41
Mavzu-7:
O‘ZBEKISTONNING XX ASR TARIXIGA OID MANBALARI
Reja:
1.
Sovetlar se’ezdlarining qarorlari, partiya tashkilotlarining
hujjatlari manba
sifatida
2.
O‘zbekistonning 1925 – 1945 yillardagi tarixini yorituvchi manbalar
3.
O‘zbekistonning 1945-1991 yillardagi tarixiga oid hujjatlar
O‘zbekiston SSRning Oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari
xujjatlari.
1917 yil
oktyabr to‘ntarishi natijasida Turkiston xalqlarining milliy-ozodlik
xarakati bostirilgandan so‘ng, o‘lkada uzil-kesil Sovet xokimiyati o‘rnatildi. 70
yildan ziyod muddat davomida xalqimiz SSSR deb atalgan davlat tarkibida xayot
kechirdi. Bu davrda yurtimizda sodir bo‘lgan siyosiy
va ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlar nixoyatda xilma-xil tarixiy manbalarda o‘z aksini topdi. Sovet davri
tarixini o‘rganishda Turkiston SSR (1918-1924) va O‘zbekiston SSR (19225-1991)
Buxoro va Xorazm respublikalari (1920-1924)ning oliy qonun chiqaruvchi va
ijroiya organlarining xujjatlari asosiy axamiyatga egadir. SHuni aloxida ta’kidlab
o‘tish kerakki, yuqorida eslatib o‘tilgan respublikalar rasman mustaqil davlatlar
deb
tan olinsada, amalda ular xaqiqiy suverinitetdan maxrum edilar. SHu boisdan
ular oliy qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari qabul qilgan qarorlar asosan
yuqoridan belgilab berilar edi. O‘rta Osiyo respublikalari markaz belgilab bergan
yo‘ldan borishga kommunistlik partiya (RKP (b) VKP (b) KPSS)ning
strategik
maqsadlarni amalga oshirishga majbur edilar.
Xozirgi O‘zbekiston xududida mavjud bo‘lgan respublikalarning oliy qonun
chiqaruvchi organlari 1937 yilga qadar, ishchi, dexqon va soldat deputatlari s’ezdi
xisoblanardi. Muntazam ravishda chaqirilib turgan sovetlarning s’ezdlarida mazkur
respublikalar konstitutsiyalari, qonunlar va qarorlar qabul qilinar edi.
Sovetlar s’ezdlari xujjatlarida urushdan oldingi yillarda Sovet davlatining
O‘zbekistonda amalga oshirgan iqtisodiy siyosati, ijtimoiy tadbirlari o‘z
ifodasini
topgan.
1937 yilda qabul qilingan O‘zbekiston SSRning yangi konstitutsiyasiga
muvofiq, respublikamizning Oliy qonun chiqaruvchi organi O‘zbekiston SSR Oliy
Soveti (1989 yildan so‘ng - O‘zbekiston SSR Oliy Kengash) edi. Oliy Sovet
odatda xar 3-4 oy bir marta sessiyaga yig‘ilib, unda turli qonun va qarorlar qabul
qilinar, respublika konstitutsiyasiga tegishli o‘zgarishlar kiritilar edi.
Mazkur
xujjatlarni o‘rganish o‘sha davrda O‘zbekistonda amalga oshirilgan siyosat xaqida
tasavvur qilish imkonini beradi.
Sovet davrida yurtimizda sodir bo‘lgan siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy
jarayonlar bu erda mavjud bo‘lgan respublikalar (TASSR, Buxoro va Xorazm
SSR, O‘zbekiston SSR) oliy ijroiya organlari-Xalq Komissarlari Soveti (Buxoro
va Xorazmda-Xalq Nozirlari Kengashi va Ministrlar Soveti (1946-1991)ning
qarorlari va boshqa xujjatlarida o‘z aksini topgan. Mazkur xujjatlar Sovet davri
42
tarixini o‘rganishda birinchi darajali axamiyatga ega manbalar sanaladi.
Lekin bu
xujjatlar sotsialistik mafkura ruxi bilan yo‘g‘rilganligini esdan chiqarmaslik kerak.
O‘sha davrdagi barcha ijtimoiy jarayonlarga sinfiylik pozitsiyasidan yondashish
tamayili bu xujjatlarda yaqqol namoyon bo‘lganligini kuzatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: