Aflotun
(yunoncha P laton, m iloddan avvalgi
www.ziyouz.com kutubxonasi
4 2 7 —347-yillar) axloqshunosligi u ch u n , ak sin ch a, g ‘oyalar va ruh
haqidagi ta ’lim o tlar asos b o ‘lib xizm at qiladi. Aflotunning g ‘oyalar
t a ’lim otiga k o 'ra, bizga k o ‘rinib turgan, biz harakat qilayotgan dunyo
b o r-y o ‘g‘i soyalar o ‘yini, haqiqiy dunyoni ko‘rish uchun esa inson aqli
ojiz. Inson g‘or devoriga kishanband qilib qo'yilgan tutqunga o ‘xshaydi,
u faqat haqiqiy borliqning noaniq soyalarini kuzatadi, haqiqiy borliq
esa soyalar orqasida, k o ‘rinm aydi. U ni inson ko‘rmaydi, biroq o ‘sha
asl borliqni k o ‘ra oladigan m angu o ‘lm as ruh mavjud. U g ‘o yalar
dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qism igina ana shu dunyoga
qaratilgan, ehtiros va hirsli qismi esa doim o gunohkor yerga to m o n
to rtad i. Aflotun ruhning bu ikki xillik jih a tin i aravakash (aql) bilan
k o ‘pirgan otlar (eh tiros va hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi.
O tlarb aland kelganda ruh (qalb, nafs, jon) g‘oyalar dunyosi yuksakligidan
vujudga yiqiladi va inson tug‘iladi. Insonning tug ‘ilishi, natijada, ruhning
g u n o h g a b o tish i b a ro b a rid a voqe b o ‘ladi. B arch a b ilim la r x o tira
natijasidir: ruh g ‘oyalar dunyosidan bilganlarining b a’zilarini eslaydi va
vujuddagi hayotida b iro r-b ir diqqatga sazovor yangilikni o ‘ziga kasb
etm aydi. Shunday qilib, A flotunning fikricha, axloq ilohiy asosga ega
va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan.
A flo tu n d o n ish m a n d lik n i oliy fazilat, ru h d ag i aqliy q ism n in g
n am o y o n b o 'lish i deb biladi va davlatni boshqarishga loyiq yagona
to if a s ifa tid a d o n is h m a n d -f a y la s u fla rn i ta n o ladi. Y o v q u rlik —
q o ‘riqchilarga, davlatni him oya qiluvchi askarlarga xos. R uhning hirsli
q is m i b ila n b o g ‘liq b o 'l g a n m o ‘ta d illik h u n a r m a n d - k o s ib la r ,
dehqonlarga, y a ’ni xalqqa xos. U la r aw algi tabaqaga bo'ysunishi shart.
U lard an so‘ng q ullar turadi. Q ullar axloqdan tashqarida, h a r qanday
fazilatdan yiroq, zo tan , ularning ruhga egaligi gum on. B undan tashqari,
A flotunning fikriga k o ‘ra, adolat — shaxsiy fazilat emas, davlatga xos
fazilat. Shu sababdan u tabiatiga k o ‘ra uchga b o ‘lingan tabaqalarning
h a r biri faqat o ‘z yum ushi bilan shug‘ullangan davlatnigina ta n oladi.
Shuningdek, tijorat fuqarolam i yo‘ldan ozdiradigan soha b o ‘lgani uchun,
u bilan adolatli davlatda xorijliklar shug‘ullanishi kerak.
A flo tu n ax lo q sh u n o slig in in g m u h im xususiyati sh u n d a k i, u n d a
axloqning asosi, axloqiy n am u na sifatida ilohiylik olinadi. Faylasufning
fikricha, k im d a -k im X udoning m arham atiga erishm oqchi ekan, unga
iqtido q ilm o g 'i, u n d a n n am un a o lm o g ‘i kerak; Xudo barch a narsalar
u c h u n m ezon; faqat X udoga ishonuvchi va taqlid qiluvchi kishigina
don ish m an d b o ‘lishi m um kin. Xullas, Aflotunning axloqshunosligi q a t’iy
www.ziyouz.com kutubxonasi
d in iy t a b ia tg a eg a. A y n i p a y td a u k o ‘p j i h a t d a n v e d a c h ilik
axloqshunosligidagi g‘oyalarni o ‘z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi.
A flo tu n d a n s o ‘ng ikki Q a d im g i Y u n o n a llo m a s i — A ra stu va
E pikurning axloq nazariyalari diqqatga sazovor. A flotunning shogirdi
Arastu
(yunoncha Aristotelos, m iloddan avvalgi 384—322-yillar) birinchi
b o ‘lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig‘idagi
alohida falsafiy fan sifatida taq d im etdi va unga (keyinchalik O vro‘p ad a
qabul qilingan) «Etika» degan nom berdi.
A ra s tu n in g a x lo q iy q a ra s h la r i, a so sa n o ‘g ‘lig a b a g ‘is h la n g a n
«N ikom axning axloq kitobi» va «Evdem ning axloq kitobi» ham da «K atta
axloq kitobi» risolalarida o ‘z aksini topgan. A rastu Q adim gi Y un on
m utafakkirlari ichida birinchi b o ‘lib ixtiyor erkinligini axloqning asosi
sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni, Aflotunga qaram a-qarshi o ‘laroq,
ru h n in g tu g ‘m a xususiyati em aslig in i, balki kasb etila d ig a n (hosil
qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U b archa fazilatlarni ikkiga b o ‘ladi:
b irin c h isi, ru h n in g d o n ish m a n d lik , ta jrib a k o rlik , to p q irlik sin gari
m a ’naviy soha bilan bog‘liq aqliy qism iga oid fazilatlar va, ikkinchisi,
ruhning intiluvchan (ixtiyoriy) qism i — so f axloq b ila n b og ‘liq fazilatlar.
U n in g fikricha, asosiy fazilat a d o la td ir. F a z ila t m a ’lum m a ’n o d a
o ‘rtalikdir, zero, u doim o o ‘rtalikka intiladi. M asalan, m ardlik telbavor
jasorat bilan q o ‘rqoqlik orasidagi o ‘rtalik va hokazo. Ayni p ay td a bu
o ‘rtalik m uallaqlikni anglatm aydi, u ijobiy xususiyat b o ‘lishi u c h u n
birinchi tom onga yaqinroq turishi lozim . М ., m ardlik q o 'rq o q lik d a n
uzoqroq, telbavor jasoratga y aqinroq turadi. S h u n in gd ek, m utafakkir
niyatga katta aham iyat beradi va uni h arak atn in g tam o y ili, boshlanishi
deb ataydi. Lekin u pirovard m aqsad em as, n iyatn ing tam oyili esa
in tilish va aql, shu sababli niyat a q ld a n , e s -h u s h d a n va o d o b d a n
tashqarid a b o ‘lmaydi.
A rastu, A flotundan farqli o ‘laroq, vujud va ru h yaxlitligi nuqtayi
nazarini ilgari suradi; inson kam olotga, yuksak ezgulik va erkinlikka
bilish faoliyati, voqelikka faol m unosabati orqali, h irs-u ehtiroslar ustidan
h u km ro n lik qila olishi tufayli erishadi, degan fikrni aytadi. D em ak ,
insonda ixtiyor erkinligi bor, zero, u ezgulik yoki yovuzlikni, fazilat
yoki illatni tanlashda b ir xil h u km ro n lik m avqeyiga ega.
M aqsad bilan vositani Arastu yaxlitlikda olib qaraydi; m aqsad vositani
b e lg ila y d i, shu sababli m a q s a d n in g a x lo q iy ta b ia ti fa q a t a x lo q iy
vositalarnigina ta n oladi va, ayni paytd a, axloqsiz m aq sad axloqsiz
vositalarni talab qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Arastu aqliy-idrokiy faoliyatni hayotiy faoliyatning oliy shakli, hech
bir narsa bilan qiyoslab b o ‘lm aydigan qadriyat deb hisoblaydi. Oliy aql
doirasida subyekt va obyekt, fikr va fikrning predm eti - narsa-hodisasi
bir-biriga m os, y a ’ni Oliy aql (X udo) tafakkur haqidagi Tafakkurdir.
G arch an d inson hech qachon ilohiy hayot darajasiga yetisha olm asa-
da, lekin unga ideal sifatida imkon boricha intilishi kerak; inson erishgan
kom illik d oim o nisbiy b o ‘ladi.
Shunday qilib, A rastuning fikricha, axloqli inson aqliy fazilatlar bilan
y o ‘g ‘rilgan kishidir; aqlni inson em as, insonni aql belgilaydi. Ayol zoti
esa past darajali, zaif, k o ‘z yoshiga erk beradigan, o ‘zini tutolm aydigan
inson, ularda ehtiro s aql-idrokdan yuksak turadi, illatlarga erkaklarga
nisbatan k o ‘p ro q m oyil b o ‘ladilar, shuning uchun ham donishm andlik
ularga xos em as; xotinning erga b o ‘ysunishi adolat tam oyilini buzm aydi.
S a n ’at, siyosat va ilm -fan ozod kishilar uchun. Qul, um um an, axloqdan
tashqaridagi m avjudot.
Q ullarni past tabaqali kishilar, h a tto jonli narsalar qatoriga kiritish
A ra stu n in g in so n n i m o h iy a ta n ijtim o iy -siy o siy m avju do t sifatid a
tushun ishid an kelib chiqadi. U ning uchun jam iyatdan: qabila, jam oa,
davlatdan tashqaridagi odam — yo X udo, yoki hayvon. Shu bois yot
qabiladan kelgan, polis fuqaroligi huquqiga ega b o ‘lm agan q ullar odam
hisoblanm aydi. Qul faqat ozodlikka erishgandagina insonga aylanadi.
Arastu, yuqorida keltirganim izdek, ilmni (aqlni) axloqdan (vijdondan)
yuksak q o ‘yadi va bu bilan m ush oh ad ako r hayotni — nazariyani, ijodga
bag‘ishlangan hay o tni axloqiy ideal tarzida talqin etadi. Shunga k o ‘ra,
buyuk m utafakkir antik dunyo fuqarosining a n ’anaviy fazilatlari b o ‘lmish
donishm andlik, m ardlik, odillik, d o ‘stlikni yuksak qadrlaydi. Biroq uning
insonga m uh abb ati, insonparvarligi bizning hozirgi, b archa bandalar
X udoning oldida baravar, degan tushuncham izdan farq qiladi. Y uqorida
k o ‘rganim izdek, uning nazdida o d am lar teng emas, tenglik tushunchasi
A rastuga yot. U faqat od am lar o ‘rtasidagi d o ‘stlik va xayrixohlikni tan
oladi, xolos.
Epikur
(y u n o n ch a E pikuoros, m iloddan aw algi 341 270-yillar) esa
o ‘z q a ra sh larid a falsafaning am aliy m aqsadini, axloqiy m azm u n in i
t a ’k id la y d i. I n s o n n in g b ir o r - b i r iz tiro b ig a davo to p o lm a y d ig a n
faylasufning so ‘zlari m a ’nosizdir, b ad an dan kasallikni quva olm aydigan
tab o b a td a n h ech qanday foyda b o ‘lm agani kabi ruhni (qalbni) davolay
o lm aydigan falsafadan ham foyda y o ‘q, degan fikrni bildiradi.
E pikur inson da tanlov ixtiyori borligini qayd etadi. U ham D em okrit
www.ziyouz.com kutubxonasi
kabi ezgulik haqidagi t a ’lim o tn i lazzat va iz tiro b m u a m m o sid a n
boshlaydi. U ning uchun eng m uhim i — ruhiy xotiijam lik. D o ‘stlaridan
birig a yozgan x atid a zarb o ft t o ‘shagu t o ‘kin d a stu rx o n in g b o 'lib ,
behalovat yashagandan ko‘ra, poxol to ‘shakda x o tiijam yotganing afzal,
deydi. Fazilatlar orasida E pikur adolat bilan d o n ish m and likk a alohida
e ’tib o r bilan qaraydi. Adolat tushunchasida m utlaqlik va nisbiylik hollari
m avjudligini ta ’kidlab o ‘tadi; um um an, adolat h a m m a u ch u n b ir xil,
chunk i u odam lararo m unosabatlardagi foydali hodisa; lekin m uayyan
m am lakatlarning o ‘ziga xosligi nuqtayi n azarid an va shunga o ‘xshash
boshq a sharoitlarda adolat barcha uchun b ir xilda b o ‘lolm ay qoladi.
F azilatlarning m ohiyati insonni lazzatga olib b o rish d a n , xotiijam likka
h am d a ruhning faoliyatli holatiga xizm at qilish d an iboratdir. Baxt esa
axloqiy va jism oniy sog‘lom likdan yuzaga keladi.
0 ‘lim qarshisidagi q o ‘rquv borasida gapirib, E p ik u r uning m anbaini
ru h n in g o 'lm aslig i va iztiro b larn in g ab ad iy lig i h a q id a g i n o to ‘g ‘ri
tasa w u rlard a deb hisoblaydi. Z ero, ruh ham vujud singari atom lardan
iborat. Tabiatdagi ham m a narsa a to m lar birik u v id an hosil b o ‘lgan,
ularning parchalanishi bilan ruh ham parch alan ad i. 0 ‘lim xavfining
asossiz ekanini isbotlash uchun u shunday deydi: «Y ovuzlikning eng
dahshatlisi bo'lm ish o ‘lim ning bizga hech q and ay aloqasi y o ‘q, chunki,
biz hali mavjud ekanm iz, o ‘lim kelm aydi, o ‘lim kelganda esa biz mavjud
boMmaymiz. Shunday qilib, o ‘lim ning tiriklarga h a m , o ‘liklarga ham
aloqasi yo ‘q, chunki birlari uch u n u mavjud em as, b oshqalarining esa
o ‘zlari mavjud em as»1.
Epikur iztirobdan qochishni emas, uni yengish kerakligini ta ’kidlaydi.
Buning uchun axloqiy q at’iyat, fikr yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi
q o ‘yilishi kerak. U ning axloqiy ideali — yerdagi hayotga nafrat bilan
qaramaydigan, aksincha, tabiat bilan hamnafas bo ‘lib, ya’ni, tabiat belgilab
bergan hayotiy maqsadga muvofiq yashaydigan don ish m an d , faylasuf.
Aynan tabiatga muvofiqlikda, turli b id ’at va aldam chi fikrlardan qutulib,
o ‘z ehtiyojlarini tabiiy zarurat bilan m oslashtirgan holdagina donishm and
tafakkur va ichki erkinlik borasida oliy darajadagi lazzatga erishadi.
D onishm and o ‘z kuchi m e’yorini biladi va u n d a n oqilona foydalanadi.
U baxtni manbai faqat m a’naviy ezgulikda, d o ‘stlik bilan bilim da b o ‘lgan
Dostları ilə paylaş: |