1. Kirish
TBC Bank ATBning (bundan buyon – “Bank”) ushbu moliyaviy hisobotlari 31 dekabr, 2021
yil sanada
yakunlangan yil uchun Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq tuzilgan.
Bank 2020 yil fevral oyida roʻyxatdan oʻtgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik manziliga
ega. Bank aksiyadorlarning o‘z ulushlari doirasida javobgar bo‘lgan aksiyadorlik tijorat banki bo‘lib,
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq tashkil etilgan. 2021 yil dekabr oyida
Bank har birining nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan 174,215,126 dona aksiya chiqardi. Aksiyalar
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) va Xalqaro moliya korporatsiyasi
tomonidan sotib
olingan. 2021 yil va 2020 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra, Bankning bevosita va yakuniy bosh
kompaniyalari quyidagilar bo’lgan:
31 dekabr holatiga ko'ra ulush egaligi %
Aksiyadorlar
2021
2020
TBC Bank
Group PLC
60.24%
100.00%
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
19.88%
-
Xalqaro
moliya korporatsiyasi
19.88%
-
Jami
100.00%
100.00%
TBC BANK GROUP PLC (bundan buyon – “TBCG”), Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan ochiq
turdagi aksiyadorlik kompaniyasi. TBCG aksiyalari Buyuk Britaniya Listing boshqarmasining Rasmiy
ro'yxatining premium listing segmentiga kiritilgan va listing qimmatli qog'ozlar
uchun London fond
birjasining Asosiy bozorida savdoga ruxsat etilgan.
Dostları ilə paylaş: