Milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uni ta`minlashning eng muhim sharti yoki omili,
ko`rsatkichi iqtisodiy xavfsizlikdir. “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi eng umumiy tarzda
mamlakatning moddiy va nomoddiy, qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan iqtisodiy salohiyatini
ifodalaydi.
“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasining mazmuni iqtisodga oid ilmiy adabiyotlarda turlicha
talqin qilinadi. Bir guruh olimlar mazkur iqtisodiy tushuncha mazmunini mamlakatning yetarli
mudofaa salohiyatini, davlat siyosatining ijtimoiy yo`naltirilganligi,
milliy manfaatlarni himoya
qilishni kafolatlashga qodir bo`lgan iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining holati sifatida
ta`riflaydilar
1
. Shuningdek, uni hokimiyat institutlarining iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan
milliy manfaatlarni himoya qilish va ro`yobga chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy
barqarorligini qo`llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratishga qodirligi va tayyorligi deb ham talqin
qiladilar
2
.
Ikkinchi guruh olimlar mazkur tushunchani xalqning mustaqil ravishda tashqi kuchlarning
aralashuvisiz va tazyiqisiz o`z iqtisodiy taraqqiyot yo`li va shakllarini belgilab olishiga imkon
beradigan holat sifatida tavsiflaydilar
3
.
Uchinchi guruh olimlar esa “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasini
iqtisodiyotning ijtimoiy
ehtiyojlarni samarali qondirishga qodirligi deb ta`riflaydilar
4
.
To`rtinchi guruh olimlar esa mazkur tushunchani iqtisodiyotning progressiv rivojlanishi va
normal darajada amal qilishining muhim sharti, iqtisodiyot sohasida shaxs, jamiyat va davlatning
hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanishi deb tavsiflaydilar.
Taniqli rus iqtisodchisi L.I.Abalkin ushbu tushuncha mohiyatini ochib beruvchi uch
elementni ko`rsatib bergan:
-iqtisodiy mustaqillik. Hozirgi jahon xo`jaligi sharoitida iqtisodiy mustaqillik absolyut
xarakterga ega emas, chunki xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyotlarni bir-biriga o`zaro
bo`gliq qilib qo`yadi;
- milliy iqtisodiyotning barqarorligi. Bu shaklidan qat`i nazar mulkchilikning himoya
qilinishi, tadbirkorlik faolligi uchun ishonchli sharoit va kafolatlarning yaratilishi, mamlakatdagi
holatning yomonlashuviga, beqarorlikka olib keluvchi omillarning jilovlanishini taqozo etadi;
- o`z-o`zidan rivojlanishga va taraqqiy etishga qodirligi. Bu esa investitsiyalar va innovatsiya
uchun qulay muhitning yaratilishi, ishlab chiqarishning
muntazam modernizatsiyalashuvi,
yangilanishi va takomillashib borishi hamda xodimlarning bilim, kasb-malaka, umumiy madaniy
darajalarining o`sib borishi milliy iqtisodiy barqarorligi va mavjudligining zaruriy shartiga
aylanishini ifodalaydi
1
.
(11.1.1-chizma)
Iqtisodiy xavfsizlik mazmuni
E.Buxval d esa
1
Экономическая безопасность. Производство, финансы, банки. -М., ЗАО «Финстатинформ», 1998.- с.12.
2
Ўша ерда.
3
Жандаров А.М., Петров А.А. Экономическая безопасность России: определения гипотезы, расчеты.//
Безопасность. 1994, №3 - с.8.
4
Архипов А., Городецкий А., Михайлов Б. Экономическая безопасность: оценки, проблемы, способы
обеспечения //. Вопросы экономики. №12, 1994.
1
Спанов М. Экономическая безопасность: сущность, критерии, формы //
Транзитная экономика, 1998. – с.3.
Iqtisodiy xavfsizlik
Iqtisodiy mustaqillik
Milliy iqtisodiyotning
barqarorligi
O`z-o`zidan rivojlanishga
va taraqqiy etishga
qodirligi
Xavfsizlik tizimdagi ob`ektning ichki va tashqi tahdidlarning mavjudligi sharoitida yashay
olish va rivojlanish qobiliyatiga egalik va ko`zda tutilmagan, aniqlanishi qiyin bo`lgan noxush
omillar ta`siriga bardoshlilik holatini ifodalaydi (11.1.2-chizma).
11.1.2-chizma
Rivojlanish, barqarorlik va xavfsizlik tushunchalarining o`zaro bo`gliqligi
Ilmiy iqtisodiy
adabiyotlarda ushbu
ta`rif eng to``gri ta`rif sifatida
e`tirof
etilmoqda
2
Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyotning turli sub`ektlariga tegishli bo`lib, ular
quyidagilardan iborat: alohida fuqarolar;
xususiy tadbirkorlik, biznes; davlat korxonalari; milliy
iqtisodiyot; davlat.
Ichki iqtisodiy sohalarda xavfsizlik tabiiy, texnikaviy-iqtisodiy, infratuzilmaviy, ijtimoiy,
mikro va makroiqtisodiy rivojlanishning boshqa omillari, shuningdek,
turli beqarorlik, tanglikni
keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi tahdidlar ta`siridan himoya qiluvchi ichki immunitetlar bilan
bo`gliqdir.
Tashqi iqtisodiy sohada xavfsizlik mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, milliy
valyutasining barqarorligi, davlatning moliyaviy ahvoli bilan tavsiflanadi.
O`tish, ya`ni tranzit iqtisodiyotiga ega bo`lgan, bozor iqtisodiyotiga o`tish maqsadida
islohotlarni amalga oshirayotgan mamlakatlarda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash alohida
ahamiyat kasb etadi. Ularda, shu jumladan, O`zbekistonda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar mamlakatning geopolitik holatini, uning hozirgi zamon jahon iqtisodiy tizimidagi
o`rnini tubdan o`zgartirib yuboradi.
. Iqtisodiy xavfsizlik tamoyillari sifatida ijtimoiy-iqtisodiy tizim ahvolining quyi chegarasini
ifodalovchi ko`rsatkichlar qo`llaniladi. Mazkur quyi chegaralardan past ko`rsatkichlarda iqtisodiy
tizim uchun tahdidlar vujudga keladi, hatto bu tizimning buzilishi, degradatsiyasi yuz bera
boshlaydi. Ushbu quyi chegarani va uning miqdoriy o`lchamlarini aniqlash, belgilash uchun
quyidagilarni amalga oshirish lozim bo`ladi:
- milliy iqtisodiyot hamda iqtisodiy tizim faoliyatining asosiy sharoitlarini o`rganish va
ularni tavsiflovchi ko`rsatkichlarni
aniqlash;
- milliy iqtisodiyotni tanglikka va beqarorlikka olib keluvchi omillarni aniqlash;
- turli tanglik, xavfli holatlar yuzaga kelishining tartibi va imkoniyatlarini baholash;
- xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga xavf soluvchi tahdidlarning oldini olish yo`llarini
aniqlash.
Turli iqtisodiy tahdidlar, noxush holatlar oqibatida ko`rilgan zararlarning o`rnini qoplash
uchun zarur bo`lgan xarajatlarni prognoz qilish ham muhim ahamiyatga ega. Buning natijasida
favqulodda holatlar oqibatida ko`riladigan zararlarni qoplash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishni ta`minlashga yo`naltirilgan resurslarni baholash va o`z vaqtida
shakllantirish uchun
2
Спанов М. Экономическая безопасность: сущность, критерии, формы. // Транзитная экономика, 1998. №4.-
с.4.
Dostları ilə paylaş: