И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич
10.6. Kam ta`minlangan aholini ijtimoiy himoyalash Ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti to`la-to`kis ham bozor iqtisodiyoti,
ham ijtimoiy iqtisodiyot hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotini ijtimoiy yo`naltirish zaruriyati,
albatta, inson manfaatidan kelib chiqadi. Bozorning shunday oqibatlari borki, bunda ma`lum
toifa himoyaga muhtoj bo`lib qoladi. Shuning uchun ham tsivilizatsiya ijtimoiy himoya
tizimini talab qiladi.
Ijtimoiy himoyalashdagi muhim masala aholini bozor bahosining tez o`sishi,
inflyatsiya ta`siridan himoya etish va buning oldini olish bilan bo`gliqdir. Ayniqsa, bozor
iqtisodiyotiga o`tish davrida mollar narxining ko`tarilishi to`xtatib bo`lmaydigan holatdir.
Bunda oylik ish haqi va belgilangan daromadga ega bo`lganlarni o`sib borayotgan tovarlar va
xizmatlar narxining salbiy ta`siridan muhofaza etish yirik ijtimoiy muammodir. Ayniqsa,
davlat muassasasi tashkilotlaridagi band yumushchilar, nafaqaxo`rlar, talabalar ijtimoiy
himoyaga muhtoj bo`ladi. Bunda vaqti-vaqti bilan maosh, stipendiya, nafaqalar miqdorini
bir oz oshirish masalani hal qilmaydi. Shuning uchun indeksatsiya usulini q o`llash yuz
beradigan o`girlikni biroz yengillashtirib, turmush darajasiga bo`lgan o`gir ta`sirni
yengillashtiradi. Chunki qabul qilinadigan indekslar tufayli daromad narx-navo darajasiga
qarab o`zgarib turadi hamda ko`tarilayotgan baholar keltiradigan zararlarning asosiy qismini
qoplab boradi.
Bundan tashqari, bozor narxlaridan himoya qilishda ta`minotning alohida usullarini
qo`llash ahvolni yumshatishga yordam beradi. Masalan, aholining ayrim tabaqalari uchun
maxsus ta`minot tayinlash yoki vaqti-vaqti bilan oziq-ovqat va sanoat mollari tarqatish kabi
usullardan rivojlangan mamlakatlarda foydalaniladi.
Ijtimoiy himoya yuqorida qayd qilingan usullar bilan chegaralanmaydi, sharoitga qarab
aniq shakllarni topib, ularni qo`llab boradi. Ayniqsa, kam daromadlilarni bozorning salbiy
ta`siridan asrash va turmush darajasining pasayib ketishiga yo`l qo`ymaslik davlatning
muhim vazifasidir.