xo`jalik resurslaridan foydalaniladi.
2. Hududda yangi korxonalarni qurish, faoliyat yuritayotgan korxonalarni
rekonstruktsiya
qilish, ixtisosligini o`zgartirish zarurligi asoslanadi; yirik ob`ektlarga qo`shimcha mabla`glar jalb
qilish hisob-kitoblari amalga oshiriladi.
3. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o`sish sur`atlari, ekin maydonlari
tarkibining o`zgarishi, qishloq xo`jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning natural hajmi prognoz
qilinadi.
Shuningdek, qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligi hamda chorva mollari mahsuldorligini
oshirish yo`llari va manbalari belgilanadi. Yangi texnologiyalarni joriy etish ko`zda tutiladi.
4. Hududda xom ashyolarni, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan tugallangan
tsikldagi
ishlab chiqarish tarmoqlari, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash va sotish
shaxobchalarini vujudga keltirish, xorijiy investitsiyali qo`shma korxonalarni vujudga keltirish
orqali yangi zamonaviy texnologiyalarni, xo`jalik yuritish shakllari va boshqarish usullarini joriy
etish.
5. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va tabiiy resurslardan foydalanish uchun qulay
sharoitlar yaratish maqsadida transport tizimi va kommunikatsiyalarni rivojlantirish istiqbollarini
asoslash.
6. Mulkdorlar sinfini vujudga keltirish bo`yicha vazifalarni hal etish maqsadida kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash, ularning iqtisodiyotdagi ulushini ko`paytirish,
bozor infratuzilmasini rivojlantirish.
7. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish ko`lami, parametrlari belgilanadi.
Bunda tashqi
savdo tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga, mahalliy xom ashyo resurslarini hisobga olgan holda
xorijiy investitsiyali korxonalarni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir.
8. Dasturda tabiiy tashqi muhitni, tabiatni muhofaza qilish, ekologik toza mahsulotlar ishlab
chiqarish tadbirlari, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini
oshirish chora-tadbirlari
ham o`z ifodasini topadi.
Har bir hududiy dasturda uni amalga oshirish mexanizmi ko`zda tutilishi kerak. Bu
mexanizmda dasturni moliyaviy, iqtisodiy resurslar bilan ta`minlanishi muhim o`rin tutadi.
Dasturni ishlab chiqishda har bir tadbir va tarmoq bo`yicha turli resurslarga bo`lgan talab,
ehtiyoj hisob-kitob qilinadi. Shundan so`ng dastur bo`yicha uning resurslar bilan ta`minlanish
manbalari aniqlanadi. Dasturlarda resurslar balanslashtiriladi. Maqsadlar va resurslar o`rtasidagi
muvofiqlik ta`minlanadi.
Dasturlarni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirishda, avvalambor maxalliy resurslar va
imkoniyatlar hisobga olinadi.
Joylardagi mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mahalliy byudjet, tadbirkorlar
va korxonalar o`z mabla`glari, fermer va dehqon xo`jaliklari, aholi mabla`glarini jalb qilinadigan
xorijiy investorlar, hududdan tashqaridagi tashkilot, korxonalar mabla`glarini hamda bank
kreditlarini hududiy dasturni amalga oshirishga jalb qilish chora-tadbirlarini
amalga oshirishlari
lozim bo`ladi.
Shuningdek, hududiy dasturlarni amalga oshirishda respublika byudjeti va byudjetdan
tashqari jam`garmalar, O`zbekiston Respublika taraqqiyot va tiklanish jam`garmasi mabla`glarini
ham jalb etish mumkin.
Dasturlarni ishlab chiqishda undan kutilayotgan natijalar qanday bo`lishi oldindan
belgilanishi lozim. Dasturlarni amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy natijalari sifatida hududiy
yalpi ichki mahsulot, sanoat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o`sish
sur`atlari, umumiy hajmi aholi jon boshiga ishlab chiqarish sur`atlari olinadi. Shuningdek, aholi
turmush darajasi va uning ish bilan bandligi, aholi jon boshiga daromadlarning o`sishi, hudud
aholisining gaz, elektr energiya, toza ichimlik suvi, uy-joy bilan ta`minlanishining yaxshilanishi,
hududning o`zini-o`zi
oziq-ovqat, boshqa iste`mol tovarlari bilan ta`minlanishining yaxshilanishi
ko`rsatkichlari dasturlarning bajarilishi natijalari hisoblanadi.
Dasturlarning bajarilishini tashkiliy jihatdan ta`minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Dasturlarni amalga oshirishda butun mas`uliyat joylardagi mahalliy hokimiyat va boshqaruv
organlari zimmasiga yuklatiladi. Maqsadli hududiy dasturni ekspert baholash, umumiy nazorat