardan tashqari, muallimlik odobi, huquq-tartibot xodimlari odobi,
muhandis odobi singari birqancha
kasbiy odob turlari borki, u lar ham
jamiyatda axloqiy munosabatlar silsilasida muhim ahamiyatga ega. Shuni
aytish kerakki, barcha kasbiy odob qonun-qoidalarining ta ’sir doirasi,
miqyosi bir xil emas. Ba zi bir kasbiy odobning buzilishi oddiy odobsizlik
doirasidan chiqib, axloqsizlikka aylanib ketadi. M asalan,
rahbarlik
odobidagi ba zi nuqtalarga to ‘xtalaylik. Rahbar quyi lavozimdagilarga
mensimay, qo‘pol m unosabatda bo'lishi, o'ziga ishonib topshirilgan
hudud yoki tashkilotdagi oddiy odam lar arz-dodiga,
orzu-istaklariga
to'ralarcha qarashi odobsizlikka kirsa, uning shaxsiy boylik orttirishi
y o ‘lida korru psiya v ositasid a m a m lak a t,
viloyat yoki ta sh k ilo t
manfaatlarini qurbon qilishi axloqsizlik, nafaqat rahbarlik kasbiga, balki
Vatanga ham xiyonat tarzida baholanishi m um kin. B a’zan kasbiy
odobning kasbiy axloq deb atalishi ham ana shundan.
Rahbarlikning axloqiy jihatlari, rahbar borasida Islom K arimovning
m ana bu fikrlari bag‘oyat ibratlidir: «Oddiy
odam larning rahbarlarga
munosabati ikki fuqaro o ‘rtasidagi munosabatgina emas. Ayni paytda u
jamiyatda qaror topadigan m a’naviy-ruhiy, siyosiy-axloqiy m uhitni ham
yaratadi... Haqiqiy rahbar odam larning ko'ngliga yo‘l topib, ularni
ezgulikka, yaxshilikka, yaratishga d a’vat etadi»1.
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki,
kasbiy odob muammosi,
ba zilar о ylaganidek, axloqshunoslikning mayda m asalalaridan emas.
U ni har tom o n lam a o ‘rganish, kasbiy erk inlik va kasbiy b u rch
munosabatini tadqiq etish XXI asr axloqshunosligida m uhim o ‘rin
egallayajak. Zero, kasbiy odob shaxs va jam iyat axloqiy hayotida o ‘zini
www.ziyouz.com kutubxonasi
am aliy axloq tarzid a nam oyon etuvchi m a ’naviy hodisa sifatida
baholanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: