Kasbiy etika turlari
Kasbiy etika turlari
— bu kasbiy faoliyatning shunday o’ziga xos turlariki, ular insonning
hayotida va jamiyatdagi faoliyatida u yoki bu usullarda bevosita insonga yo’naltirilgandir.
Etika odob ahloq normalarining ko’p tomonlamaligini aks ettiradi, kasbiy ahloqiy
munosabatlarning turli jihatlarini ochib beradi.
Kasb bilan bog’liq ahloqiy normalar
— bu etik ideallar asosida
shaxsiy jihatlarni ichki
tartibga solish tartibi, namanasi, qoidalari hisoblanadi.
Kasbiy etikaning asosiy ko’rinishlari quyidagilardir: shifokorlar etikasi, pedagogik etika,
olimnmng, aktyorning, rassomning, tadbirkorning, jurnalistning, injenerning va hokazo kasblarning
etikasi.
Bugungi kunga kelib etika kodekslarining bir qancha turlari mavjud.
Ular tadbirkorlik
sohasida, savdo sohasida ham ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar xodimlari
uchun (masalan, muzeylar), muassasalar, xalqaro kasaba uyushmalari
xodilari uchun ham ahloqiy
kodekslar mavjud. Ular xalqaro maqomga ega.
Iqtisodiy etika - bu
tadbirkorlik faoliyati ishchilarning odob ahloqini aks ettiruvchi normalar
majmuini namoyon etadi, tadbirkorning ish uslubiga rivojlangan jamiyatning talablarini ko’rsatadi,
tadbirkorlik faoliyati ishtirokchilari o’rtasida munosabat va ijtimoiy yondashuv qanday bo’lishi
kerakligini aks ettiradi.
Iqtisodiy etika bozor munosabatlarining shakllanishi, tarixiy an’analar, ommaviy anglab
etishning keng namoyon bo’lishi, insonning mehnatga bo’lgan ahloqiy munosabati mezoni
natijasida yuzaga keladi.
Iqtisodiy etikaning bir turi ish muomalasi bo’lib hisoblanadi.
Ish etiketi — bu ishbilarmon kishining boshqa insonlar bilan
muomala qilish jarayonidagi
o’zaro yurish turishi, harakatlari qoidasi xisoblanadi.
U muayyan bir mamlakatning tarixiy shart sharoitlari hamda urf odat, an’analari bilan
bevosita bog’liqdir.
Ish muomalasi etiketi tadbirkorlikning ko’rinishini, korxonani,
shaxsni kashf etish, uni
paydo qilish uchun yordam beradi. Yuqori o’ziga xos ko’rinishga ega bo’lgan tashkilot, muassasa,
korxonalar o’zlarining moliyaviy xo’jalik faoliyatlarida yuqori iqtisodiy natijalarni qo’lga
kiritadilar. Ular bilan faoliyat olib borish juda qulay va yaxshi, chunki ish aloqalarini o’rnatish
uchun qulay psixologik muhit yaratib qo’yilgan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: