O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Tovar-moddiy zahiralar kirimi hisobini tekshirishning xususiyatlari



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   362
Аудит УМК

5. Tovar-moddiy zahiralar kirimi hisobini tekshirishning xususiyatlari 
Tovar-moddiy zahiralarining to’liq kirim qilinishini tekshirish chog’ida auditor mol etkazib 
beruvchilar bilan hisob-kitoblarning shakllari va shartlarini, tanlangan baholash usulini, sotib 
olingan qiymatliklar bo’yicha QQSni qoplash tartibini hisobga olishi zarur.
Tovar-moddiy zahiralarining tushumi va kirim qilinishi mol etkazib beruvchilar bilan 
tuzilgan shartnomalar va kuzatib boruvchi hujjatlar (tovar-transport nakladnoylari, schyot-
fakturalar, qodoqlash (upakovka) yorliqlari, sifat guvohnomasi, qabul kvitantsiyasi va boshqalar) 
asosida tekshiriladi.
Omborxona kirim hujjatlarini mol etkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari yoki 
materiallarni chakana savdoda naqd pulga sotib olish hujjatlari bilan solishtirish omborxonada sodir 
bo’lgan kirim muomalalarini tekshirishning umumiy usuli hisoblanadi.
Tezkor va xizmat yuzasidan uzatiladigan axborotlar ham auditorlik tekshiruvning ob’ekti 
hisoblanadi. Masalan, kelgan yuklarni hisobga olish jurnalidan moddiy qiymatliklarning 
assortimenti va etkazib berish muddatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni mol etkazib beruvchilar 
bo’yicha olish mumkin. Auditor bunday hisobning mijoz-korxonada qanday tashkil etilganligini 
o’rganadi. Xususan, har bir mol etkazib beruvchi bo’yicha shartnomada materiallarning etkazib 
berilish muddatlari va assortimenti ko’rsatilayotganligi, hamda haqiqatda olingan materiallarning 
assortimenti, olinish sanasi ko’rsatilgan holda qabul qilinganligi tekshiriladi. Operativ hisobda 
keltirilgan axborotlarning ishonchliligini aniqlash uchun auditor ularni buxgalteriya hisobida aks 
ettirilgan ma’lumotlar bilan taqqoslaydi. Kelayotgan yuklarni hisobga olish jurnali va mol etkazib 
berish shartnomalarini hisobga olish kartochkalaridagi yozuvlar bo’yicha auditor tekshirilayotgan 
davr ichida qanday mol etkazib berishlar amalga oshirilganligini aniqlashi mumkin.
Agar moddiy qiymatliklar jismoniy shaxslardan yoki yuridik shaxs huquqiga ega bo’lmagan 
tadbirkorlardan naqd pulga sotib olingan bo’lsa, auditor xarid dalolatnomalarining mavjudligi va 
to’g’ri rasmiylashtirilganligiga e’tibor qaratadi. Xarid dalolatnomasida quyidagi majburiy 
rekvizitlar bo’lishi lozim: sotuvchining pasport ma’lumotlari, moddiy qiymatliklarning nomi, 
miqdori va qiymati.
Olingan moddiy boyliklarni rasmiylashtiradigan ichki hujjatlarga yukni qabul qilib oluvchi 
shtampasi bosilgan mol etkazib beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari, kirim dalolatnomalari, 
kirim orderlari va yukni qabul qilish tartibiga ko’ra ayrim boshqa hujjatlar kiradi.
Sotib olingan moddiy boyliklarning to’g’ri baholanishi va to’liq kirim qilinishini 
tekshirishni boshlashda auditor moddiy boyliklarni hisobga oladigan vedomostlarda aks ettirilgan 
jami summalarning boshqa hisob registrlari ma’lumotlariga mosligini aniqlaydi.
6010 - «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi) va 


7010 - «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) 
bo’yicha sintetik hisob registrlari ma’lumotlari, hamda omborxonalarning kirim hujjatlari bo’yicha 
auditor olingan materiallarning miqdorini va yuklarni qabul qilishning to’g’ri rasmiylashtirilishini 
aniqlaydi. Buning uchun mol etkazib beruvchilarning puli to’langan schyotlari va boshqa to’lov 
hujjatlarini kirim orderlari, qabul qilish dalolatnomalari, hamda omborxona hisobi kartochkalaridagi 
yozuvlar bilan taqqoslaydi.
Moddiy boyliklarning to’liq kirim qilinganligini tekshirishda auditor mol etkazib 
beruvchilarning hisobga olinmagan schyotlarini aniqlash maqsadida, mol etkazib beruvchilardan 
kreditor qarzlarning haqqoniyligiga e’tibor qaratadi. Buning uchun u buxgalteriya hisobi 
registrlaridagi yozuvlarni taqdim qilingan schyotlar, shartnomalar va mol etkazib beruvchilarga 
to’langanlik to’g’risidagi pul hujjatlari ma’lumotlari bilan solishtiradi.
Tovar-moddiy zahiralarining kirimiga doir muomalalarni hujjatlar bo’yicha tekshirish 
chog’ida qabul qilishning miqdor va sifat qoidalariga rioya qilinishi; qabul qilish dalolatnomalari, 
tijorat dalolatnomalari, qabul qilishda aniqlangan tafovut dalolatnomalarining to’g’ri 
rasmiylashtirilishi; moddiy javobgar shaxslar hisobotlari va isbotlovchi hujjatlar reestrlarining 
buxgalteriyaga o’z vaqtida taqdim qilinishi aniqlanadi. Tafovutlar aniqlanganida hujjatlarni qarama-
qarshi tekshiruvdan o’tkazish zarur.
Moddiy boyliklarning to’liq kirim qilinganligini tekshirishda ichki hujjatlar mol etkazib 
beruvchilarning kuzatib boruvchi hujjatlari bilan solishtiriladi. Auditor olingan moddiy boyliklar 
sifati va miqdoridagi tafovutlarning dalolatnomalar bilan to’g’ri rasmiylashtirilganligi va mol 
etkazib beruvchilarga yoki transport tashkilotlariga (masalan, avtobaza, temir yo’l kompaniyasi) o’z 
vaqtida da’vo qo’zg’atilganligini o’rganadi. Ayrim hollarda bunday tafovutlar moddiy boyliklarni 
o’zlashtirish va kamomadni yashirish maqsadida qalbaki dalolatnomalarni rasmiylashtirish 
oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
Zarur hollarda auditor moddiy boyliklarni kirim qilish uchun asos bo’lgan hujjatlarni 
ularning mol etkazib beruvchilarda saqlanayotgan nusxalari bilan solishtirib, qarama-qarshi 
tekshiruv ham o’tkazadi.
Korxonaga tegishli bo’lmagan, ammo uning ixtiyorida saqlanayotgan yoki ishlatilayotgan 
tovar-moddiy zahiralar shartnomalar shartlariga muvofiq, shartnomada ko’rsatilgan bahoda 
balansdan tashqari schyotlarda aks ettiriladi.
Ma’sul saqlash uchun qabul qilingan moddiy boyliklar, hamda buyurtmachining xom 
ashyosi sifatida qayta ishlashga qabul qilingan xom ashyo va materiallar korxonaning o’ziga 
tegishli ishlab chiqarish zahiralaridan alohida saqlanishi va hisobga olinishi lozim. Bunday moddiy 
boyliklar №21 BHMS ga muvofiq 002 - «Ma’sul saqlashga olingan tovar-moddiy boyliklar» va 
003-«Qayta ishlashga qabul qilingan materiallar» degan balansdan tashqari schyotlarda hisobga 
olinishi lozim.
Hujjatsiz (schyot-fakturasiz) olingan materiallarni tekshirish ayrim xususiyatlarga ega. Ular 
6010 - «Mol etkazib beruvchilarga va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi) yoki 
7010 - «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi) 
schyoti bo’yicha yuritiladigan hisob registrida har bir olingan materiallar bo’yicha alohida so’ngi 
kirim qilingan partiya bahosi bo’yicha aks ettirilishi lozim. Bunda raqam o’rniga «N» harfi 
(fakturlanmagan) qo’yiladi. Auditor bunday moddiy boyliklarni kirim qilishga doir yozuv hisobda 
qanday aks ettirilganligini aniqlashi zarur. Chunki, keyingi oyda mol etkazib beruvchilar 
hujjatlarining kelib tushishiga qarab, ushbu yozuvlar mol etkazib beruvchilarning hisob-kitob 
hujjatlariga asosan materiallarni haqiqiy sotib olish bahosi bo’yicha kirim qilish bilan bir vaqtning 
o’zida tuzatilishi (storno qilinishi) kerak.
Hujjatsiz mol olingan holatlar mavjud bo’lganida auditor quyidagilarni tekshiradi:
-
qabul qilish dalolatnomalarini tuzish tartibiga qanday rioya qilinayotganligi; 
-
hujjatlarsiz olingan moddiy boyliklarni kirim qilishning to’liqligi va to’g’riligi; 
-
baho belgilashning to’g’riligi; 
-
mol etkazib beruvchilarning qarama-qarshi hujjatlari kelib tushganda qilingan 
tuzatish (korrektirovka) larning to’g’riligi (buning uchun auditor qabul qilish dalolatnomalaridagi 


 
yozuvlarni keyinchalik olingan mol etkazib beruvchilar hujjatlarining ma’lumotlari bilan 
solishtirishi zarur).
Agar mijoz-korxona hisobida yo’lda kelayotgan ya’ni puli to’langan, lekin hali oy 
oxirigacha kelib tushmagan moddiy boyliklar mavjud bo’lsa, u holda auditor bunday moddiy 
boyliklar qiymatini buxgalteriya hisobi va balansda aks ettirishning ishonchliligini tasdiqlashi 
uchun ular keyinchalik olinganligi va puli to’langanligi yoki balans tuzilayotgan sanaga kreditor 
qarzlar tarkibiga kiritilganligiga ishonch hosil qilishi zarur.
Auditor korxonada bunday moddiy boyliklarni hisobga olishning mavjud ikkita variantidan 
qaysi birisi qo’llanilayotganligini aniqlashi kerak. Birinchi variant qo’llanilganda ushbu materiallar 
qiymati har oy oxirida quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: 
Debet 1510 - «Materiallarni tayyorlash va sotib olish» schyoti Kredit 6010 - «Mol etkazib 
beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (joriy qismi) yoki 7010 - «Mol etkazib 
beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» (uzoq muddatli qismi).
Auditor bunday mol etkazib berishlar bo’yicha kreditor qarzlar mavjudligini tekshiradi. 
Chunki keyingi oyning boshida ushbu yozuv tuzatilishi (storno qilinishi) lozim. Etib kelmagan 
yuklar uchun mol etkazib beruvchilarga to’langan summalar yuk etib kelgunga qadar debitor qarz 
sifatida hisobda turishi davom etishi lozim.
Ikkinchi variantda bunday yozuvlar materiallarning haqiqatda kelib tushishidan qat’iy nazar, 
mol etkazib beruvchilarning korxonaga kelib tushgan hisob-kitob hujjatlariga asosan bir oy 
davomida amalga oshiriladi. 1510 - «Materiallarni tayyorlash va sotib olish» schyotida ayrim 
sanalarga debet qoldig’i qolishi mumkin. Bunday debet qoldiqlar puli to’langan, ammo oy oxirida 
hali xo’jalikka etib kelmagan yuklarning qiymatini bildiradi. Ushbu yo’lda kelayotgan moddiy 
boyliklarning qoldiqlari buxgalteriya balansining «Ishlab chiqarish zahiralari» moddasiga qo’shib 
aks ettirilishi lozim.
Ayrim paytlarda korxonalar balansning «Boshqa debitorlar» moddasida materiallarni qabul 
qilishda aniqlangan kamomadlarni, mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha har xil 
da’vo summalarini, puli to’langan va uzoq vaqt davomida kirimga olinmagan (ayrim paytlarda 
o’g’irlangan bo’lishi ham mumkin) moddiy boyliklar uchun debitorlik qarzlarni aks ettiradi. 
Shuning uchun 6010 va 7010 schyotlar bo’yicha yuritiladigan registrdagi hisob yozuvlarining puli 
to’lanib, lekin hali yo’lda kelayotgan moddiy boyliklar uchun hisob-kitoblar qismi navbatdagi 
tekshiruv ob’ekti bo’lishi lozim. To’liq to’langan, lekin uzoq vaqt davomida xo’jalikka kelib 
tushmagan moddiy boyliklar aks ettirilgan har bir hisob-kitob (to’lov) hujjati bo’yicha tovar-
transport nakladnoylari (kvitantsiyalari) va schyotlarni to’lovga taqdim qilish uchun asos bo’ladigan 
boshqa hujjatlar puxta tekshirilishi zarur. Zarur hollarda auditor ushbu yozuvlarni mol etkazib 
beruvchilarning o’zaro bog’liq bo’lgan dastlabki hujjatlari va hisob registrlari bilan taqqoslaydi 
(qarama-qarshi tekshiruv o’tkazadi).
Tovar-moddiy zahiralarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish chog’ida auditor olinayotgan 
moddiy boyliklar bo’yicha QQSning hisobda aks ettirilishini ham tekshiradi.
Mol etkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlarida alohida qator bilan ajratib ko’rsatilib, 
xaridor korxonaga to’lov uchun taqdim qilinadigan QQS summasi 4410 - «Soliqlar va yig’imlar 
bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotining debeti va 6010 - «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to’lanadigan schyotlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. To’langan QQS summalari ishlab 
chiqarish zahiralarining sotib olish qiymatiga kiritilmaydi ya’ni 1010-1090 yoki 1510 schyotlar 
debetiga olib borilmaydi.
4410 - «Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotining istalgan hisobot 
sanasiga debet qoldig’i sotib olingan, lekin hali puli to’lanmagan moddiy boyliklarga tegishli 
bo’lgan QQS summasini bildiradi. Ushbu summa balans aktivining II bo’limida tegishli modda 
bo’yicha ajratib ko’rsatiladi.
Auditor sotib olinadigan zahiralarning maqsadli tayinlanishi yoki qanday maqsadlar uchun 
ishlatilishiga ko’ra QQS summasini hisobdan o’chirish tartibiga e’tibor qaratishi zarur. Chunki, 
moddiy resurslarni ishlab chiqarishga sarflash me’yoriga qarab, ularga tegishli bo’lgan QQS 
summasi 6410 - «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik (turlari bo’yicha)» schyot debeti va 4410 


-«Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyoti kreditida; moddiy boyliklarni boshqa 
korxonalarning ustav kapitaliga moliyaviy qo’yilma sifatida, hamda ularni tekinga berish chog’ida 
QQS summasi 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti debeti va 4410-«Soliqlar va yig’imlar 
bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyoti kreditida aks ettiriladi. Shuningdek, QQS bo’yicha yakuniy 
hisob-kitob 6410 schyot debeti va 4410 schyot krediti bo’yicha aks ettiriladi.
Sotib olingan moddiy boyliklarga doir QQS faqat quyidagi qonunchilik shart-sharoitlari 
bajarilgandagina byudjetdan qoplanadi: 
-
QQS dastlabki va hisob-kitob hujjatlarida alohida satr bilan ajratib ko’rsatilganida; 
-
moddiy boyliklar haqiqatda qabul qilinganida; 
-
moddiy boyliklar ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sotib olinganida.
Barcha hollarda QQS faqat moddiy boyliklar kirim qilinganida va mol etkazib beruvchilarga 
puli to’langanidagina hisobdan o’chiriladi.
Amaliyotda korxonalar moddiy boyliklarni kirim qilmasdan turib, ya’ni tovar-moddiy 
zahiralarni hisobda aks ettirish talablariga rioya qilmasdan hisobdan o’chirish hollari ko’p 
tarqalgan. Bu QQS bo’yicha soliq bilan bog’liq noxush oqibatlarga olib keladi. Masalan, auditor 
korxona tomonidan kabel sotib olinganligi va uning qiymati mol etkazib beruvchi tomonidan 
taqdim qilingan schyotga muvofiq 120000 so’m, QQS esa 24000 so’mni tashkil etganligini 
aniqladi. Ushbu muomala mijoz-korxona buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirilgan: 
Debet 2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti – kabel qiymati 120000 so’mga 
Kredit 6010 - «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti – 
kabel qiymati - 120000 so’mga; 
Debet 4410-«Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyoti- QQS summasi 24000 
sumga 
Kredit 6010 - «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» - QQS 
summasi 24000 so’mga 
Debet 6410 - «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» schyoti - QQS summasi 24000 
so’mga 
Kredit 4410 - «Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyoti - QQS summasi 
24000 so’mga.
Ushbu vaziyatda auditor tomonidan tovar-moddiy zahiralar qoldig’ining buzib ko’rsatilishi 
va ular tannarxining hisobot davrida oshirib ko’rsatilganligi to’g’risida xulosa qilingan. Chunki, 
haqiqatda barcha materiallar to’laligicha hisobdan o’chirilib ishlab chiqarish tannarxiga olib 
borilmagan. Bundan tashqari, barcha moddiy boyliklar o’z vaqtida qabul qilinmaganligi munosabati 
bilan, soliq organlari QQSni hisobga o’tkazishga taqdim qilishni asossiz deb topishlari mumkin.
Lekin, ma’lum sharoitlarda qabul qilingan moddiy boyliklarga tegishli QQS, ularning 
haqiqiy sotib olish tannarxiga kiritilishi kerak. Xususan quyidagi hollarda: 
-
Ishlab chiqarish zahiralari QQS solinmaydigan mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar 
bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish uchun ishlatilganida; 
-
ishlab chiqarish zahiralari chakana savdo tashkilotlari va aholidan naqd pulga sotib 
olinganida; 
-
ko’p marta ishlatiladigan idishlar sotib olinganida; 
-
schyot-faktura va boshqa hisob-kitob hujjatlarida QQS ajratib ko’rsatilmaganda.
№4 –«Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMSda tovar-moddiy zahiralarini sotib olish 
xarajatlarining taxminiy tarkibi keltirilgan. Ularga, xususan, materiallarni tayyorlash va tashib 
keltirish, import bojxona to’lovlari va yig’imlari, mahsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, 
ta’minotchi va vositachi tashkilotlarga to’langan komission to’lovlar, soliqlar (korxona keyinchalik 
qaytarib oladigan soliqlardan tashqari, masalan, qo’shilgan qiymat solig’i kabi), hamda tayyorlov-
transport, xizmat ko’rsatish va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa 
xarajatlar. Savdo diskontlari, chegirmalar va shunga o’xshash summalar tovar - moddiy zahiralarni 
sotib olish xarajatlarini aniqlashda chegirib tashlanadi. 1610 - «Materiallar qiymatidagi farqlar» 
schyotida yoxud 1000 (1010-1090) – «Materiallarni hisobga oladigan schyotlar»da aniqlanib, 
hisobdan o’chirilgan transport-tayyorlov sarflari yoki hisob baholaridan chetga chiqishlarni 


 
tekshirishda transport tashkiloti yoki vositachi tashkilot to’lovga taqdim qiladigan schyot, tovar-
moddiy zahiralar kirim qilinganidan so’ng kechikib olingan holatlarga e’tibor qaratilishi kerak. 
Bunday holda transport sarflari materiallarni kirim qilishda ularning haqiqiy tannarxiga qo’shilishi 
mumkin emas.
Korxonaning omborxona-tayyorlov apparatini saqlash uchun qilingan sarflari, uning hisob 
siyosatida ko’rsatilgan qoidalarga muvofiq tayyorlangan materiallar tannarxiga qo’shilishi mumkin. 
Bunday sarflar, odatda, hisobot oyining oxirida taqsimlanadi.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin