Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


 O`ZBEKISTONDA DAVLAT MULKINI XUSUSIYLAShTIRISh VA BOShQARISh –



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

4. O`ZBEKISTONDA DAVLAT MULKINI XUSUSIYLAShTIRISh VA BOShQARISh – 
IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISh VOSITASI 
 
4.1. Davlat mulki va tadbirkorlik 
Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim davlat vositalaridan biri o`z mulki bo`lgan 
tarmoq va korxonalarni boshqarish, ya`ni bevosita tadbirkorlik faoliyati bilan 
shu`gullanishdir. 
Davlat mamlakat ishlab chiqarish vositalarining bir qismini mulk egasi sifatida bevosita 
ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi, rejalashtiradi va uni nazorat qiladi. Davlat 
tadbirkorlik faoliyati orqali fan-texnika inqilobi talablariga ko`ra xalq xo`jaligi tuzilishini 
shakllantirishga hamda bozor baholaridan birmuncha past baholarda tovar sotish va xizmatlar 
ko`rsatish orqali ishlab chiqarishning boshqa sektorlarining rivojlanishiga ko`maklashadi. 
Davlat mulki va sohibkorligi ko`lami bozor iqtisodiyoti sharoitida cheklangan bo`ladi. U, 
asosan, mamlakat iqtisodiyotini samarali rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishga 
xizmat qiladi. 
Uning doirasiga O`zbekiston Respublikasida, birinchidan, oltin, uran, neft , gaz, ko`mir, 
rangli metallar va boshqa tabiiy boyliklarni qazib chiqarish sanoati tarmoqlari; energetika, 
temir yo`l, avtomobil yo`llari, transportning bir qismi kirishi lozim. 
Qazib chiqaruvchi tarmoqlar mahsulotlari mamlakatning eng muhim milliy boyligi 
hisoblanadi. Energetika va transport esa xalq xo`jaligining hayotiy qon tomirlaridir. Shu bilan 
birga, ularning kapital hajmkorligi yuqori va aylanish muddati uzoq bo`lganligi uchun 
xususiy korxonalarning bu sohadagi tashabbuskorligi cheklangan bo`ladi. Ana shu sabablarga 
ko`ra, ushbu tarmoqlarni davlat bevosita boshqarishi maqsadga muvofiqdir. Hamma 
rivojlangan mamlakatlarda ham davlat kapital mabla`glarining ko`p qismi ushbu sohalarga 
yo`naltiriladi. 


Ikkinchidan, O`zbekiston iqtisodiy mustaqillikni qo`lga kiritish uchun mashinasozlik, 
shu jumladan, avtomobilsozlik, uskunasozlik, fan-texnika inqilobi vujudga keltirgan 
elektrotexnika sanoati tarmoqlarini rivojlantirishi zarurdir. Bu yangi tarmoqlar qaror topishi 
davlat tadbirkorlik faoliyati doirasida bo`ladi. 
Uchinchidan, fan-texnika inqilobi sharoitida fan va texnikaga rahbarlik qilish ham davlat 
zimmasiga yuklanadi. Davlat eng qimmatli fundamental fanlar sohasidagi ilmiy ishlarni 
moliyalashtiradi. 
Davlat o`z korxonalarining tovar va xizmatlarini past darajadagi, aksariyat hollarda 
ishlab chiqarish xarajatlariga yaqin bo`lgan baholar bilan sotadi. Bu bilan aholi turmush 
darajasining oshishiga, xususiy va boshqa korxonalarning samarali ishlashiga, xalq xo`jaligi 
tarmoqlarining ma`lum nisbatlarini shakllantirishga ta`sir ko`rsatadi. 
Davlat o`ziga qarashli korxonalarni ijaraga berish, mehnat kollektivlariga, xususiy 
shaxslarga sotish, aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish yo`li bilan aralash mulkni 
shakllantirish orqali iqtisodiyotning boshqa mulk doiralarining tashabbuskorligiga, 
rentabelligining oshishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. 
Davlatning xususiy, jamoa va boshqa toifadagi korxonalardan tovar va xizmatlar sotib 
olishi iqtisodiyotni tartibga solishning bir usuli hisoblanadi. XX asrning buyuk 
iqtisodchilaridan biri bo`lgan Jon Keyns bu vositani “iqtisodiyotni tetiklantiradi” deb 
ta`kidlagan. Ushbu o`rinda savol tu`giladi. Xo`sh, davlat qanday tovarlarni sotib oladi? 
Davlat, birinchidan, o`ziga qarashli tarmoq va korxonalarning samarali ishlashi uchun 
xom ashyo, asbob-uskunalar; ikkinchidan, boshqaruv apparati xodimlarini moliya bilan 
ta`minlash; uchinchidan, mehnatga layoqatsiz mayib-majruhlar, qariyalar, yetim bolalar, 
kamba`gallar hamda ko`p bolali oilalar, yol`giz, qarovsiz kishilarga yordam maqsadida 
iste`mol tovarlari va xizmatlar bilan ta`minlash; to`rtinchidan, harbiy anjomlar, qurol-
yaro`glar armiya uchun lozim bo`lgan iste`mol tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, 
beshinchidan, turli xil tabiiy ofatlarning oldini olish uchun davlat zaxiralarini tashkil etish 
maqsadida tovarlar sotib oladi. Buning oqibatida davlatning tovarlar va xizmatlar bozori 
shakllanadi. Davlat bozori muhim ijobiy rol o`ynaydi. Bu bozor kafolatli bo`lib, uning 
to`lov qobiliyati davlatning byudjet va valyuta fondi orqali ta`minlanadi. Har qanday bozor 
kon`yunkturasi sharoitida ham davlat buyurtmasi va kontraktlari yuzasidan ishlayotgan 
korxonalar bozori kasod bo`lmaydi. Bu bozor davlat buyurtmalari orqali tartibga solinadi, unda 
kelishilgan baholar amal qiladi va uning ishtirokchilariga barqaror foyda keltiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin