Manbashunoslik va tarixshunoslik


Mustaqil ta’limni tashkil etishning



Yüklə 20,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/135
tarix13.12.2023
ölçüsü20,45 Kb.
#139894
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135
Manbashunoslik va tarixshunoslik

Mustaqil ta’limni tashkil etishning 
shakli va mazmuni 
“Manbashunoslik va tarixshunoslik” fanini o‘rganuvchi talabalar 
auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va tarixshunoslikdagi 
amaliy masalalarni echishda ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga 
asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular 
qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar 
va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy mashg‘ulot mavzusiga doir uy 
vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan manbashunoslik va 
tarixshunoslik fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan 
foydalanish tavsiya etiladi: 
■ seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik; 
■ darslik o‘va o‘quv qo‘llanmalari bo‘yicha fan boblari va mavzularni 
o‘rganish; 
■ tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish; 
■ maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida 
ishlash; 
■ talabalarning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lgan
fanlar bo‘limlar va mavzularini chuqur o‘rganish; 
■ faol va muammoli o‘qitish uslublaridan foydalandigan o‘quv 
mashg‘ulotlari.


79 
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini va 
mustaqil ta’limga belgilangan soat hajmini hisobga olgan holda quyidagi 
mavzulardan foydalanish tavsiya etiladi: 
25.
Manbashunoslikning fan sifatida rivojlanishi. 
26.
Tarixiy, nazariy va amaliy manbashunoslik.
27.
Manbashunoslik sohasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
28.
YOzma manbalarning asosiy xillari. 
29.
Forsiy tilda arab yozuvida yozilgan dastlabki manbalar. 
30.
Arab yozuvidagi turkiy yozma meros.
31.
Qo‘lyozmalarning jahon bo‘ylab tarqalish sabablari. 
32.
O‘zR FA SHarqshunoslik instituti SHarq qo‘lyozmalari xazinasi. 
33.
Temuriylar saltanati tarixiga oid forsiy tarixiy yozma manbalar 
34.
O‘rta Osiyo haqida XVII asrgacha yozilgan evropa tillaridagi yozma 
ma’lumotlar 
35.
Turkiston general-gubernatorligi kanselyariyasi materiallari O‘rta Osiyo 
tarixiga oid manba. 
36.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov asarlari mustaqil O‘zbekiston tarixi 
bo‘yicha asosiy manba. 
37.
Avesto. Bihustun, Persepoldagi yozuvlar-qadimgi epigrafika yodgorligi 
sifatida. 
38.
SHarq qo‘lyozmalari va ularning sivilizatsiya tarixidagi o‘rni. 
39.
XII-XIV asrlarda O‘rta Osiyoda tarixiga oid xotiralar muhim manba sifatida 
40.
Ilmiy tadqiqotlarning turlari.
41.
O‘rta Osiyo xonliklari tarixi xorijiy tarixshunoslikda. 
42.
XVI-XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo haqidagi tarixiy geografik 
tadqiqotlar. 
43.
XIX-XX asrning boshlarida Rossiya olimlari tomonidan O‘rta Osiyoning 
o‘rganilishi 
44.
Mustaqillik yillarida O‘zbek davlatchiligi tarixiga oid ilmiy tadqiqotlarning 
olib borishi. 
45.
Mustaqillik yillarida O‘rta Osiyo xonliklarida tarixining o‘rganilishi. 
46.
O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining manbashunoslik va 
tarixshunoslikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi. 
47.
Mustaqillik yillarida Amir Temur va temuriylar davri tarixining tadqiq 
etilishi. 
48.
Mustaqillik yillarida ilmiy nashrlarga O‘zbekiston tarixining yoritilishi. 
Izoh: Fan ishchi dasturini shakllantirish jarayonida mazkur mashg‘ulot 
uchun ishchi o‘quv rejada ko‘rsatilgan soatlar hajmiga mos mavzular ro‘yxati 
shakllantiriladi. 

Yüklə 20,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin