Ma‟muriy xavfsizlik choralari
– tanlashni, ishlab chiqishni, tatbiq etishni,
sog‘liqni saqlashga oid elektron axborotni himoyalash bo‘yicha xavfsizlik
choralarini madadlash va ushbu axborotni himoyalashga nisbatan tashkilot
xodimlarini boshqarish bo‘yicha ma‘muriy harakatlar, siyosatlar va muolajalar.
Mantiqiy bomba
– ―qurbon‖ kompyuterida rezident joylashgan va ma‘lum
mantiqiy shart bo‘yicha, masalan, ma‘lum sanada yoki tizimning ma‘lum xolatlari
naborida, faollashuvchi destruktiv dasturiy komplekslarni umumlashtiruvchi
atama.
Mualliflik huquqi
– fan, adabiyot va san‘at asarlarini yaratish va foydalanish
bilan bog‘liq vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy
normalar majmui.
Nuqson
- axborot tizimidagi topshiriq, adashish yoki etiborsizlik asosidagi
xato bo‘lib, himoya mexanizmlarini aylanib o‘tishga imkon beradi.
Ochiq axborot
– barcha manfaatdor shaxslarning foydalanishlari bo‘yicha
cheklash bo‘lmagan axborot: umumfoydalanuvchi axborot.
Ochiq kalit
- odatda imzoni tekshirish yoki ma‘lumotni shifrlashda
foydalaniluvchi asimetrik kalit juftining ochiq qismi.
Parol yordamida himoyalash
– foydalanish uchun parol kiritilishi zarur
bo‘lgan ma‘lumotlarni himoyalash usuli.
Parollarni fosh qiluvchi
- parollarni saralash yoki o‘g‘rilashni amalga
oshiruvchi kompyuter dasturi.
Parolni buzib ochish
- axborot tizimidan (tarmog‘idan) yashirincha
foydalanish texnikasi (usuli) bo‘lib, unda hujum qiluvchi taraf parollarni fosh
qiluvchi yordamida parollarni aniqlashga (tanlashga) yoki o‘g‘irlashga urinib
ko‘radi.
Passiv hujum
– kriptotizmga yoki kriptografik protokolga hujum bo‘lib,
bunda dushman va/yoki buzg‘unchi uzatiluvchi shifrlangan axborotni kuzatadi va
ishlatadi, ammo qonuniy foydalanuvchilar harakatiga ta‘sir etmaydi.
Raqamli axborot
– kompyuter tizimlarida ishlashga, saqlashga va
almashishga mo‘ljallangan ma‘lumotlar ko‘rinishida ifodalangan axborot.
Dostları ilə paylaş: |