3-amaliy mashg’ulot. Tuzilmaviy o’rtachalar va ular bilan ishlash.(2 soat) Ishning maqsadi



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix13.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#140076
3-amaliy mashg\'ulot



3-amaliy mashg’ulot. Tuzilmaviy o’rtachalar va ular 
bilan ishlash.(2 soat) 
Ishning maqsadi: 
O’rtacha miqdorlar va tuzilmaviy o’rtachalar ularning 
mohiyati, vazifalari va qo’llanilish sohalari bo’yicha talabalarda ko’nikmalar 
hosil qilish.

Amaliy mashg’ulot uchun topshiriqlar: 
1.
O’rtachalar va tuzilmaviy o’rtachalar, ularning mohiyati va vazifalari 
haqida ma’lumot yig’ing. 
2.
Ushbu ma’lumotlar orasidagi bog‘lanishni aniqlang. Ularning 
qo’llanilishi sohalarini aniqlang va tahlil qiling. 
3.
Tuzilmaviy o’rtachalar tushunchasini izohlang va ularning sonli 
xarakteristikalarini toping. 
Ushbu amaliy mashgulotning vazifasi talabalarga ma’lumotlarni to‘plash 
va tahlil qilishni o‘rgatishdan iborat. Chunki, barcha iqtisodiy masalalar negizida 
ma’lumotlarni to‘g‘ri to‘play olish va ulardan dastlabki xulosalarni chiqara olish 
yotadi.
Ushbu amaliy mashgulotningda talabalarga mustaqil ravishda iqtisodiy 
ma’lumotlar to‘plash yoki ularni ishonchli manbalardan (manbalari ko‘rsatilgan 
holda) olish vazifasi qo‘yiladi. So‘ngra bu ma’lumotlarni boshlang‘ich tahlili 
o‘tkasiladi.
Talabalar o’rganishi uchun nazariy ma’lumotlar amaliy tavsiyalar. 
Mutlaq va nisbiy miqdorlar statistikaning asosiy ko’rsatkichlari bo’lsa-da, 
ijtimoiy hodisalarga umumlashtirib baho bera olmaydi. Bu vazifani 
statistikada o’rtacha miqdorlar bajaradi. Bu mavzu bo’yicha talaba olgan 
nazariy bilimini quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblashni o’rganish bilan 
mustahkamlashi mumkin:
1. Arifmetik o’rtacha, garmonik o’rtacha va boshqa analitik o’rtachalarni 
hisoblashni;
2. O’rtachalarning matematik xossalari va ulardan foydalanishni;
3. Tuzilmaviy o’rtachalarni aniqlashni hamda ularning qo’llanilishini. 
Tuzilmaviy o’rtachalar.
To’plam tuzilishini tavsiflovchi o’rtachalar 
tuzilmaviy o’rtachalar deyiladi. Ulardan eng ko’p tarqalgani moda va mediana 
hisoblanadi. 
Moda
, deb o’rganilayotgan to’plam variantlarining eng ko’p 
salmoqqa ega bo’lgan ko’rsatkichiga aytiladi. Moda diskret va intervalli qatorlar 
uchun aniqlanishi mumkin. Diskret qatorlarda qaysi bir variantning vazni ko’p 
uchragan bo’lsa, shu variant moda hisoblanadi. 
Moda va mediana iqtisodiy amaliyotda eng ko'p qo'llaniladigan o'rtacha 
tuzilmaviy ko'rsatkichlardir. Statistik tuzilma tarkibini tavsiflash uchun tarkibiy 
o'rtachalar deb ataladigan ko'rsatkichlar qo'llaniladi. Bularga moda va mediana 
kiradi. 


Moda
(Mo) - eng keng tarqalgan varianta. Moda - nazariy taqsimot egri 
chizig'ining maksimal nuqtasiga mos keladigan atributning qiymati. Moda eng 
tez-tez uchraydigan yoki odatiy ma'noni ifodalaydi. Moda savdo amaliyotida 
iste'mol talabini o'rganish va narxlarni qayd etish uchun ishlatiladi. 
Diskret ketma-ketlikda moda eng yuqori chastotali varianta hisoblanadi. 
Intervalli variatsiyalar qatorida rejim eng yuqori chastotaga (xususiyatga) ega 
boʻlgan intervalning markaziy varianti hisoblanadi. 
misolimizda (6-misol) mediana 158 ga (315/2+0,5 ) teng. Demak, 315 birlikni 
teng ikkiga bo’luvchi chastota 158 ga to’g’ri keladi. 158 sonining mohiyati 
nima? Bu savolga javob berish uchun chastotalarni (158 ga yetganicha) qo’shish 
kerak (24+40+59+65). Demak, 158 soni 52 o’lchamga to’g’ri kelyapti. Intervalli 
qatorlarda medianani quyidagicha hisoblaymiz: 


 
Demak, bizning misolimizda to’plamni teng ikkiga bo’luvchi variant 193,33 
mln so’mlik tovar aylanmasi ekan. Shunday qilib, sotuvchilarning yarmiga 
193,33 mln so’mdan kam, yarmiga esa 193,33 mln so’mdan ko’p tovar 
aylanmasi to’g’ri kelgan.
 
Talabalar bajarishlari uchun topshiriqlar. 
 
 
 


 
 
 


 
 
 
 
 


 
 
Korxona bo’yicha ishchilarning o’rtacha oylik ish darajasini “shartli 
moment” usulida aniqlang.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin