xo‘jalik muomalalariga oydinlik kiritdi. Bosh daftar hamda kassa daftarida quyidagicha provodkalar
keltirilgan.
Debet 5010-“Milliy valutadagi pul mablag‘lari” schoti;
Kredit 2310-“Yordamchi ishlab chiqarish” schoti.
Debet 5010-“Milliy valutadagi pul mablag‘lari” schoti;
Kredit 9030-“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar” schoti.
Boshlang‘ich hujjatlar va unga ilova hujjatlarida kassaga naqd pul tushganligi ma’lum bo‘ldi.
Naqd pul quyidagilar uchun tushgan:
A) Korxona avtotransportlaridan foydalanganlik uchun 8500 so‘m;
B) Omborda ba’zi tovarlarni saqlaganligi uchun 12000 so‘m;
S) Ortish tushirish xizmatlari uchun 10800 so‘m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib,
auditorlik dalolatnomasini tuzing.
Masala. Tekshirilayotgan korxona chakana savdo bilan shug‘ullanadi. Korxona
do‘konlarining biri Paynet xizmatlarini ko‘rsatgan. Unga maxsus hisobvaraq ochilib, avval-boshdan
1 500 000 so‘m o‘tkazilgan. Quyida ko‘rsatilgan Paynet xizmatlari bo‘yicha oylik yakuniy
hisobotlar ilova qilingan.
Tranzaksiya bo‘yicha agentning yakuniy hisoboti
Provayder
Servis
So‘mma
Hisob-
varaqqa
so‘mma
Agentning
vositachilik
haqi
Tranzaksiya-
lar soni
Dostları ilə paylaş: