Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


 Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ijtimoiy-iqtisodiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

 
5.3. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ijtimoiy-iqtisodiy 
vaziyatni baholash. 
Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqish uchun, avvalambor, 
hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni umumiy baholash maqsadga muvofiqdir. 
Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi: 
1. Hududning o`tgan davrdagi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga tavsif beriladi. Bunda 
hududning sanoat, qishloq xo`jaligi va ijtimoiy salohiyatini baholashga alohida e`tibor qaratilishi 
lozim bo`ladi. 


2. Hududning iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish darajasi va ahvoli to``grisidagi tahlilga 
asoslanib, uning rivojlanishidagi ijobiy va salbiy tendentsiyalar, iqtisodiy rivojlanish rezervlari va 
foydalanilmagan imkoniyatlari aniqlanadi. Shuningdek, kelgusida hal etilishi lozim bo`lgan 
muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolar aniqlanadi. 
3. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning natijalari, ko`p ukladli 
iqtisodiyotning vujudga kelishi va rivojlanishi, shuningdek, hududiy bozor infratuzilmasi ahvoli 
baholanadi. 
4. Hududdagi tarmoqlar va yirik sanoat korxonalarining o`tgan davrdagi faoliyati tahlil 
qilinadi, ularning ish natijalari yoki orqada qolishining sabablari va omillari aniqlanadi. 
5. Sanoat rivojlanishi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishi darajasi belgilanadi, ishlab 
chiqarish quvvatlarini eksportga yo`naltirilgan va import o`rnini bosadigan mahsulotlar ishlab 
chiqarishga qayta ixtisoslashtirish va kengaytirish uchun qo`shimcha zahiralar va resurslar 
aniqlanadi. Hudud imkoniyatlarini hisobga olgan holda ustuvor ahamiyatli tarmoqlar va ishlab 
chiqarishlar aniqlanadi. 
6. Hudud aholisini o`zida ishlab chiqarilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan 
ta`minlanganligi, ularni hududdan chiqarish va kiritish balansi, agroresurs salohiyatidan 
foydalanish samaradorligi, shuningdek, qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligi, va chorva mollari 
mahsuldorligining o`sishi (pasayishi) omillari hamda sabablari baholanadi. 
Hududning tabiiy-iqtisodiy salohiyatini baholash qo`yidagilarni o`z ichiga oladi: 
1. Hududning mehnat, yer-suv va mineral xom ashyo resurslari bilan ta`minlanganligiga 
miqdoriy va sifat bahosi beriladi. 
2. Hududdagi demografik vaziyat, aholining ish bilan bandligi keyingi o`n yillik davr 
bo`yicha baholanadi. 
Ishsizlik darajasi, shu jumladan, uning yashirin shakllari baholanib, aholi va mehnat 
resurslari soni prognoz qilinadi. 
3. Foydali qazilma boyliklari zahiralari, ularning o`zlashtirilish ahvoli tahlil qilinadi. Hudud 
mineral-xom ashyo bazasi imkoniyatlari, qo`shimcha moliyaviy resurslarni jalb etishni hisobga 
olgan holda baholanadi. Shuningdek, qazib chiqaruvchi korxonalarning foydali qazilma boyliklari 
bilan ta`minlangani, ularning konlarni o`zlashtirish xarajatlari o`rganiladi. 
4. Hududning yer-suv resurslari bilan ta`minlanish hamda yerlarning meliorativ ahvoli, yer 
bonitetlari o`rganilib, meliorativ yaxshilash istiqbollari o`rganiladi. 
5. Hududning ishlab chiqarish, transport va aloqa infratuzilma salohiyati o`rganiladi. 
Aholining ijtimoiy infratuzilma ob`ektlari va xizmatlari bilan ta`minlanganlik darajasi baholanadi. 
6. Hududda ishlab chiqaruvchi kuchlar, yangi korxonalarni joylashtirish uchun istiqbolli 
tuman, shahar, yirik aholi yashash punktlari tanlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin