T/r
Xo‘jalik
operatsiyalarining mazmuni
So‘mma,
ming
so‘mda
Hisobvaraqlar
Korresponden-
siyasi
Yozuvlarni
tasdiqlovchi hujjatlar
Debet
Kredit
1. Materiallarni xarid qiluvchidan
pul mablag‘larining kelib tushishi
aks ettirildi
1 050
5010
6010 Oldi-sotdi
shartnomasi,
bank ko‘chirmasi, kassa
kirim va chiqim orderlari
2. Ilgari olingan bo‘nak hisobga
olindi
1 050
6010
4010 Shartnoma, bank ko‘chir-
masi
va
materiallar
harakati bo‘yicha oborot
qaydnomasi
3. Materiallarni sotish aks ettirildi
1 050
6410
9220 Yukxati,
hisobvaraq-
faktura,
limit-zabor
kartalari
4. Hisoblab
yozilgan
QQS
aks
ettirildi
175
9220
4010 Kassa
chiqim
orderi,
hisobvaraq-faktura
5. Materiallarning sotib olish qiymati
hisobdan chiqarildi
600
9320
1090 Oldi-sotdi
shartnomasi,
Yukxati, hisobvaraq-fak-
tura
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar buxgalteriya hujjatlari va schotlarida
to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. Tekshirilayotgan korxona 1000 kg moyli bo‘yoq sotib olgan. Buxgalter tomonidan
materiallar hisobi haqiqiy tannarx bo‘yicha yuritilgan. Yetkazib beruvchining hisob-kitob
hujjatlariga muvofiq 1 kg bo‘yoq narxi 3700 so‘mni tashkil etgan, shu jumladan QQS - 617 so‘m.
Bo‘yoq vositachi tashkilot orqali sotib olinib, uning xizmatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar 120
000 so‘mni, shu jumladan QQS 20 000 so‘mni tashkil etgan.
Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirgan operatsiyalar buxgalteriya hisobida
quyidagi tartibda aks ettirilgan:
Xo‘jalik
operatsiyalarining
mazmuni
So‘mma,
ming so‘m
Hisobvaraqlar
korrespondensiyasi
Yozuvlarni
tasdiqlovchi hujjatlar
Debet
Kredit
Moyli bo‘yoq kirim qilindi
(3700 x 1 000)
3 700
1010
6010
Shartnoma,
hisob-kitob
hisobvarag‘idan
bank ko‘chirmasi
Vositachi
tashkilotning
xizmatiga
haq
to‘lash
bo‘yicha xarajatlar hisobga
olindi
120
1010
6010,
6990
Shartnoma
O‘tkazib
beruvchiga
bo‘yoq qiymati va vositachi
tashkilotning xizmat haqi
to‘landi
3 820
6010,
6990
5110
Yukxat,
hisobvaraq-faktura
Talab qilinadi:
1.
Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar buxgalteriya hujjatlari va schotlarida
to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
3.
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
Masala. Yangi tashkil etilgan korxonaning hisob raqamidan uning kassasiga 5400 ming so‘m
olingan. Shundan 4 600 ming so‘m oyning 2-yarmi uchun ish haqi to‘lashga; 600 ming so‘m
xizmat safari xarajatlariga; 200 ming so‘m xo‘jalik ehtiyojlariga sarflangan. Korxona buxgalteri
tomonidan esa yuqoridagi muomalalar quyidagi buxgalteriya yozuvlari va hujjatlari asosida hisobga
olingan:
T/r
Xo‘jalik
operatsiyalarining
mazmuni
So‘mma
(ming
so‘mda)
Hisobvaraqlar
Korresponden-
siyasi
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
Debet
Kredit
1 Korxona kassasiga uning hisob
raqamidan pul mablag‘lari kelib
tushganligi aks ettirildi
5 300
5110
5210 Kassir hisoboti, chiqim kassa
orderi, xizmat safari haqidagi
buyruq, bo‘nak hisobi
2 Korxona xodimlariga ish haqi
bo‘yicha qarzlar to‘lovi aks
ettirildi
4 500
6510
5110 Kassir hisoboti, chiqim kassa
orderi,
3 Xizmat safari xarajatlari uchun
so‘mmalarni hisobdorga berish
aks ettirildi
500
4120
5210 Kassir hisoboti, chiqim kassa
orderi, xizmat safari haqidagi
buyruq, bo‘nak hisobi
4 Xo‘jalik
xarajatlari
uchun
so‘mmalarni berish aks ettirildi
100
4220
5210 Ish haqini berish uchun
qaydnoma
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?Ya
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
Masala. Ishlab chiqarish korxonasini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish vaqtida quyidagilar
aniqlandi:
1)
Korxona xodimlariga meditsina xizmati ko‘rsatish uchun pul to‘langan:
Debet 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schoti – 3000000;
Kredit 5110 “Hisob-kitob schoti” schoti- 3000000;
2)
Korxona xodimlari farzandlarining dam olishlari uchun lagerga putyovka olingan:
Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schoti – 1500000;
Kredit 5110 “Hisob-kitob schoti” schoti- 1500000;
3)
Oborot mablag‘larini to‘ldirish uchun olingan qisqa muddatli kredit foizi to‘langan:
Debet 6810 “Qisqa muddatli kreditlar” schoti – 74000;
Kredit 5110 “Hisob-kitob schoti” schoti – 74000;
4)
8- mart «Xotin-qizlar bayrami» munosabati bilan sovg‘a olingan:
Debet 9420 “Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari” schoti – 270000;
Kredit 5010 “Kassa” schoti – 270000.
Talab qilinadi:
1.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2.
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3.
Xarajatlarni hisobga olishdagi xatoliklarni aniqlang.
Masala. 10 - fevralda savdo tashkiloti bosh kassasi inventarizatsiya qilindi. Bosh kassir
auditorlar komissiyasiga naqd 125000 so‘m borligini e’lon qildi. Kassa hisoboti ma’lumoti bo‘yicha
shu kun boshiga naqd pul qoldig‘i 25600 so‘m bo‘lgan. 10 - fevral kuni № 151 - kassa kirim orderi
bo‘yicha 1-kassaga 30000 so‘m pul tushgan va shu so‘mma kirim qilingan. Shuningdek 2-kassaga
tushgan 27000 so‘m № 152 - kassa kirim orderi bo‘yicha kirim qilingan. 10 - fevraldagi № 137-
kassa chiqim orderi bo‘yicha bankka 44800 so‘m topshirilgan.
Bosh kassir quyidagi shaxslarga maoshgacha pul berganligini tushuntirish xatida ko‘rsatib
o‘tgan:
Sotuvchi S.G.Hamidovaga 55000 so‘m.
Ishchi A.SH.Ahmedovaga 40000 so‘m.
Kassir L.A. Abdullayeva 35000 so‘m.
Kassir fikri bo‘yicha bu so‘mmalar ish haqi beriladigan kun yuqoridagi shaxslardan ushlab
qolinadi.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Inventarizatsiya bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshiring. Holatga baho bering.
Masala. Bank tomonidan korxona kassasiga naqd pul qoldig‘i me’yori 20000 so‘m qilib
belgilangan. Tekshirilayotgan davr mobaynida 5010-«Kassa» schoti bo‘yicha registrda hamda kassa
hisobotida naqd pul qoldig‘i ko‘rsatilgan.
1-fevralda 35000 so‘m;
18-fevralda 760000 so‘m;
1-martda 220000 so‘m;
1-aprelda 286500 so‘m;
15-aprelda 148700 so‘m;
2-mayda 137000 so‘m;
15-mayda 128000 so‘m;
5- iyunda 472700 so‘m;
1-iyulda 127000 so‘m;
10-iyulda 168000 so‘m;
1-avgustda 113000 so‘m;
10-sentabrda 157000 so‘m;
10-Oktabrda 158000 so‘m;
12-dekabrda 158000 so‘m.
Savdo korxonalari uchun ish haqi berish sanasi har oy uchinchi yoki o‘n yettinchi kuni qilib
belgilangan.
Talab qilinadi: Kassada inventarizatsiya qoidalari buzilgan yoki yo‘qligini aniqlang?
Masala. Aprel oyida korxonada 400 dollar valuta sotildi. Valuta sotilgan sanada valuta kursi
1dollar = 2054,5 so‘mni tashkil qilgan. Bu muomala korxona buxgalteriya hisobida quyidagicha aks
ettirilgan:
1.
Realizatsiya qilingan valuta so‘mmasi joriy schotidan hisobdan chiqarildi:
Debet 5710-“O‘tkazilgan yo‘ldagi pullar (turlari bo‘yicha)” schoti -821800 so‘m;
Kredit 5220-“Chet eldagi valuta schoti” schoti -821800 so‘m;
2.
Realizatsiya qilingan valuta so‘mmasi bo‘yicha hisob-kitob schotiga pul kirim qilindi:
Debet 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti -821800 so‘m.
Kredit 5710-“O‘tkazilgan yo‘ldagi pullar (turlari bo‘yicha)” schoti -821800 so‘m,
3.
Valuta sotilgani uchun bankning komission xizmat haqi hisobdan chiqarildi:
Debet 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schoti -2650 so‘m.
Kredit 5110-“Hisob-kitob schoti” schoti -2650 so‘m,
4.
Valutani sotish bo‘yicha foyda so‘mmasi aks ettirildi:
Debet 5710-“O‘tkazilgan yo‘ldagi pullar (turlari bo‘yicha)” schoti -1600 so‘m.
Kredit 9220-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti -1600 so‘m.
Debet 9220-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi” schoti -1600 so‘m,
Kredit 9320-“Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” schoti -
1600 so‘m,
Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga
olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.
Masala. Kontrakt bo‘yicha Polshaga 6120 dollarga uskunalar sotildi. Valutaga sotilgan asosiy
vositalar korxona buxgalteri tomonidan buxgalteriya hisobida quyidagicha buxgalteriya yozuvlari
orqali hisobga olingan:
Debet 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” schoti -
400000 so‘m;
Kredit 0130-“Mashina va uskunalar” schoti -400000 so‘m.
Debet 0230-“Mashina va uskunalarning eskirishi” schoti -392000 so‘m;
Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” schoti -
392000 so‘m;
Debet 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar” schoti -979200 so‘m;
Kredit 9210-“Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda” schoti -
979200 so‘m;
Debet 4710-“Xodimlarning kreditga berilgan tovarlar bo‘yicha qarzlari” schoti -195840 so‘m;
Kredit 6410-“Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)” schoti -195840 so‘m.
Xaridor to‘lovni ikki marta amalga oshiradi.
1)
15.08. sanada 35000 doll. 868000 so‘m. Shu sanada 1 doll.= 24,8 so‘m.
2)
06.09. sanada 5000 doll. 126000 so‘m. Shu sanada 1 doll. = 25,2 so‘m.
Uskuna jo‘natish qabul-topshirish akti bo‘yicha 10.09.da amalga oshirildi. Shu sanada doll.
kursi 25,4 so‘mni tashkil etgan.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
Masala. Auditor bosh daftar va kassa daftarini schotlari oborotlarini tekshirib bir necha
xo‘jalik muomalalariga oydinlik kiritdi. Bosh daftar hamda kassa daftarida quyidagicha provodkalar
keltirilgan.
Debet 5010-“Milliy valutadagi pul mablag‘lari” schoti;
Kredit 2310-“Yordamchi ishlab chiqarish” schoti.
Debet 5010-“Milliy valutadagi pul mablag‘lari” schoti;
Kredit 9030-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar” schoti.
Boshlang‘ich hujjatlar va unga ilova hujjatlarida kassaga naqd pul tushganligi ma’lum bo‘ldi.
Naqd pul quyidagilar uchun tushgan:
A) Korxona avtotransportlaridan foydalanganlik uchun 8500 so‘m;
B) Omborda ba’zi tovarlarni saqlaganligi uchun 12000 so‘m;
S) Ortish tushirish xizmatlari uchun 10800 so‘m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib,
auditorlik dalolatnomasini tuzing.
Masala. Tekshirilayotgan korxona chakana savdo bilan shug‘ullanadi. Korxona
do‘konlarining biri Paynet xizmatlarini ko‘rsatgan. Unga maxsus hisobvaraq ochilib, avval-boshdan
1 500 000 so‘m o‘tkazilgan. Quyida ko‘rsatilgan Paynet xizmatlari bo‘yicha oylik yakuniy
hisobotlar ilova qilingan.
Tranzaksiya bo‘yicha agentning yakuniy hisoboti
Provayder
Servis
So‘mma
Hisob-
varaqqa
so‘mma
Agentning
vositachilik
haqi
Tranzaksiya-
lar soni
|