69
Kirish
Ushbu dastur manbashunoslik va tarixshunoslikning predmeti va ob’ekti,
vazifalari,
manbalar va ularning turlari, tarixshunoslik sohasidagi tadqiqotlarning
turlari, manbashunoslik va tarixshunoslikning nazariy muammolari, O‘rta
Osiyo
tarixini o‘rganishdagi ahamiyati kabi masalalar mohiyatini ochib beradi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da ko‘rsatib o‘tilgan talaba- yoshlarning
tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil
fikrni qaror toptirish, tarixni
mukammal darajada bilish, insoniyat sivilizatsiyasining yutuklaridan va
tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni
anglab etishga
ko‘maklashish va o‘zbek davlatchiligi tarixidagi mavjud bo‘lgan dolzarb
masalalarni o‘rganadi.
SHuningdek, “Manbashunoslik va tarixshunoslik’’ fani hakidagi bilimlarni
qaror
topshirish, mavjud ilmiy adabiyotlar va tadqiqot ishlarini o‘rganish, fan
bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar asosida amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Unda
kadrlar buyurtmachilarining fikr, talab va takliflari kabi masalalarni o‘z ichiga
qamrab oladi.
O‘quv fanining maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda manbashunoslik va tarixshunoslikning
vazifasi, predmeti va ob’ekti, tadqiqot va manbalarning
turlarini va tadqiqotlar
natijalarini jamlash, manbashunoslikning nazariy masalalarini, manbalarni ichki va
tashqi tahdid qilishni hamda, manbalarni har tomonlama ilmiy-qiyosiy tahlil
qilishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - talabalarga manbalar
va tarixiy tadqiqotlarning
manbashunoslikdagi va tarixshunoslikdagi o‘rni, tarix bilimini targ‘ib qilishning
shakllari, O‘rta Osiyo xalqlarining tarixi bilan bog‘liq manbalar haqida umumiy
ma’lumot olishi, ta’lim jarayonida manbalar va ilmiy
tadqiqotlardan kichik ilmiy
ishlarida foydalanishni o‘rganishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: