O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   362
Аудит УМК

MAVZU BO’YICHA MASALALAR 
Masala. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining to‘g‘riligini tasdiqlovchi quyidagi auditorlik 
dalillari mavjud: 
Haqiqiy tekshirish vaqtida aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatuvchi 
inventarizatsiya ma’lumotlari. 
2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schoti bo‘yicha birlamchi hujjat va jurnal orderlar. 
2810- «Ombordagi tayyor mahsulot» schoti bo‘yicha birlamchi hujjat va jurnal orderlar. 
Auditorning o‘zi ishtirok etgan ishlab chiqarish zaxiralarining inventarizatsiya ma’lumotlari. 
Talab qilinadi: Keltirilgan auditorlik dalillarini ishonchlilik darajasi bo‘yicha tizimga 
keltiring. 
Masala. Qurilish tashkiloti o‘ziga tegishli bo‘lgan yer maydonida o‘z maqsadlarida 
foydalanish uchun bino qurdi. Auditor qurilish bilan bog‘liq xarajatlarni miqdorini aks ettiruvchi 
barcha hujjatlarni to‘pladi. 
Talab qilinadi:
1.
Qurilish tannarxining to‘g‘ri hisoblanganligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi auditorlik 
dalillarini toping. 
2.
Hisobotda aks ettirilgan xarajatlarning to‘g‘riligini 3-shaxslardan olingan ma’lumotlar 
asosida tasdiqlang. 
Masala. «ODIL-AUDIT» firmasini tekshirish jarayonida auditor quyidagi auditorlik 
dalillarini to‘pladi: 
1)
«ODIL-AUDIT» firmasi xodimi tomonidan tayyorlangan haqiqiy xarajatlar tahlili; 
2)
«ODIL-AUDIT» firmasiga tegishli bo‘lgan aksiyalar miqdori va mavjudligini tasdiqlovchi 
aksionerlar reystridan ko‘chirma; 
3)
Auditorning o‘zi ishtirok etgan tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi dalolatnomasi; 
Talab qilinadi: Ushbu auditorlik dalillarining ishonchlilik darajasini aniqlang. 


 
Masala. Auditor tomonidan quyidagi auditorlik amallari bajarildi: 
1)
Transport vositalarini ro‘yxatga olish hujjatlari tekshirildi
2)
Transport vositalarini qabul qilishdagi birlamchi hujjatlar va dalalatnomalar tekshirildi; 
3)
Transport vositalarining haqiqiy mavjudligi aniqlandi; 
4)
Transport vositalarini sotgan mol yyetkazib beruvchilardan og‘zaki tasdiq olindi; 
Talab qilinadi: Yuqorida bajarilgan auditorlik amallarining qaysi biri korxonaning transport 
vositalariga egalik qilish huquqini isbotlab beradi? 
Masala. Quyida keltirilgan dalillarni manbasi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot, tashqi yoki boshqa 
shu kabilar)ga ko‘ra turkumlang va ularni muhimligi va ishonchliligiga ko‘ra tartib bilan qo‘yib 
chiqing: 
A) Kreditorlarning oylik hisobotida ko‘rsatilgan so‘mmalar; 
B) Tasdiqlangan hujjatlarni ro‘yxatga olish jurnalining «Schotlar bo‘yicha to‘lovlar» bo‘limida 
ko‘rsatilgan so‘mmalar; 
V) Auditorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llangan kreditorlar xatidagi ko‘rsatilgan so‘mmalar; 
G) Direktorlar Kengashi majlisidan ko‘chirmada ko‘rsatilgan so‘mmalar. 
Masala. Auditorlik dalillar bo‘yicha ishchi standart talabiga ko‘ra, auditor muhimlikka ko‘ra 
test o‘tkazishning quyidagi keltirilganlarning biridan foydalanishi mumkin a) Xo‘jalik 
operatsiyalari bo‘yicha testlar o‘tkazish; b) qoldiqlar bo‘yicha testlar o‘tkazish; v) analitik amallar. 
Talab qilinadi: Quyida keltirilgan amallarni yuqorida aytib o‘tilgan muhimlilikka ko‘ra test 
o‘tkazishning qaysi turiga kirishini jadval asosida keltirib o‘ting: 
1. Haqiqiy natijalar bilan rejadagi ko‘rsatkichlarni solishtirish. 
2.Cheklar reystrida qayd etilgan «to‘langan» cheklar bo‘yicha provodkalarni topshirish. 
3. To‘lashga doir hisoblangan foizlarni qayta hisob-kitobini o‘tkazish. 
4. Zaxiralarning aylanuvchanlik koeffitsiyentini hisoblash va tarmoq bo‘yicha taqqoslash. 
5. Yil oxiriga bank schotlarini tekshirish. 
6. Realizatsiya jurnali provodkalari bilan schot-fakturalar hisobini solishtirib tekshirish. 
7.Yil oxiriga mavjud korxona kantselyariya zaxiralarini inventarizatsiyadan o‘tkazish. 
Masala. Toshkent shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish korxonasiga tegishli kafe haftada 
7 kun, bir kunda 12 soat (haftada jami 84 soat) ishlaydi. Kafedagi xizmat ko‘rsatuvchi 4 o‘rindiqli 
stollar soni 36 ta. Ma’muriy xodimlar soni 2 kishini, texnik xodimlar 1 kishini tashkil etadi. 
Korxonada 2012 - yilning IV choragida butun korxona bo‘yicha haqiqatdagi mehnatga haq to‘lash 
fondi 14 200 000 so‘mni tashkil etsa, stollar soni o‘zgarmagan holda, korxona DSIga taqdim 
etadigan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma hisob-kitobini 
qanday to‘ldirish lozimligi bo‘yicha maslahat-tushuntirish bering. 
Masala. Kichik qo‘shma korxonaning asosiy faoliyat turi ishlab chiqarish hisoblanadi. U 
umumbelgilangan tartibda soliqlar to‘laydi. 2010 - yilda korxonada xomashyo bilan bog‘liq 
muammolar yuzaga keldi. Korxona boshqa korxona bilan 1 yil muddatga moddiy yordam 
to‘g‘risida qarz shartnomasini tuzdi. Qarz beruvchi yagona soliq to‘lovi to‘lovchisidir. Qarz 
beruvchining hisobvaraq-fakturasida QQS ko‘rsatilmagan, chunki uni to‘lamaydi. Qarzni 
belgilangan muddatda qaytarish chog‘ida korxonada hisobvaraq-fakturani to‘ldirish borasida 
shubha paydo bo‘ldi. Agar QQS ustuni to‘ldirilsa, bu QQS hisobotida (7-ilova) qanday aks 
ettiriladi? Qarz beruvchi hisobvaraq-fakturani qanday qilib to‘g‘ri to‘ldirishi kerak? Ikkala tarafning 
buxgalteriya provodkalari qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
 
Masala. MCHJ balansida 2009 - yilda xarid qilingan uchta avtomashina bor. MCHJ ustavi 
va ta’sis hujjatlariga muvofiq ulardan biri uchinchi shaxsga tekinga berilgan? Yuqorida keltirilgan 
muomalalarni to‘g‘ri va qonuniy amalga oshirilganligini tekshirishda qanday ma’lumot manbalari 
yoki dalillar o‘rganilishi lozim? 


Masala. Ulgurji savdo qiluvchi korxonaning 2011 - yil yanvar-sentabr oylaridagi tushumi 32 
000 ming so‘mni tashkil qilgan. IV chorakda 14 500 ming so‘mlik tovarlar realizatsiya qilingan. 
Oktabrda xaridor sentabrda sotilgan 600 ming so‘mlik tovarning bir qismini qaytargan. Ushbu 
tovarning xarid qiymati 370 ming so‘mni tashkil etgan. 
Korxona qaytarilgan tovar so‘mmasi - 600 ming so‘mga yillik tovar oborotini kamaytirgan. 
Shu tariqa, 2011 - yil uchun YAST hisob-kitobining 010-satrida aks ettiriladigan tushum 45 900 
ming so‘mni (32 000 + 14 500 - 600) tashkil qilgan. Korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya 
hisobida tovarning qaytarilishi quyidagicha aks ettirilgan: 
 Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni
So‘mma 
(ming so‘m) 
Hisobvaraqlar
korrespondensiyasi 
Debet 
kredit 
Tovarni qaytarish aks ettiriladi 
600 
9040 
4010 
4010 
5110 
Yalpi tushumga tuzatish kiritish aks 
ettiriladi 
600 
9010 
9040 
Xaridor qaytargan tovar kirim 
qilinganda 
370 
2910 
9120 
Talab qilinadi: Yuqorida keltirilgan muomalalarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri va qonuniy 
amalga oshirilganligini tekshirish jarayonida qanday ma’lumot manbalari va hujjatlar o‘rganiladi. 
Masala. Korxonada muddatidan avval eskirishi oqibatida ikkita boshlang‘ich qiymati 135000 
so‘mdan bo‘lgan muzlatkich hisobdan chiqarilgan. Muzlatkichlardan birining amortizatsiya 
ajratmalari 118000 so‘mni, ikkinchisiniki esa 120000 so‘mni tashkil qilgan. Tugatish 
dalolatnomasida amortizatsiya to‘liq hisoblanmaganligining sababi ularni ta’mirlash uchun ehtiyot 
qismlar yo‘qligi, deb ko‘rsatilgan. Muzlatkichlarni hisobdan chiqarish uchun ishchilarga demontaj 
uchun 3750 so‘m ish haqi hisoblangan, 4000 so‘m metalalom hamda 9500 so‘mlik ehtiyot qismlar 
korxona omboriga kirim qilingan. Korxona buxgalteri tomonidan muzlatkichlarni hisobdan 
chiqarishdan ko‘rilgan moliyaviy natijani 30650 so‘m, deb baholab, uni 9590 schotga hisobdan 
chiqargan.
Talab qilinadi: Yuqorida keltirilgan muomalalarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri va qonuniy 
amalga oshirilganligini tekshirish jarayonida qanday ma’lumot manbalari va hujjatlar o‘rganiladi. 
Masala. Korxona tomonidan mol yyetkazib beruvchilardan tovar-moddiy boyliklarni olish 
bo‘yicha ishonchnoma qay tarzda rasmiylashtiriladi va uning hisobi qanday yuritiladi. 
Masala. MCHJ shaklidagi korxona yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi hisoblanadi va u QQS 
to‘lovchilar toifasiga o‘tmagan. Korxona "Atlantika" MCHJ bosh pudratchi buyurtmachi korxonasi 
bilan 2012- yilning may oyida texnik soz, mashina va mexanizmlarni ajratish hamda xizmat 
ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Shartnomaga asosan buyurtmachiga 2012 - yil davomida 330 mln so‘mlik mashina va 
mexanizmlarga xizmat ko‘rsatilgan va ularga doir hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilgan. Bundan 
tashqari, yil davomida yoqilg‘i mahsuloti bilan uzluksiz ta’minlanish maqsadida buyurtmachi bizga 
160 mln so‘mlik avtomobil benzinini hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirgan holda shartnoma 
tuzmasdan yyetkazib bergan. Bu hisobvaraq-fakturalarda 6 mln so‘mlik qo‘shimcha xarajatlar va 33 
mln so‘mlik QQS hisoblab yozilgan. 
Talab qilinadi: 
1.
Yuqorida keltirilgan muomalalarni amalga oshirilishida yetishmayotgan yoki qo‘shimcha 
ravishda tuzilishi lozim bo‘lgan hujjatni aniqlang va uni rasmiylashtirish holatlarini tahlil qiling. 
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 



Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin