1 Кьеркегор С. Болезнь к смерти. / / Этическая мысль, 1990. М ., «Политиздат»,
1990. С. 367.
www.ziyouz.com kutubxonasi
G unohdan individual forig‘ bo‘lish m uam m osini hal etar ekan,
Kirkegaard mavjudlikning uch xil darajasi yoki bosqichini bayon qiladi.
Bular — estetik, axloqiy va diniy bosqichlar. Birinchi bosqichning
tamoyili — lazzat, ikkinchisiniki — burch, uchinchisiniki — iztirob.
Estetik bosqichda inson o ‘zini tashqi dunyoga baxsh etadi, hissiyotlar
olamiga sho‘ng‘ib ketadi. Uni m a’lum m a’noda erotik, ishqibozlik
bosqichi ham deyish mumkin. Uning ramzi — Don Juan, faylasuf
yoshligida sevgan M otsartning shu nom dagi o perasidan, m usiqa
sohasidan falsafaga olib o ‘tilgan timsol. Bu bosqichda inson ham m a
narsani bilgisi, barcha lazzat turlaridan bahram and b o ‘lgisi keladi;
musiqa, teatr, ayollar — hammasi uning xizmatida. Lekin inson qanchalik
hissiyotga berila borsa, shunchalik lazzatdan to ‘yib, ko‘ngli qolib,
q o n iq m ay d ig an b o ‘lib boradi. Z ero , ta k ro rla n m a s n arsala rn in g
takrorlanaverishi kishida xafsalasizlikni, loqaydlikni tug‘diradi va estetik
bosqichdagi hayotdan zerikish insonni umidsizlik chegarasiga keltirib
q o ‘yadi. Natijada insonda bunday hayot tarzidan yuz o ‘girib, undan
yuksakroq darajadagi hayotni tanlash zarurati paydo b o ‘ladi va u ikkinchi
— axloqiy bosqichga o ‘tadi.
Bu bosqichda inson erkin lazzatlanishdan kechib, o ‘zini o ‘z ixtiyori
bilan axloqiy qonunga bo‘ysundiradi; fazilatlar yo‘liga kiradi, burchni
bajarish mezon darajasini oladi. Inson bunda o ‘ziga nisbatan bamisli
ustozga, qattiqqo‘l otaga aylanadi. Endi uning tanlovi ezgulik bilan
yovuzlikni farqlaydigan, o ‘zini gunohkor deb biladigan, ayni paytda,
ongli ravishda haq yo‘lga yuz burgan kishining tanlovi sifatida nam oyon
b o ‘ladi. Bu bosqichning timsoli — Suqrot. U ning yechimi — estetik
ishqibozlikka qarama-qarshi qo‘yiladigan nikoh. Nikoh m a’lum m a’noda
muqaddas. Shu bois estetik bosqichdagi kapalaknam o oshiqlikning ziddi
b o ‘lmish axloqiy darajada muhimi — oilaviy burchga sadoqat. Paragvay
iyezuitlari (Iso jamoasi) cherkovlarida hatto h ar kuni yarim tu n mahali
erlam i nikoh to‘shagida o ‘z vazifalarini bajarishga d a ’vat etib, qo‘ng‘iroq
ham chalar ekanlar.
Axloqiy insonning hayoti tashqi emas, ichki, o ‘ziga nisbatan boMgan
burchni bajarishga qaratilgan; boshqa odam lar oldida burchli esa-da,
m uhim i, tashqi xatti-harakatlar emas, balki aynan o'zigagina xos,
o ‘zining abadiy va ajralmas xususiy mulki b o ‘lm ish ichki holat, ichki
ruhiy dunyodir. Xazina o ‘zingda yashirin, u ixtiyor erkinligi, tanlov;
«yo — u, yo — bu», unga erishish insonni m alaklardan ham yuksakka
ko‘tarishi mumkin. Axloqiy bosqichda inson o ‘zini tanlaydi. U o ‘zini
www.ziyouz.com kutubxonasi
ezgu odam sifatida tanlamaydi, chunki inson gunohga botgan zot va
u o ‘z aybini his etm asdan boshqa iloji yo‘q. Shuning uchun o ‘zini
yovuzlik va ezgulikning farqiga boradigan axloqiy shaxs sifatida tanlaydi.
Faylasuf inson faqat tanlov hodisasi tufayligina ilk bor o ‘zligini
anglaydi, zero, faqat erk haqiqiy shaxsni vujudga keltiradi, degan fikrni
ilgari suradi.
Lekin axloqiy bosqich ham so‘nggi pillapoya emas, u o ‘tish holati;
eng yuksak daraja, bu — diniy bosqich. Zero, axloqiy bosqichda inson,
birinchidan, baxtga, chunonchi, oilaviy, nikohdagi baxtga intiladi,
ikk in chidan , um um iy qonunga b o 'y sun ib yashaydi. D em ak , bu
bosqichda u o ‘z erkini, ixtiyor erkinligini to ‘la namoyon qilolmaydi.
Diniy bosqichda esa inson umumiy axloqiy qonun-qoidalar doirasidan
chiqib ketadi, undan balandroq darajaga ko‘tariladi, X udo bilan
to ‘g‘ridan to ‘g‘ri munosabatga o‘tadi. Bu bosqichning timsoli — Ibrohim
alayhissalom. M a’lumki, u kishiga sevimli o ‘g‘lini qurbonlik qilish haqida
Xudoning farmoni keladi. Xo‘sh, nima qilish kerak? Birinchidan, otaning
o ‘z o ‘g ‘lini o ‘ldirishi um um axloq qoidalariga to ‘g‘ri kelm aydi,
ikkinchidan, agar o ‘g‘lini qurbonlik qilmasa, Xudodan qo‘rqadi. Ibrohim
alayhissalomning oldida ikki talab turadi: o ‘g‘lini oMdirmaslik (chunki
bu axloqqa, otalik mehriga zid) va Tangriga bo‘ysunish. Birinchi talabni
bajarish — Xudoga bo'ysunmaslikka, ikkinchi talabni bajarish esa axloqiy
qonunni buzish va o ‘z o ‘g‘liga nisbatan shafqatsizlikka olib keladi. Shu
ikki yo‘ldan birini tanlash kerak. Bu tanlov esa iztirob orqali ro ‘yobga
chiqadi. Buning ustiga, Ibrohim alayhissalomga farmonni haqiqatan
ham farishta keltirdimi yoki u iblisning ovozimi? Agar u farishtaning
ovozi bo‘lmasa-chi? Qo‘rquv, gum on va xavotir Ibrohim alayhissalom
qalbini tirnaydi, uni cheksiz iztirobga soladi. Unga hech kim yordam
berolmaydi, m uam m oni uning yolg‘iz o ‘zi hal etishi, o‘zi tanlashi lozim.
Bu tanlov mantiqiy jarayonning emas, ixtiyor etishning natijasi sifatida
maydonga chiqadi. U nda insoniy aql emas, insonning o‘zi butun borlig‘i
bilan ishtirok qiladi.
Shu tariqa Suqrotning « 0 ‘zingni angla!» shiori Kirkegaard ta’limotida
«O'zingni tanla!» shioriga o ‘rin b o ‘shatib beradi. Kirkegaard nafaqat
iztirobga shukr qilishni, balki uni sevish kerakligini va bu sevgi har
qanday baxtdan baland ekanini ta ’kidlaydi. Zero, Xudoga m uhabbat —
shart. H ar qanday iztirob, yo‘qchilik, sinov va riyozat bu ahdni buza
olmaydi, uning ahamiyatini pasaytira olmaydi. Iztirob to ‘g‘ri tanlov
tufayli ezgulik va xayrning manbaiga aylanadi. Shuningdek, erkinlik
www.ziyouz.com kutubxonasi
iztirob biian birgalikda, gunoh, ayb, qo‘rquv tushunchalari esa inson
mavjudligining sifatlari tarzida talqin etiladi.
Ayniqsa, Kirkegaard qo‘rquvga katta ahamiyat beradi. Uning nazdida
q o ‘rquv — erkinlikning aybga b o ig an munosabati. Haqiqiy qo‘rquv,
bu — gunohkor bandaning Tangri oldidagi qo ‘rquvi. Inson chorrahada
turadi: yoki vaqtinchalik yerdagi hayot, qo'rquv va iztirob, yoki yerdagi
hayotga yuksakdan boqish, o iim g a nafrat bilan qarash tufayli uning
qo‘rquvidan xalos boiish. Xo‘sh, shu nuqtayi nazardan qaraganda,
burch nima? Burch — Xudo irodasining ifodasi. Xudodan qo‘rqish
insondagi yangi imkoniyatlarni ochadi, inson mavjudlik nima va mavjud
bo im aslik nima ekanini anglaydi. U insonni tanlov qarshisiga olib
keladi: inson shu daqiqadan boshlab ongli ravishdagi tanlovni amalga
oshirishga majbur: qo‘rquv — erkinlikning imkoniyati. Shunday qilib,
agar aql umidsizlikka olib kelsa, e ’tiqod umid baxsh etadi, tinchlantiradi,
tasalli beradi. Ayni paytda asl m a’naviyat, axloq va e ’tiqod faqat
gunohkorgagina xosdir (ilk gunohkor Odam Atoni eslang).
Xulosa qilib aytganda, Syoren Kirkegaardning axloqiy ta ’limoti,
ko‘pgina o ‘rinlarda insoniy mavjudlikda mantiqiy fikrlashni, sababiyatni,
aqlning rolini inkor etsa-da, o'zining Hegelga nisbatan bergan iborasiga
monandlab aysak, yakka daraxt orqasida o ‘rm onni ko‘rmay qolganiga
qaramasdan, u Ovro‘pa falsafasida butunlay yangi bir yo‘nalishga asos
soldi: insonni faqat aql yordamida, m antiqiy tushunchalar vositasida
anglab boim aydi, inson tushunchasi cheksizdir, degan fikrni o ‘rtaga
tashladi. Insonni shaxsiy tanlov huquqiga ega mavjudot tarzida talqin
etdi — bunda insoniy qadr-qim m at g‘oyasi m as’uliyat g‘oyasi bilan
o m u x ta la s h ib k e td i. K irk e g a a rd b u b ila n e n g y a n g i d a v r
axloqshunosligidagi ekzistensiyachilik oqim ining ibtidosida turadi.
Yangi davr Ovro‘pa axloqshunosligidagi noratsional yo'nalishning
asoschilaridan yana biri buyuk olm on faylasufi A rtur Shopenhauerdir
(1788—1860). Axloqiy m uam m olar uning «Olam ixtiyor va tasaw u r
sifatida»( 1819 1844), «H ayot m a k ta b in in g h ik m atlari» (1851),
«Axloqshunoslikning ikki asosiy muammosi» (1837—1839) singari barcha
yirik asarlarida o ‘rtaga tashlangan.
Shopenhauer taiim otiga ko‘ra, olam — inson ko‘z ochishi bilan
ko‘rgan, hidlaru ranglarga, tovushlaru sukunatga, issig‘u sovuqqa to i a
dunyo faqat va faqat tasaw urdan iborat. O lam — mening tasaw urim ,
deydi faylasuf. Olamga hoziru kelajakda nimaiki taalluqli bo‘lsa, hammasi
subyekt bilan sifatlanishga albatta m ahkum va subyekt uchun mavjuddir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shunday qilib, olam - tasaw ur, u subyekt va obyektning o ‘zaro
munosabati sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki biz faqat ko‘zimizni,
qulog‘imizni, qo‘limizni, tilimiznigina bevosita bilamiz, olamni emas.
Olam, — men uni o ‘z tasaw urim da qanday qabul qilayotgan b o ‘lsam,
— shunday. Bu masalaning bir tomoni, ikkinchi tomoni — ixtiyor. Ixtiyor
tasaw urga o ‘xshamaydi, butunlay boshqa, sirli, hali kashf etilmagan,
e h tim o l, u m u m an k a sh f etib b o ‘lm ay d ig an narsa. U b a rc h a
mavjudlikning ibtidosi. Ixtiyor, bu — mutlaq erkin xohlash, istash, uning
na sababi, na asosi bor. U — olamning ichki mazmuni, o ‘z -o ‘zicha
anglanmagan holat, ko‘r-ko‘rona, to ‘xtatib bo‘lmaydigan shiddat. H atto
daraxtlar uchida ham ixtiyor hukmron, ular yuqoriga, nurga qarab
intiladi, ildiz pastga intiladi — namni ixtiyor etadi. Jism faqat yuqoridan
pastga — vertikal tarzda qulaydi... Ixtiyor, bu — makon va zam onda
yashaydigan mavjudotlarning paydo b o ‘lishini ta ’minlaydigan kuch.
Lekin uning o ‘zi makon va zamonga bo‘ysunmaydi, uni bilish m um kin
emas. Inson esa, eng aw alo, ixtiyor etguvchi, istaguvchi, hirs qo‘yguvchi,
va faqat undan keyingina, bilguvchi, fikrlovchi mavjudot. Ixtiyorning
namoyon b o ‘lish shakli faqat hozir, kelajak ham, o‘tmish ham emas.
Shu «hozir»ning manbai va mazmunini o ‘zida mujassam etadigan narsa
— yashashga ixtiyor, ya’ni o'zimizdan iborat bo‘lgan «narsa o ‘z-o‘zicha».
Olamiy ixtiyor yoki ixtiyor sifatidagi olam insonni o ‘z yo‘rig‘ida
tutadi. Inson odatda ixtiyor qo‘lida, xohish-istaklar iskanjasida yashaydi.
Uning yashashga b o ‘lgan ixtiyori, istagi g‘oyatda kuchli. U yashash
istagida yangidan-yangi ixtiyor iskanjasiga tushaveradi. Insondagi
xudbinlik uni ixtiyorga qul qilib qo‘yadi: o ‘zim bo‘lsam, hammasi meniki
bo‘lsa, degan aqida bilan ish ko'radi. Bir istak bajarilishi bilan ikkinchisiga
harakat boshlanadi, undan keyin uchinchisiga, to ‘rtinchisiga va hokazo...
Inson bir istak bilan kifoyalanmaydi. Natijada uning hayoti tinim siz
harakatdan iborat bo‘ladi, o ‘zi to ‘ysa ham, ko‘zi to ‘ymaydi. Bu hayot
— hayot emas, yovuzlik, yolg‘on, azob, fojialardan iborat mavjudlik.
Insonning baxt deb intilgani oxir-oqibat baxtsizlik bo‘lib chiqadi. Chunki
tom m a’nodagi insoniy baxtning o‘zi yo‘q. Yashashga ixtiyor — cheksiz
iztiroblar manbai; o‘z baxtiga intilgan har bir odam boshqalar uchun iblis
bo‘lmog‘i lozim; aslida iblis shaxsiylashgan yashashga ixtiyordan boshqa
narsa emas. Demak, baxtga intilish — barcha illatlami keltirib chiqaruvchi
manba. Bu hodisa Pushkinning «Baliqchi va baliq haqidagi ertak» asarini
eslatadi. Ixtiyor changalidagi inson baliqchi cholning xotiniga o‘xshaydi:
eng ulkan baxtga erishaman deb, baxtsizlikka erishadi. Zero, Shopenhauer
www.ziyouz.com kutubxonasi
nazdida hayotda doimo xudbinlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ixtiyor
changalidagi xudbin o'limdan qo‘rqadi, chunki o‘lim ixtiyorga, barcha
xohish-istaklarga chek qo‘yadi. Asl inson, yuksak axloq egasi ixtiyorga,
eng awalo, hayotga, yashashga b o igan ixtiyorga chek qo‘ymog‘i lozim.
Ya’ni, inson o‘limdan qo‘rqmasligi, unga intilmog‘i kerak. Chunki inson
uchun so ‘ng m aqsad — o ‘lim . In son n in g b u tu n h ay o ti o ‘lim ga
tayyorgarlikdan iborat; inson o ‘lim uchun tug‘iladi.
Xo‘sh, inson ixtiyor changalidan qutulam an, barcha azob, iztirob,
fojialardan forig‘ bo‘laman desa nim a qilishi kerak? 0 ‘zini o ‘zi o ‘ldirishi
lozimmi? Shopenhauer bunga, yo‘q, deb javob beradi. Chunki o ‘zini-
o ‘zi oMdirayotgan odam yashashni xohlaydi, faqat u berilgan hayotdagi
shart-sharoitdan norozi. Shu bois o ‘zini oMdirgan kishi hayotga b o ‘lgan
ixtiyordan emas, hayotning o ‘zidan yuz o ‘giradi. V aholanki, buning
aksi bo‘lmog‘i lozim. Inson barcha xohish-istaklardan bosh tortm og‘i,
ixtiyor changalidan qutulmog‘i kerak. 0 ‘shanda inson yashayveradi,
lekin hayot uning uchun hech narsa emas; endi insonni hech narsa
bezovta qila olmaydi, u haqiqiy xotirjamlikka, istaksiz um rga erishadi.
Buning uchun inson halol, buyuk b ir ichki ad o lat hissi bilan
yashamog‘i lozim. Zero haqiqiy halollik, buzilmas adolat birlam chi va
eng muhim fazilat sifatida mislsiz og‘ir vazifa, unga b utun qalbi bilan
berilgan inson tez orada shunaqangi qurbonlik qilishga m ajbur bo ‘ladiki,
pirovard natijada uning uchun hayotning hech qanday shirinligi,
maftunkorligi, qizig'i qolmaydi — va inson ixtiyordan voz kechadi.
Halollika nisbatan hurm atning m a’nosi ham shunda, halollikning o ‘zi
emas, balki uning uchun qilingan qurbonlik hurm atga sazovordir. G ap
shundaki, to ‘g‘ri va halol inson hayot bilan bog‘liq b o ‘Igan azob-
uqubatlarni hiyla yoki kuch vositasida birovning yelkasiga tashlab
qo'ym aydi, o ‘zining og‘ir yukini o ‘zi ko‘taradi, insoniy hayotdagi
yovuzliklarning hammasiga birovning emas, o ‘zining ko ‘ksini qalqon
qiladi. Shunday halol yashashning oqibati bo'lm ish tengsiz iztiroblar
o ‘ziga xos forig‘lanishga, buddhachilik iborasi bilan aytganda nirvanaga
olib keladi: bunday oliy m a ’naviy maqomga ruhan erishgan inson
hayotga ixtiyorni inkor etadi1.
Bunday darajaga erishish, o ‘z haqiqiy «M en»im izning hodisasi
boMmish butun olam bilan birgalikdagi to ‘laqonli mavjudlikni q o ‘lga
Dostları ilə paylaş: |