Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Iqtisodiyotni tartibga solishda monetar nazariya va siyosatning ahamiyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

Iqtisodiyotni tartibga solishda monetar nazariya va siyosatning ahamiyati 
Bugungi kunda iqtisodiyotni monetar boshqarishning pul nazariyasi, inflyatsiya bilan 
kurash muammolari 1976 yilgi Nobel mukofoti sovrindori amerikalik Milton Fridman 
boshliq Chikago maktabi olimlari tomonidan zo`r berib ishlab chiqilmoqda. 
Monetar nazariya burjua iqtisodiy nazariyasi shakllanishi paytida paydo bo`ldi. O`sha 
mahalda “pul neytralligi” kontseptsiyasi umumiy iqtisodiy ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi 
“bo`lmasligini” va demak, kapitalizmning hayotbaxshliligini isbotlashda asos bo`lib xizmat 
qilgan edi. XX asrning 20-yillarida boshqarishning monetar usullari ko`pchilik iqtisodchilar 
tomonidan “abadiy farovonlikka” erishish vositasi sifatida baholandi. Ammo mazkur usul 30-
yillar sinoviga bardosh bera olmadi. Hatto ular 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqirozning va 
undan so`ng uzoq davom etgan tanazzulning asosiy sabablaridan biri bo`ldi. Xuddi mana 
shuning uchun pul keynscha modelning muhim tarkibiy qismi bo`lsa ham ushbu modelning 
ko`plab o`ziga xos jihatlari monetar omillar ta`sirini yetarlicha e`tiborga olmadi. Pul 
jarayonlarining bunday nazarga ilinmasligi, ularning mumkin bo`lgan ta`sirini mensimaslik 
iqtisodiy siyosat masalalari bo`yicha tavsiyalarda yorqin namoyon bo`ldi, ushbu tavsiyalar 
sarmoyalar mul tiplikatorining sodda sxemasiga asoslangan edi. Biroq kamomadli moliyaviy 
ta`minlash amaliyoti pul sohasi beqarorligiga va inflyatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib 
keldi. Shuning uchun 50-yillardan boshlab monetar tahlilni faollashtirish zarurati paydo 
bo`ldi. Ayniqsa, 1971-1973 yillardagi iqtisodiy hamda valyuta inqirozlari inflyatsiya bilan 
kurashning va iqtisodiyotni boshqarishning monetar usullarini dolzarb qilib quydi. Ayni 50-
yillarning boshlaridan pul nazariyasi keynschilar va M. Fridman boshliq monetarchilar 
o`rtasidagi kurash maydoniga aylandi. Monetarchilar pulni xo`jalik tuzilmasining muhim 
qismi, pul-kredit siyosati esa iqtisodiyotni boshqarishning eng samarali usuli, deb 
hisoblaydilar. Fridman keynscha kontseptsiyaga mantiqiy muqobil bo`lgan nazariya yaratish 
maqsadida pulning miqdor nazariyasi asosiy qoidalariga yangicha ta`rif berdi va asosiy 
e`tiborni inflyatsiyaga qaratdi. U inflyatsiyani sof pul muammosi sifatida ko`rib chiqdi. Uning 
fikricha, bu muammoni monetar tadbirlar tizimi yordamida hal qilish mumkin. 
Monetar nazariya tahlil sohasi bo`lib, u iqtisodiy muvozanat va o`sishning umumiy 
muammolari hamda pul va bank mexanizmi ishlashi maxsus masalalari qo`shilgan joyda 
yotadi. Monetar soha pul agregati ko`rsatkichlari o`rtasidagi sababiy va funktsional 
bo`gliqliklar, shuningdek, ularning xo`jalik tizimi monetar elementlari bilan o`zaro ta`siri 
muammolari, uning asosiy yo`nalishi bo`lib xizmat qiladi. “Monetar siyosat” tushunchasi 
deganda esa davlatning pul-kredit sohasida boshqaruvchilik tadbirlari majmui tushuniladi. 
Shuning uchun keynschilik va monetarizm bahsida asosiy e`tibor pulning ahamiyatiga va pul-
kredit sohasidagi siyosatga qaratiladi. Masalan, keynscha yondashuv iqtisodiy kon`yunktura 
va xo`jalik rivoji sur`atlari ra`gbatlantirilishini kundalik boshqarish vositasi sifatida puldan 
tezkor foydalanish `goyasini o`zida aks ettiradi. Monetarizm pul sohasida bunday 
harakatlarni qoralaydi. Monetarizm tarafdorlarining fikriga ko`ra, bunday siyosat xo`jalik 
ziddiyatlari 
va 
mutanosibliklari 
kuchayishiga 
hamda 
bozorning 
o`z-o`zidan 
barqarorlashtiruvchilar harakatining qiyinlashuviga olib keladi. 
Ayirboshlash tenglamasi yoki Fisher formulasi - monetarizmning asosiy tenglamasidir: 
MV = R x Q 
bu yerda: M - pul taklifi; 
V - daromadlar doiraviy aylanmasida pul muomalasi tezligi; 


R - baholar darajasi, aniqro`gi, ishlab chiqarish natural hajmi har bir birligining 
sotiladigan o`rtacha bahosi; 
Q - ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning natural hajmi. 
MV - jami ishlab chiqarilgan boyliklarni sotib olishga xaridorlar xarajatlarining 
umumiy sarfi bo`lsa, RQ esa ushbu boyliklarni sotgan sotuvchilarning umumiy daromadini 
bildiradi. Agar MV bir yilda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarga sarflangan umumiy 
xarajatlar bo`lsa, u holda u nominal SMM (sof milliy mahsulot)ga teng bo`lishi kerak, ya`ni 
SMM = R x Q
1

Shuning uchun monetarchilar pul massasi o`sish ta`sir sohasini obligatsiyalar xarid 
qilish va undan so`ng foiz stavkasini pasaytirish bilan cheklab qo`yish o`rniga pul 
taklifining kengayishi ham real, ham moliyaviy aktivlarning barcha turlariga, shuningdek, 
ishlab chiqarishning joriy hajmiga bo`lgan talabni oshiradi, deb hisoblaydilar. Demak, M 
ning ortishi yoki R ning, yoki = ning, yoki bo`lmasa biror nisbatda ham R, ham = ning 
ortishiga olib keladi; M ning kamayishi esa teskari natijani beradi. 
M. Fridman ushbu qoidani asoslash uchun quyidagi formulani taklif qiladi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin