"tbc bank" atb moliyaviy hisoboti va Auditorlik xulosasi 31 dekabr, 2021 yil



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/54
tarix13.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#139780
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
tbc-uzbmerged

Kredit xavfi.
Bank moliyaviy vosita bo‘yicha bitimning bir tomoni tufayli shartnoma bo‘yicha 
majburiyatni bajarmaslik natijasida boshqa tarafning moliyaviy zarar ko’rishi xavfi hisoblangan kredit 
xavfiga duchor bo‘ladi. 
Kredit xavfi Bankning moliyaviy aktivlar va kredit bilan bog'liq majburiyatlarni keltirib chiqaradigan 
kontragentlar bilan kreditlash va boshqa operatsiyalari natijasida yuzaga keladi. Bankning kredit 
xavfining maksimal darajasi moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotdagi moliyaviy aktivlarning balans 
qiymatida aks ettiriladi. Berilgan moliyaviy kafolatlar, kredit taqdim etish bo'yicha majburiyatlar, 
foydalanilmagan kredit liniyalari va eksport/import akkreditivlari uchun maksimal kredit xavfi 
majburiyat miqdori hisoblanadi. 
Kredit xavfini boshqarish.
Kredit xavfi Bank faoliyati uchun eng muhim xavf hisoblanadi. Binobarin, 
rahbariyat kredit xavflarini boshqarishga alohida e'tibor beradi. 
Xavflarni boshqarish maqsadlarida kredit xavfini baholash murakkab jarayondir va bozor sharoitlari, 
kutilayotgan pul oqimlari va vaqt o'tishidan kelib chiqib xavf o'zgarishi sababli modellardan 
foydalanishni talab qiladi. Aktivlar portfeli bo’yicha kredit xavfini baholash defolt yuzaga kelish 
ehtimolini, tegishli zarar koeffitsientini va kontragentlar o'rtasidagi defoltlarning o'zaro bog'liqligini 
qo'shimcha baholashni talab qiladi. 
Limitlar.
Kredit portfelining sifatli shakllanishini ta'minlash va xavflar konsentratsiyasining oldini olish 
maqsadida Bank kreditlash bo'yicha cheklovlarni kiritadi va quyidagi iqtisodiy standartlarni belgilaydi: 
• Qarz oluvchi yoki o‘zaro bog‘liq qarz oluvchilar guruhiga to‘g‘ri keladigan xavfning maksimal miqdori 
(shu jumladan kreditlar, kafolatlar, to‘lanmagan mablag‘lar va kafolatlar, to‘lov muddati kechiktirilgan 
akkreditivlar, faktoring va igaraga operatsiyalari, balansdan tashqari majburiyatlar va hisoblangan 
foizlar) garov ta’minoti bo’lganda kredit berish vaqtida Bankning I darajali kapitalining 25% idan 
oshmasligi kerak; 
• Bo‘sh (trast) kreditlar bo‘yicha bir qarz oluvchiga yoki o‘zaro bog‘liq qarz oluvchilar guruhiga 
xavfning maksimal miqdori Bankning I darajali kapitalining 5% idan oshmasligi kerak. 
• Bank tomonidan barcha aloqador tomonlarga berilgan barcha kreditlarning umumiy qiymati Bankning 
I darajali kapitalining 10% idan oshmasligi kerak. 
• Bankning barcha yirik kreditlarining (Bankning I darajali kapitaliga nisbatan 3% va undan ortiq) 
umumiy qiymati Bankning I darajali kapitalining 100% idan oshmasligi kerak. 
Kreditni tasdiqlash.
Bankda “Avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish tizimi va avtomatlashtirilgan 
tekshirish tizimi”dagi barcha skoring kartalari qoidalari va boshqa modellarni, shu jumladan kredit 
mahsuloti jarayonlaridagi o‘zgarishlarni tasdiqlash uchun mas’ul bo‘lgan kredit qo‘mitasi tashkil 
etilgan. 
Qaror qabul qilish, skoring va tekshirish protseduralari - Kredit bo'yicha qaror qabul qilish dasturiy 
ta'minot (tizimlar) yordamida amalga oshiriladi: Avtomatlashtirilgan tekshirish tizimi (bundan buyon – 
AVS) va Avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish tizimi (ADMS). AVS mijoz (potensial mijoz) yuzining 
mavjud tasvirlarini va uning ma’lumotlarini (hujjat ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar) Ma’lumot 
omborlarida mavjud bo‘lgan (davlat ma’lumot omborlaridan olingan va Bankda saqlanadigantasvirlar 
va ma’lumotlar bilan taqqoslaydi. AVS mijozni kiritilgan ma'lumotlarning (fotosuratlar, rekvizitlar, 
ma'lumotlar va boshqalar) Bankning ma'lumot omborlarida mavjud bo'lganlar ma’lumotga 
o'xshashligini (ma'lumotlarning qisman yoki to'liq mosligini) aniqlash orqali tekshirishi mumkin. 


Kredit xavfini tasniflash tizimi.
Kredit xavfini baholash va moliyaviy vositalarni kredit xavfi darajasiga 
ko‘ra tasniflash uchun Bank ikkita yondashuvdan foydalanadi: xavfga asoslangan ichki reyting tizimi 
yoki tashqi xalqaro reyting agentliklari (Standard & Poor's Fitch) tomonidan xavf darajasini baholash. 
Moliyaviy aktivlar ma’lum xavfga (masalan, kechiktirish) xos bo'lgan boshqa ko'rsatkichlar birga kredit 
sifati haqidagi ichki va tashqi ma'lumotlarni hisobga olgan holda kredit sifatining ichki baholanishi 
bo’yicha tasniflanadi. Bank kredit sifatining quyidagi darajalarini belgilaydi: 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin