И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич
3.2. Institutsional islohotlar va iqtisodiyotni tartibga solish tizimini shakllantirishning zarurligi va ahamiyati Mustaqillikka erishganimizdan keyin davlatimiz va uning ko`p millatli xalqi manfaatlariga
muvofiq keladigan mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish imkoniyati tu`gildi. Bu
vaqtda respublikamiz oldida o`ta muhim bo`lgan bir qator vazifalarni hal etish masalasi turardi.
Birinchidan, yakkahokimlik tizimidan meros bo`lib qolgan salbiy oqibatlarni bartaraf etish,
ikkinchidan, mustaqil, demokratik jamiyatning mustahkam poydevorini yaratish va o`tish davriga
xos muammolarni hal qilish.
Avvalambor, asosiy e`tibor yakkahokimlik tizimining illatlarini zudlik bilan tugatish,
boshqaruvning ma`muriy-buyruqbozlik uslublari va direktiv rejalashtirishning salbiy oqibatlarini
tugatish, iqtisodiy va moliyaviy vaziyatni barqarorlashtirishga e`tibor qaratildi.
Respublikada yakkahokimlik, ma`muriy-buyruqbozlik tizimining amal qilishi iqtisodiyotni
nochor ahvolga tushirib qo`ydi. Iqtisodiyotda ziddiyatlar kuchayib bordi, amaldagi xo`jalik
yuritish mexanizmi esa mazkur ziddiyatlarni bartaraf etishga noqobil edi. Bu holat jamiyat
hayotida 60-yillardayoq yaqqol namoyon bo`la boshlagan edi. Iqtisodiyotning rivojlanish sur`ati
keskin pasayib, sarf-xarajatlar ortib bordi. Rivojlanishning iqtisodiy vositalari va omillari amalda
ishlamadi.
Respublikamiz davlat mustaqilligini qo`lga kiritgandan keyin bu salbiy oqibatlarni tugatish
va rivojlanish sari dadil qadam tashlash imkoniyatiga ega bo`lindi. Totalitar tuzumdan qolgan
“meros”ning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish
lozim deb qaraldi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining «O`zbekiston - bozor
munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li» kitobida shunday yozadi: «...totalitar merosning o`gir
oqibatlarini tugatish, iqtisodiyotga bozor asosida madaniylik baxsh etish faoliyatning ayrim
sohalarini o`zgartirish yo`li bilan emas, balki keng miqyosda tubdan yaxlit iqtisodiy islohot
o`tkazish orqaligina erishish mumkin...»
1
.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish iqtisodiy munosabatlarni yangilash, institutsional o`zgarishlarni
amalga oshirish va boshqarishning tegishli strukturasini yaratishni talab etadi. Shuning uchun ham
respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida boshqaruv tizimini
isloh qilish masalasiga alohida e`tibor qaratildi.