15-MAVZU:MEHNAT HAQI HISOBI VA TO’LASH JARAYONI AUDITI
Takrorlash uchun savollar
1.
Xodimga hisoblangan ish haqining 1 foizlik miqdordagi jamg’arib boriladigan pensiya
badali summasi daromad solig’idan olinadimi yoki daromad solig’idan
tashqari summadan
olinadimi?, Ushbu ajratmaning hisobi buxgalteriya o’tkazmalarida qanday amalga oshiriladi?,
Jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini olish tartibi qanday?.
2.
Korxona Yunusobod tuman DSIda ro’yxatdan o’tkazilgan. Korxona Zangiota tumanida
joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasini xarid qilmoqchi. Qonunchilikka muvofiq, korxona
yerga egalik qilish huquqi olinganidan keyin 10 kun mobaynida sub’ektni
Zangiota tuman DSIda
hisobga qo’yishi lozim. Mazkur holatda, korxonada qanday soliq majburiyatlari yuzaga keladi?,
Korxona, YAST to’lovchisi, yer solig’i yoki qandaydir qat’iy belgilangan soliqni to’lashi kerakmi
va uni qaysi tuman DSIga to’lashi lozim?
3.
Korxona 2011 yil 5 aprelda tashkil etilgan bo’lib, tashkil etilishidagi asosiy faoliyati gips va
ohaktosh qazib olish etib belgilangan. Tuman hokimiyatining 24 apreldagi
qarori bilan korxonaga
noruda qazilma boylik (gips va ohaktosh) qazib olish uchun 5 ga er maydoni ajratildi. Qarorni
qo’limizga olishimiz bilanoq hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kadastr xizmatiga bordik.
Lekin
kadastr xizmati xodimlari tarkibida noruda foydali qazilmasi bo’lgan er uchastkalari O’zbekiston
Prezidentining 2.05.2011 yildagi PQ-1524-son qaroriga ko’ra ommaviy savdolar orqali berilishini
aytib, er uchastkasini
hujjatlashtirib bermagan, o’z navbatida, bu
erdan foydalanish huquqi ham,
litsenziya olish imkoniyatlari ham chippakka chiqdi. Korxona erni ommaviy savdoda xarid qilish
uchun yangidan hujjat yig’a boshladik. Shunga qaramay, tuman davlat soliq inspektsiyasi xodimlari
tuman hokimining qarori bilan bizga ajratilgan 5 ga er maydoni uchun soliq to’lashimizni
talab
qilib, hisob raqamimizga inkasso talabnomalari qo’yishgan. Soliq organining ushbu xatti-harakatlari
to’g’rimi? Foydalanilmagan er uchun bizda soliq majburiyatlari yuzaga keladimi?
4.
Korxona joylashgan joyda ish haqi hisoblash uchun qonunchilikka muvofiq 1,2 tuman
koeffitsienti belgilangan. Xodimlarga ish haqini uni hisobga olgan holda qanday qilib to’g’ri
hisoblash mumkin - ish haqining butun summasini 1,2 ga ko’paytirish kerakmi yoki yo’qmi?
Koeffitsient bo’yicha qo’shimcha haqqa soliq solinadimi?
Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida
shu narsa aniqlandiki, korxona xodimi 6 oy
ishlaganidan so‘ng mehnat ta’tiliga chiqish haqida ariza yozgan. Xodimning lavozim maoshi - 320
000 so‘m, 6 oy uchun mukofot - 180 000 so‘m, ovqatlanish uchun dotatsiyalar - 240 000 so‘m, to‘y
munosabati bilan moddiy yordam - 150 000 so‘m berilgan. Xodimga u bilan tuzilgan mehnat
shartnomasiga asosan muddati 15 kun bo‘lgan mehnat ta’tili berilgan
va bu muomalalar korxona
buxgalteri tomonidan quyidagi tartibda hisobga olingan:
Dostları ilə paylaş: