Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

P
M
q f (rd x re; 
P
1

t
dP


P
V
; U ) 
bu yerda: real kassa qoldiqlariga bo`lgan talab (
P
M
) foiz stavkalari; 
(rv, re), baholar o`zgarishi sur`atlari (.
P
1

dt
dP

aktivlar summasi (W), real daromad (
P
V
) hamda did va imtiyozlar (U)
 
funktsiyasidir. 
Fridman nazariyasiga muvofiq, pul qoldiqlari boshqa aktivlar bilan taqqoslanadigan 
aktiv sifatida ko`rib chiqiladi. Ushbu nazariya oqim sifatida emas, balki zaxiralar 
tariqasida talqin qilinadi. Pul daromadi - bu oqimdir va uni biror vaqt orali`gida aniqlash 
mumkin. Pulning o`zi esa zaxiradir, ya`ni muayyan bir vaqtda mavjud biror miqdordir. 
Zaxirani orttirish uchun kishilar o`z xarajatlarini kamaytiradilar yoki o`zlarining pul 
bo`lmagan aktivlarini pulga almashtiradilar. Zaxiralarni qisqartirish uchun esa ular aksincha 
ish tutadilar, 
Fridman pulga bo`lgan turli moliyaviy yangiliklar, moliyaviy aktivlarning 
daromadliligi Markaziy bank faoliyati ta`siri ostida o`zgarishi mumkin, deb hisoblaydi. Biroq 
shunga qaramasdan kishilar baribir pul taklifini naz orat qiluvchi sarmoyalarning barqarorligi 
saqlanib qolgan davrda o`z pul mabla`glarini yalpi milliy mahsulot (YaMM)ning biror 
muayyan ulushi darajasida ushlab turishga harakat qiladilar. Agar pulga bo`lgan talab barqaror 
miqdor bo`lsa, unda Markaziy bank taklifni barqaror saqlab qolgan holda jami talab ham 
barqaror bo`ladi. Shunday qilib, bank zaxiralarining o`sish sur`atlarini va pul taklifini 
boshqarish Markaziy bankning muhim vazifasi bo`lishi lozim. 
Bundan davlatning jami talabni boshqarish buyicha ikki siyosati, ya`ni fiskal va kredit-
pul siyosatlari kelib chiqadi. 
Iqtisodiyotni boshqarishning monetar yondashuviga muvofiq bozor mexanizmi 
kamchiliklarini to``grilash emas, balki uning ishlashi uchun eng yuksak darajada barqar or 
moliyaviy sharoitlarni ta`minlash muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu maqsadda pul birligi 
xarid kuchi va valyuta kursi barqarorligi ular uchun muhim jihatlardir. Shuning uchun ular 
fiskal siyosatning resurslarni qayta taqsimlash va barqarorlashtirish vositasi sifatidagi 
ahamiyatiga kam e`tibor beradilar. Ularning fikricha, siqib chiqarish effekti sababli fiskal 
siyosat mutlaqo yaramaydi. Ular quyidagicha fikr yuritadilar: davlat obligatsiyalar sotib, 
1
Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: принципы, проблемы и политика. В. 2-т.: Пер. с англ. 11-го изд. Т. 1-
М.: Республика, 1992, -С. 321-322. 


ya`ni pulni aholidan qarzga olib, byudjet kamomadini hosil qiladilar. Bunda davlat fondlar 
uchun xususiy biznes bilan raqobatli kurashga kirishadi. 
Shu tariqa davlat qarzlari pulga bo`lgan talabni kengaytiradi, foiz stavkasini oshiradi 
va, demak, ko`p miqdordagi xususiy kapital mabla`glarni siqib chiqaradi, aks holda ular 
foydali bo`lar edi. Demak, monetarchilar fikricha, byudjet kamomadining jami xarajatlarga 
bo`lgan ta`siri pirovard natijasini oldindan aytib bo`lmaydi yoki u sezilmaydi. Agar kamomad 
yangi pullarni muomalaga chiqarish bilan qoplansa, siqib chiqarish effekti sodir bo`lmasligi 
mumkin va kamomaddan so`ng iqtisodiy faoliyatning kengayishi yuz berishi mumkin. Ammo 
bunday kengayish faqat qo`shimcha pullar yaratish tufayligina amalga oshadi
1

Monetarizm 
nazariyasiga 
muvofiq 
iqtisodiy 
beqarorlik 
aksariyat 
hollarda 
iqtisodiyotning ichki o`zgaruvchanligiga nisbatan noto``gri pul-kredit boshqarilishi tufayli 
yuzaga keladi: birinchidan, o`zgaruvchan vaqt laglari mavjudligi. U shuni bildiradiki, bunda 
pul-kredit ta`siri bevosita berilsa-da, pul taklifidagi o`zgarishlar nominal SMMga uzoq va 
noma`lum vaqt orali`gidan so`ng ta`sir ko`rsatadi. Shuning uchun vaqt lagining noma`lum 
muddatida, monstarchilar fikricha, iqtisodiyotni davriy (tsiklik) yuksalish va pasayishga 
moslashtirish uchun diskret pul -kredit siyosatidan foydalanish aksincha samara berishi va 
davriy (tsiklik) tebranishlarni kuchaytirishi mumkin. Ikkinchidan, Federal zaxira tizimi foiz 
stavkasini barqarorlashtirishga urinib, iqtisodiyotni beqarorlashtirish va inflyatsiya 
jarayonlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin
1

Shuning uchun monetarchilar hukmron pul-kredit muassasalari foiz stavkasini 
barqarorlashtirish o`rniga pul taklifi o`sishi sur`atlarini barqarorlashtirishlari zarur, degan 
xulosaga keldilar. Bunga bo`gliq holda M. Fridman monetar qoidalarni
2
qonun yo`li bilan 
belgilash taklifi bilan chiqdi, unga ko`ra pul taklifi har yili YaMM o`sishi mumkin bo`lgan 
sur`atda oshishi, ya`ni pul taklifi barqaror ravishda yiliga 3-5%ga kengayishi, lozim. 
Demak, monetarchilar fikriga ko`ra, pul taklifini berilgan sur`atda doimiy ravishda 
oshirib borish, xarajatlarni har qanday inflyatsiya yo`li bilan oshirish mabla`glar 
yetishmasligi tufayli o`z-o`zidan yo`qolib ketadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin