Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. 
Bu holat ham narxlarning monopol tarzda 
oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog`liq bo`lib, bu aholi qolgan qismi 
daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi; 
3) iqtisodiy turg`unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. 
Bunday holatning 
vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda 
yuqori foydani qo`shimcha urinishlarsiz o`zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari 
mumkin. Bu esa ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish 
imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, FTTni 
rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to`g`risida qayg`urish kabi xatti-harakatlardan qaytaradi


4)
iqtisodiyotda 
demokratik 
harakatlarning 
to`sib 
qo`yilishi. 
Monopolistlar 
iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to`sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo`lgan korxonalarni 
o`zlariga bo`ysundirishlari, jamiyatga o`z ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq 
to`lash, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o`ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari 
(yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o`z mahsulotini iste`mol qilishga bilvosita usul orqali 
majburlash kabi o`zlarining kamsituvchi shartlarini ko`ndalang qo`yishlari mumkin. 
 
2. O`ZBEKISTONDA TABIIY MONOPOLIYa SUB`EKTLARI FAOLIYaTINI 
NAZORAT QILISh USULLARI 
Davlatning tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarini qo`llashidan maqsad 
quyidagilardan iborat:
- tabiiy monopoliyalarning sodir etishi mumkin bo`lgan monopol holatini suiiste`mol 
qilishini oldini olish;
- iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish;
- jamiyat manfaatlari yo`lida monopol tarmoq ishlab chiqarishining rivojlanishini qo`llab-
quvvatlash.
Ushbu maqsadlarga erishish iqtisodiyotda joriy etilgan tartibga solish usullarining qanchalik 
samarali ishlashini hamda har qanday davlatda qabul qilingan nazorat qilish mexanizmlarining 
optimal tashkil etilganligiga bog`liq. 
O`zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub`ektlari faoliyati ustidan nazorat qilishning 
bir qator usullarini qo`llaniladi. Ularning huquqiy asosi va tartibi O`zbekiston Respublikasi 
«Tabiiy monopoliyalar to`g`risida»gi qonunning 9-moddasida belgilangan bo`lib, «tabiiy 
monopoliya sub`ektlari faoliyati ustidan davlat nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi 
tomonidan amalga oshiriladi».
O`zbekistonda barcha monopoliyalar faoliyati ustidan nazorat qiluvchi organ bu – 
O`zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash 
davlat qo`mitasi hisoblanadi. 
Monopoliyaga qarshi davlat organlari tabiiy monopoliyalarning quyidagi faoliyatlari ustidan 
nazorat qiladi:
1) tabiiy monopoliya sub`ekti asosiy vositalarga nisbatan mulk huquqini yoki foydalanish 
huquqini qo`lga kiritadigan bitimlar ustidan (agar bunday asosiy vositalarning balans qiymati 
tabiiy monopoliya sub`ekti o`z kapitali qiymatining 10%dan ortiq bo`lsa);
2) tabiiy monopoliya sub`ekti asosiy vositalarning bir qismiga nisbatan mulk huquqini 
yoxud ularga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini xo`jalik yurituvchi boshqa sub`ektga 
o`tkazadigan bitimlar ustidan (agar bunday asosiy vositalarning balans qiymati tabiiy monopoliya 
sub`ekti o`z kapitali qiymatining 10%dan ortiq bo`lsa); 
3) iste`molchilarga realizatsiya qilinadigan tovarlar hajmi bo`yicha shartnomalarga rioya 
etilishi ustidan; 
4) tovarlar narxini chiqarish hamda narxlar (tariflar)ni qo`llash tartibiga rioya etish ustidan; 
5) tabiiy monopoliya sub`ektlarining tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi 
ustidan. 
Nazoratning boshqa bir xil usuli – bu tabiiy monopoliya sub`ektlarining har bir qiladigan 
ayrim xatti-harakatlari uchun tegishli ruxsat olish yo`li bilan amalga oshirilib turiladi. Ya`ni, 
yuqorida ko`rsatib o`tilganidek, agar tabiiy monopoliya sub`ektlari o`zining o`n foizdan ortiq 
balans qiymatiga ega bo`lgan asosiy vositalarini tasarruf etish yuzasidan tuziladigan bitimlari
yoxud ularni egalik qilish bilan bog`liq harakatlari uchun oldindan monopoliyaga qarshi davlat 
organiga tegishli axborot hamda bunday harakatlarni amalga oshirishga rozilik so`rab iltimosnoma 
taqdim etishi shart, deb belgilab qo`yilgan. 
Agar bunday harakatlar monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan muvofiq emas deb 
topilsa, rad etilishi ham qonunda o`z aksini topgan. 


Bunday nazoratning o`rnatilishidan maqsad, tovar bozorlaridagi kompaniyalar monopol 
mavqeining yanada oshib ketishi, mutlaq hukmronligiga olib kelishi, iste`molchilarning haq-
huquqlariga ziyon keltirishi xavfini kuchayishiga sabab bo`lishi mumkin.
O`zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub`ektlariga nisbatan o`rnatilgan bunday 
nazorat usullari jahon amaliyotiga mos keladi va ular tabiiy monopoliya sub`ektlarining o`z ustun 
mavqeini suiiste`mol qilishlarini oldini olishga, belgilangan narxlarni asossiz oshirishlarini oldini 
olishga, iste`molchi manfaatlariga mos ravishda sifatli xizmat qilishga, tovar bozorlaridagi 
ularning ustun mavqeni qattiq boshqarib turishga qaratilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin