5.Aktsiyadorlar ulushi va dividendlari auditi Ko’pchilik aktsiyadorlik jamiyatlari uchun ta’sischilar ulushi oddiy aktsiya, imtiyozli aktsiya,
ulushlar va taqsimlanmagan foydadan iborat bo’ladi. Keyingi yillarda ko’plab murakkab moliyaviy
instrumentlarning paydo bo’lishi majburiyatlar auditi bilan birga aktsiyadorlar aktsiyalari auditida
ham ayrim muammoli tomonlarni keltirib chiqarmoqda.
Quyidagi uchta asosiy jarayon aktsiyadorlar aktsiyalari auditida muhim hisoblanadi:
-
Qo’shimcha aktsiya chiqarish. Bu naqd pulga, xizmatga, konvertatsiyalanadigan
majburiyatga qo’shimcha chiqarish bilan bog’liq kelishuv
-
Chiqarilgan qo’shimcha aktsiyalarni qaytarib sotib olish
-
Dividendlarni to’lash
Aktsiyadorlar ulushlarini tekshirishda bitimlar soni kam bo’lganligi bois ularni to’liq
tekshirish maqsadga muvofiq. Noto’g’ri ma’lumotlarni to’g’ri deb qabul qilishning oldini olish
maqsadida auditor nazorat riskini yuqori o’rnatgan bo’lsada, nazorat vositalarini yaxshi o’rganishi
kerak. Aktsiyadorlar ulushlari yuzasidan o’rnatilgan nazorat operatsiyalari samaradorligini va
tizimini o’rganishi zarur. Agar mijoz korxona aktsiyadorlik jamiyati ko’rinishida bo’lsa, moliyaviy
hisobotlar yuzasidan ichki auditning ishlashiga ahamiyat berishi kerak.
Ko’pincha yirik aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalar bilan bog’liq bitimlar, dividendlar hisob
kitobini ro’yxatga oluvchi mustaqil shtat xodimiga yoki dividend agentiga ega bo’ladi. Ushbu
xodim barcha chiqarilgan aktsiyalar korxona ustavida nazarda tutilganligi, dividendlar hisobi
to’g’ri yuritilayotganligi yuzasidan mas’ul bo’lib, aktsiyadorlarga ushbu operatsiyalar yuzasidan
hisobotlar ham berib turadi. Shuningdek, to’lanayotgan dividendlarning cheklarini ham hisobotlarga
qo’shib aktsiyadorlarga taqdim etadi. Agar mijoz korxonada yuqorida ta’kidlangan shtat birliklar
mavjud bo’lsa, auditor ushbu operatsiyalar yuzasidan olingan dalillarni ishonchli deb baholashi
mumkin.
Bordiyu, korxonada aktsiyalar va dividendlar bilan bog’liq operatsiyalarni yurituvchi mustaqil
shtat birligi bo’lmay, korxona xodimlaridan biri bu vazifalarni amalga oshirsa, auditor etarlicha
dalil olishi uchun qo’shimcha audit amallarini bajarishi lozim bo’ladi.
Quyidagilar aktsiyadorlar ulushi auditida tasdiqlanishi lozim bo’lgan axborotlar:
-
Ulushlar va dividendlar bo’yicha bitimlar korxona ustavida nazarda tutilganligi
(kelib chiqishi);
-
Barcha ulushlar va dividendlar hisobda zarur darajada, talabga muvofiq yuritilganligi
(aniqlik);
-
Ulushlar va dividendlar bo’yicha barcha bitimlarning tasdiqlovchi hujjatlari
mavjudligi (ruxsat etilganligi);
-
Barcha ulush va dividendlar talab darajasida baholanganligi (baholash).
Ulushlar va dividendlar bo’yicha bitimlarning
kelib chiqishi . Korxonadagi xodimlardan biri,
masalan, korporativ kotib yoki yuristkonsultant ulushlar va dividendlar bo’yicha amalga
oshirilayotgan har bir bitim ustavda nazarda tutilganligi hamda qonuniyligini nazorat qilishi va
tasdiqlashi lozim. Shuningdek, ushbu xodim har bir aktsiyadorning ism sharifi va unga tegishli
aktsiyalar miqdorini o’zida jamlagan buxgalteriya kitobini yuritishi maqsadga muvofiq.
Aniqlik . Bu tasdiqnomaga erishish uchun aktsiyadorlarning aktsiyalar miqdori, umumiy
hisoblangan va to’langan dividendlar bo’yicha taqdim etilgan hisobotlardan qoniqish hosil
qilganliklari yoki e’tirozlari mavjudligini o’rganish kerak.
Ruxsat etilganlik . Ko’pchilik aktsiyadorlik jamiyatlarida aktsiyalar va dividendlar bo’yicha
bitimlar direktorlar kengashi davomida ma’qullanib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Auditor
ushbu hujjatlarni o’rganib chiqishi kerak bo’ladi.