Men qisman o ‘zini-o‘zi belgilaydi, qisman esa
Men emas tom onidan belgilanadi. Chunki M en
emas M enning ibtidosi
va intihosi oralig‘idagi, M enning o ‘z-o ‘zini anglashiga, o ‘z -o ‘ziga
yetishuviga halaqit beruvchi, uni m utlaqlikdan chalg‘itib turuvchi
hodisalar majmuidir. Shuning uchun Menning mohiyati harakatdan,
faoliyatdan, tinimsiz o ‘z aslini anglab borishdan iborat, zero, biz
b ilis h im iz u c h u n h a ra k a t q ilm ay m iz, b a lk i h a ra k a t q ilish g a
mo‘ljallanganimiz uchun bilamiz: amaliy aql har qanday aqlning ildizidir.
Inson faoliyatli mavjudot, uning faoliyatli mavjudotligi o ‘z erkini amalga
oshirishidir. Erkinlik — insoniy borliqni o ‘z ixtiyoriga ko‘ra ta ’riflashdir.
Insondan yuksakroq hech narsa yo‘q, chunki u o ‘zini erkin axloqiy
mavjudot sifatida namoyon etadi. Inson uchun tabiat vosita darajasidagi
narsa: Xudo faqat insonda o ‘zini ko‘rsatadi, tabiatda nimaiki uyg‘un,
nimaiki go‘zal bo'lsa bari inson tufaylidir.
Inson ibtidodagi mohiyatiga ko‘ra, erkin, biroq, u hayotda o ‘zining
sustkashlik tabiatiga bog‘lanib qolgan: hayotda ham erkin bo‘lishi uchun
inson o ‘zining odatiy g‘aflatdagi holatidan chiqishi kerak. Shunday
qilib, Fixtening fikriga ko‘ra, g‘aflat — inson tabiatining o ‘zida mavjud
bo'lgan tug‘ma, asl, tub yovuzlik. Inson dangasa — «...dangasalik barcha
illatlarning manbaidir, —
Qanday qilib ko‘proq lazzatlanish, qanday qilib kamroq ishlash — mana yo‘ldan ozgan inson tabiatining vazifasi
... Toki inson bu tabiiy g‘aflat bilan kurashib, g‘oliblik baxtiga erishmas
ekan, toki faoliyatda va faqat faoliyatda o'ziga quvonch, o ‘ziga lazzat
topm as ekan, unga najot yo‘q » '. Faylasuf og‘ir va qiyinchilik bilan
yengib o ‘tiladigan illatlardan biri sifatida qo‘rqoqlikni keltiradi; bu
illa tn in g h am ild iz i su stk ash lik k a lo g ‘a rlik k a b o rib ta q a la d i.
Q o‘rqoqlikdan yolg‘onchilik tug‘iladi. Faqat qo‘rqoq yolg‘onchi bo‘ladi.
M ard-m atonatli kishi aldamaydi: hatto fazilat egasi nuqtayi nazaridan
emas, balki g‘ururi va kuchli irodasi tufayli ham yolg‘onchilik qilmaydi.
Insonning ixtiyori — ezgu; yovuzlik ixtiyordan emas, inson tabiatidan
kelib chiqadi, zero, boya aytilganidek, sustkashlik, log‘arlik ana shu
tabiatning ajralmas qismidir; faoliyat o ‘zi-o‘zicha yovuzlik bo‘lolmaydi,
yovuzlik faoliyatsizlikdan kelib chiqadi.
Fixte inson m a’naviy taraqqiyotining uch bosqichi yoxud darajasini
keltiradi; birinchisi — tashqi his-tuyg‘ular anglaydigan narsa-hodisalami