2
- mavzu: Tabiat- inson va jamiyat sistemasi
Reja:
1. Inson ekologiyasi tushunchasi
2. Insonning biologik tur sifatidagi o„rni
3. Tabiat, olam tushunchalari va ularning ekologik jihatlari
4. Tabiat - inson – jamiyat tizimi
5. Tabiiy muvozanat va tabiatga antropogen ta‟sir
Ma‟lumotlarga ko„ra qadimgi odam(paleontrop)lar qalin o„rmonlarni o„ziga
makon
bilganlar, keyinchalik asta-sekin o„rmonsiz yalangliklarga chiqib, nisbatan
mo„l ozuqa manbalariga ega bo„la boshlaganlar. Ular tabiiy buyumlar; tosh va
yogochdan foydalanganlar, ayrim sun‟iy qurollarni yasaganlar, olovdan foydalanishni
bilganlar. Asosan o„simliklarning ildiz va mevalarini yig„ish, ov va baliq tutish bilan
shug„ullanganlar. SHubxasiz, ular tabiatta sezilarli ta‟sir ko„rsatmaganlar. «Ekologik
taxlil -, deb yozadi rus olimi B. F. Porshnev: paleantrop o„z
atrofidagi hayvonot
dunyosi" bilan kuchli bog„lanishda bo„lganligini ko„rsatadi paleantrop... barcha
hayvon va qushlar uchun mutlaqo xatarsiz bo„lgan, u xech nimani uldirmagan»
SHuning uchun bo„lsa kerak u baliq, bo„ri, tungiz bilan bemalol «tillasha» olgan,
yovvoyi-yirtqichlarni xonakilashtira boshlagan.
Zamonaviy odamlarga ancha yaqin bo„lgan neandertal odamlar bundan 100-
300 ming yil avval asosan Evropa, Afrika va Osiyoda yashaganlar. Ulardagi
mehnatga layoqat inson evolyutsiyasiga katta ta‟sir ko„rsatgan.
Ibtidoiy mehnat
jamoalarining vujudga kelishi mehnat qurollarini takomillashtirishni, tabiiy
resurslardan foydalanish(mevalar terish, baliq tutish, ov) ko„lamini orttirishni,
chorvachilik va dehqonchilikni rivojlantirishni taqazo etgan.
Odam paydo bo„lishida(antropogenez) biologik
omil bilan birga ijtimoiy
omillar muhim rol o„ynagan. Melitsa Daniel va Peter Xeriostlar aholining tarqalishi
bilan ekologik muammolarning o„zaro bog„likligini o„rganib, bu muammolarning
besh tomonini ko„rsatdi.
1.
Tiklanmaydigan tabiiy resurslarning tugashi.
2.
Insonning ta‟siri tufayli tuproq, o„simlik va hayvonot, chuchuk suv kabi
tabiiy resurslarning o„z-o„zini tiklash xususiyatininig susayishi.
3. Atrof tabiiy muhitning intensiv ifloslanishi.
4. Aholining ortiqcha ko„payib ketishi ya‟ni aholi zichligining birmuncha
yuqori
darajaga etishi,
5. Odam sonini o„sishi bilan bog„liq ravishda aholi turmush darajasini pasayishi.
Suv, havo va tuproqlarning ifloslanish darajasini yuqori bo„lishi inson
salomatligi uchun o„ta xavflidir. Olimlarning ta‟kidlashicha aholi soni va zichligini
ortishi kishilarning fe‟l-atvorida mehrsizlik, tajovuzkorlik,
xattoki vaxshiylik kabi
salbiy(noinsoniy) holatlarni keltirib chiqaradi.
Hozirda sog„likni saqlash va tibbiyotda katta yutuqlarga erishilganligi tufayli
ma‟lum o„zgarishlar ro„y berdi. O„lim darajasi yiliga 20-45% ga pasaydi. Buning
asosiy sabablari bir qator kasalliklarni(bronxit, zotiljam va nafas olish yo„llari
hastaliklari va b.h,) bartaraf etilishidir. Aholi salomatligidagi tub o„zgarishlar va
demografik jarayonlar o„rtacha umr ko„rish ko„rsatkichi ortganligini ko„rsatmoqda.
Hozirgi davrda ko„p ekologik muammolarning kelib chiqishining asosiy
sabablaridan biri aholini tez o„sayotganligidir. YEr -yuzi aholisining o„sishi XX-asr
oxirlariga kelib yiliga 60 mln, har soatda 8 ming kishini tashkil etdi.
Odamlar Er
sharida bundan bir necha ming yillar avval paydo bo„lib, ularning soni 1830 yilda 1
mlrd.ga ko„paydi, 1930 yilda esa 2 mlrd.ga va 1962 yilda (32 yil ichida) 3 mlrd.
kishiga etdi. Hozirda er shari aholisining soni 7-8 mlrd.dan oshdi, buni olimlar
demografik portlash yoki aholi portlashi deyishadi.
Inson o„z extiyojlari uchun zarur barcha narsalar (oziq- ovqat, kiyim-kechak
qurilish materiallari va b.h.)ni tabiatdan oladi. Insonning turmush faoliyati uchun
kerakli bo„lgan har qanday mahsulotlar tabiiy resurslar asosida yaratiladi. Insoniyat
uchun yashash vositasi bo„lib xizmat qiladigan va xo„jalikda
foydalaniladigan tabiat
unsurlarining barchasi tabiiy resurslar hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanishi resurslardan foydalanish ko„lamining ortishiga olib kelishi tabiiy hol.
Tabiat bilan jamiyat o„rta- sidagi o„zaro munosabatlar zaminida ham ana shu tabiiy
resurslardan foydalanish yotadi.
Tabiat deyilganda biz o„zimizni o„rab turgan havo, suv, tuproq, tog„ jinslari,
o„simlik va hayvonotlardan iborat murakkab moddiy borliq(fizik qurshov)ni ko„z
o„ngimizga keltiramiz. U insonning barcha moddiy va ma‟naviy
extiyojlarini
qondiruvchi yagona manba hisoblanadi. Bu jixatdan uni onaga qiyoslab, bejizga