Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Narxlarni davlat tomonidan tartibga solinishining maqsadi va asosiy usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

7.2. Narxlarni davlat tomonidan tartibga solinishining maqsadi va asosiy usullari. 
 
Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo keng qamrovli 
iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd etish lozim: 
– ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash 
uchun zarur sharoitlarni yaratish;
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi 
ish o‘rinlarini ko‘paytirish; 
– iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali 
yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash; 
– “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; 
– valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga 
oshirish; 
– iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir malakali 
kadrlarni tayyorlash. 
Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. 
Birinchidan, biz makroiqtisodiy barqarorlikni va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini 
ta’minlashimiz shart. 
Avvalo, inflyasiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas.
Jahon tajribasini puxta o‘rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni 
takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur. 
O‘tish davrida iqtisodiyot sohasida statistik hisobotlarni to‘g‘ri yuritish va davlatning iqtisodiy 
salohiyatini aniq baholash juda muhimdir.
SHu orqali yalpi ichki mahsulotni xolisona baholashga erishish mumkin. 
SHu maqsadda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xalqaro valyuta fondining Milliy hisoblar 
tizimini respublikamizda 2020 yil 1 yanvardan boshlab to‘liq joriy etishimiz lozim
1
.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxni davlat tomonidan tartibga solish markazlashgan-rejali 
iqtisodiyotdagidan farqli o`laroq keng qamrovli xarakter kasb etmaydi. Shu o`rinda bozor 
iqtisodiyoti mamlakatlarida narx shakllanishi stixiyali yuz beradi deb hisoblash noto``gri bo`ladi. 
Bu mamlakatlarda narx har doim davlatning e`tiborida bo`lib, davlat tomonidan tartibga solib 
turiladi. Xususan, jamiyatning ijtimoiy hayoti bilan bo`gliq narxlar davlatning diqqat markazida 
bo`ladi. Davlatning narx orqali tartibga solishi – bu davlatning iqtisodiyotga ta`sir etishining 
asosiy ko`rinishlaridan biri hisoblanadi. 
Narxni davlat tomonidan tartibga solishdan maqsad:
1)
takror ishlab chiqarishning zaruriy mutanosibligiga erishish; 
2)
inflyatsiya sur`atini pasaytirish
3)
narx o`sishi va ish haqlari o`rtasidagi mutanosiblikni ta`minlash; 
4)
davlat korxonalarini subsidiyalash; 
5)
davlat byudjetiga zarur resurslarni jalb etish. 
________________________ 


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 28-dekabrdagi “2022 yil uchun mo’ljallangan eng muhim vazifalarimiz” 
haqidagi oily majlisga Mutojaatnomasi Xalq so’zi gazetasi 29 dekabr. 29.12.2022 yil
Davlat narx shakllanishiga bevosita va bilvosita ta`sir etadi. Narxni tartibga solishning 
to``gri va egri usullari farqlanadi. Ularning bo`linishi quyidagicha: narxni to``gridan-to``gri 
tartibga solish usuliga quyidagilar taalluqli: 
1)
narxni ma`muriy o`rnatilish; 
2)
narxni muzlatilish; 
3)
narxni yuqori darajasini o`rnatish; 
4)
samaradorlik darajasini reglamentlash
5)
davlat xarajatlarini tartibga solish; 
6)
amortizatsiya me`yorini o`rnatish va b. 
Davlat spirtli maxsulotlarga monopol «aktsiz» narxlarini va transport tariflariga, 
xizmatlarga, aloqaga boshqa qator tovarlarga narxlarni, bojxona tariflarini belgilaydi.
Davlatning narxga ta`sir etish shakllaridan biri – bu davlatning ishlab chiqarish 
xarajatlariga va u orqali orqali narxga ta`sir etishidir. Bunga tezlashtirilgan amortizatsiya 
harajatlari usulini misol qilib keltirish mumkin. Davlat narx shakllanishiga, ishlab chiqaruvchiga 
yoki haridorga davlat tomonidan maxsus qo`shimcha to`lab berish yo`li bilan narxlarni 
pasaytirishi nazarda tutiluvchi narx subsidiyasi orqali ham ta`sir ko`rsatadi. Narxni tartibga 
solishda davlatning qat`iy o`rnatgan narxlari, davlat tomonidan buyurtma qilingan ishlab 
chiqaruvchilar maxsulotiga narxlar muxim o`rinni egallaydi. Qishloq xo`jaligi maxsulotlari ishlab 
chiqarishni narx, dotatsiya va subsidiya orqali tartibga solishda davlatning roli juda yuqoridir. 
Davlat narx darajasi va narx barqarorligi mutanosibligini qo`llab-quvvatlaydi. Barcha rivojlangan 
mamlakatlarda bozor tebranishini yumshatish maqsadida davlat tomonidan anchagina resurslar 
agrar sohaga yo`naltiriladi. Narxlar, qo`shimcha to`lovlar orqali maxsulot ishlab chiqaruvchilarni 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishlarini amalga oshirishlari darajasida davlat fermerlik 
narxlarini qo`llab quvvatlaydi. Shu yo`l bilan qishloq xo`jaligi maxsulotlari ishlab chiqarish 
tarkibi va xajmi tartibga solinadi. 
Barcha `garb mamlakatlarida narxlarni davlat tomonidan tartibga solish tizimi juda ham 
bir-biriga yaqin. Bu qishloq xo`jaligi maxsulotlarining alohida turlariga narxlarni tebranishining 
yuqori va quyi chegaralarini o`rnatish hisoblanadi. 
Evropa hamkorlik mamlakatlarida umumiy qishloq xo`jaligi siyosati yuritiladi. Bu 
siyosatning dastagi bo`lib, ichki va import narxlari o`rtasidagi farqlarni qoplovchi bojxona bojlari 
va kompensatsion to`lovlar shuningdek, qishloq xo`jaligi maxsulotlarini eksport qiluvchilarga 
maxsulotlarini yevropadan jahon bozorlariga nisbatan past narxlarda olib chiqish imkoniyatini 
beruvchi kompensatsion to`lovlar hisoblanadi. Bunday tizim nafaqat yevropa qishloq xo`jaligi 
salohiyatini saqlab qolish, qishloq xo`jaligida ilmiy-texnika inqilobini amalga oshirish, balki, 
G‘arbiy yevropani yirik maxsulot eksportchisiga aylantirish imkonini beradi. yevropa hamkorlik 
mamlakatlarida qishloq xo`jaligi va qora metallurgiya sohasida(narxlarni 15% gacha qamrab 
oladi) narxlarni milliy tartibga solish xususiyatlari mavjud. Qishloq xo`jaligi maxsulotlari narxlari 
bo`yicha qarorni yevropa hamkorligining vazirlar Kengashi qabul qiladi, biroq qora metallurgiya 
maxsulotlari narxlari esa bazis narxlari orqali o`rnatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin