Mutafakkiming bu fikrlari ayni haqiqat ekanini yaqin tariximizda yaqqol
ko‘rishimiz mumkin: 1917-yilgi fevral inqilobi
yutuqlarining oktabr
davlat to ‘ntarishi natijasida chippakka chiqarilishi, undan keyingi
fuqarolar urushi va Lenin-Stalinning misli ko‘rilmagan qatag‘onlarini
umumiy tarzda eslashning o ‘ziyoq kifoya.
Yuqorida Losskiyning yovuzlik uchun faqat insongina javobgar
ekanini, uning Xudo ko‘rsatgan yo‘ldan ozgani uchun yovuzlik sodir
boMishini ta ’kidlovchi fikrlarini keltirgan edik. Yana bu borada shuni
aytish kerakki, faylasuf har qanday yovuzlikda, agar unga falsafiy nuqtayi
nazardan yondashilsa, ezgulikning qandaydir unsurini ko‘rish mumkin,
degan teran m ulohazani o ‘rtaga tashlaydi.
M asalan, o ‘lim ni olib
ko‘raylik. 0 ‘lim, shubhasiz, yovuzlik, yovuzlik bo‘lganda ham, dunyodagi
eng kuchli yovuz hodisa. Buni tan olmaydigan odam yo‘q. Lekin, ayni
paytda, uning hayot jarayonidagi ahamiyatini ham inkor qilib b o ‘lmaydi.
Z otan, hayotning har bir ko‘rinishi muayyan hajmdagi o ‘limning
g‘alabasi, ya’ni tirik narsalarning yo‘q boMishi bilan bog‘liq. Hayotsiz
o ‘lim yo‘q, hayot — mamotning manbai. 0 ‘lim nafaqat ontologik nuqtayi
nazardan, balki axloqiy tomondan zaruriyatdir. 0 ‘zini o iim kutayotgani
uchun ham inson axloqiy izlanishlarni hayotining asosiy maqsadi qilib
oladi. Shu jihatdan qaraganda, oMimsiz hayot o ‘z m a’nosini yo‘qotadi.
0 ‘limni his qilib turish uni m a’naviy, hatto jismonan yengib o'tish
yo‘llarini qidirishga olib keladi; o ‘lim — ijodkorlik uchun turtki. Yoki
o ‘g‘rilikni olaylik: u ham yovuzlik. Lekin Bernard Mandevilning (XVIII
asr)
aytishicha, agar Angliyada o ‘g‘rilik tarqalmaganida, temirchilik
san’ati rivojlanmasdi. Odamlar o‘g‘rilardan saqlanish uchun tamba,
qulf, mustahkam tem ir darvozalar, panjaralar o ‘rnatishga majbur bo‘ldilar
va, shunday qilib, sanoatning muayyan bir sohasi yaratildi.
Yovuzlikka qarshi kurashar ekanmiz, biz uning muayyan b ir turidan
qutilam iz, lekin oldim izda uning yana boshqa xili paydo b o ‘ladi.
Yovuzlikning bitta turiga bir tom onlam a diqqatni jamlash va unga qarshi
jarrohlik aralashuviga o ‘xshash inqilobiy yo‘l bilan kurashish nafaqat
uning yangi
turlarini vujudga keltiradi, balki bir joyda kesib tashlangan
saraton shishi boshqa joydan o‘sib chiqqanidek, eski yovuzlikka qaytadan
jon ato etadi. Xullas, Losskiyning axloqiy ta ’limoti yovuzlik bilan tolmay,
muntazam, har kuni kurash olib borishni tavsiya etadi. Ana o ‘shandagina
jamiyat va inson kutilgan taraqqiyotga erishib boradi.
Ezgulik va yovuzlikning paydo b o iish i, ularning inson hayotidagi
o ‘rni, yovuzlikka qarshi kurashishning yo‘llari singari doim iy dolzarb
www.ziyouz.com kutubxonasi
axloqiy muammolar rus m um toz axloqshunosligining boshqa vakillari
uchun ham muhim edi. Bu borada yirik ishlar qilgan m utafakkirlardan
biri ekzistensiyachi faylasuf Nikolay Aleksandrovich B erdyayevdir
(1874—1948).
Uning ayniqsa, «Insonning vazifasi haqida» (1931),
« 0 ‘z - o ‘zini anglash» (1939—1940), «Ilohiylik va in son iy lik n in g
ekzistensial dialektikasi» (1944—1945) kabi asarlari shu jih a td a n
diqqatga sazovor.
Nikolay Berdyayev falsafiy-axloqiy qarashlarining yaqqol ajralib
turadigan o ‘ziga xos xususiyati shundaki, uning asosiy g‘oyasi — erkinlik.
N im a uchun o ‘z tabiatiga ko‘ra erkin va ijodkor mavjudot b o ‘lgan
inson Xudo bergan n e’m atlardan joyiga qo‘yib foydalana olm aydi;
nimaga insonning o ‘ylagan narsasi o ‘rniga
tarixda butunlay boshqacha
holat ro ‘y beradi; nima uchun ilmu salohiyatni odam bolasi o ‘ziga
o'xshaganlarni ezish uchun, y a ’ni yovuzlik y o 'lida ishlatadi; nega
is te ’dodli odam ko‘p in c h a y o lg ‘izlikka m ah k u m ; nim aga d ah o
san’atkorlarning hayotida fojiaviylik, o ‘rtamiyonalik doim g‘olib keladi;
nim a sababdan inson erkinlik uchun tug‘ilgan,
lekin u doim va ham m a
yerda kishanband? Faylasufni ana shu m uam m olar qiziqtiradi.
«M ening falsafamdagi o ‘ziga xoslik, eng aw alo, m en unga borliqni
emas, erkinlikni asos qilib oldim», — deydi Berdyayev va haqiqatan
ham har bir muammoni erkinlik haqidagi o ‘z tasaw uri prizm asidan
o ‘tkazib tahlil etadi1. Bu esa, tabiiyki, pirovard natijada allomani barcha
falsafiy muammolarga diniy-axloqiy nuqtayi
nazardan m unosabatda
bo‘lishga olib keladi. «Erkinlik, — deydi buyuk rus mutafakkiri, — mening
mustaqilligim va o ‘z shaxsimni ichdan belgilovchi m urvat, erkinlik
mening ijodiy quwatim, u oldimda turgan ezgulik va yovuzlik oralig‘idagi
tanlovim emas, balki ezgulik va yovuzlikning o ‘zini yaratishim dir»2.
Bunday erkinlik — faqat insonning o ‘z erkinligi, hatto unga Xudo ham
hukmronlik qilolmaydi. Inson agar o ‘z holiga qo ‘yilmaganida, uning
inson deb nomlanishi ham m um kin emasdi. Haqiqiy insoniy hayot —
insonning qaror qabul qilishdagi quyushqonga sig'masligidir.
Faylasuf o‘z ijodida tarixga katta e ’tibor beradi. U tarixda inson
m a’naviyatining ichki dialektikasiga mos
tushadigan uch muhim davmi
ajratib ko'rsatadi. Birinchisi — Ahd ul-qadim Xudosi, olamning Podshosi,
Egasi davridagi insondan m uhabbat emas, faqat b o ‘ysunishni talab
Dostları ilə paylaş: