Tabiiy tahdidlar: Toshqinlar. Toshqinlar odatda kuchli yomg‗ir va muzlarning erishi
natijasida yuzaga keladi. Toshqinlar natijasida tashkilotning elektr quvvatiga va
server xonalariga zarar etishi mumkin. Odatda tashkilotda server xonalari
tashkilot binosining podvalida joylashganligi sababli, toshqin yanada ko‗proq
zarar etkazishi mumkin.
Yong„inlar. Yong‗inlar odatda qisqa tutashuvlar va eski bino materiallari
sababli yuzaga keladi. Yong‗in natijasida tashkilotning kompyuter xonalari va
ishchi binolariga zarar etkazilishi mumkin. Yong‗in qurilmalar, kabellar va
boshqa muhim tashkil etuvchilarga to‗liq zarar yetkazishi mumkin.
Zilzila. Zilzila Yer qobig‗ida seysmik terbanishni yaratuvchi kuchli energiya
natijasida to‗satdan yuzaga keladi. U tashkiloning fizik infratuzilmasiga ta‘sir
qiladi. Zilzila natijasida tashkilot ichidagi xavfsiz muhitda saqlangan kompyuter
qurilmalari, boshqa qurilmalar va hujjatlarga jiddiy ziyon yetadi.
Chaqmoq va momaqaldiroq. Chaqmoq va momaqaldiroq muhitning
o‗zgarishi natijasida yuzaga keladi. Buning natijasida barcha tashqi faoliyat
to‗xtatiladi. Chaqmoq va momaqaldiroq natijida elektr quvvati o‗zgaradi va bu
ish faoliyatiga tasir qiladi. Bu esa, o‗z navbatida tashkilotdagi qurilmalarning
xotira qismlariga tasir qiladi. Bundan tashqari, chaqmoq va momaqaldiroq
natijasida kabellarda va boshqa ulanish tizimlarda qisqa tutashuvlar yuzaga
kelishi mumkin.
Harorat va namlik. Hisoblash qurilmalari ishlashi uchun ularni ma‘lum
haroratli muhitda bo‗lishi talab etiladi. Kompyuter vositalari yuqori haroratga
ishlashga mo‗ljallanmagan. Kompyuterlarda sovutish tizimlari mavjud bo‗lsada,
tashqi harorat ularning ish faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Tashkilotdagi elektr
va elektron jixozlar namlikni o‗zgarishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Yuqori namlik o‗z
28
navbatida karroziyaga, qisqa tutashuvlarga sababchi bo‗ladi yoki magnetik va
optiq saqlovchilarga jiddiy ta‘sir qiladi.