Ichki auditning turlariga tegishli belgilarning tasniflanishi Belgilar Turlari Auditorlik
tekshiruvi
o’tkaziladigan obektlar tizimi
Alohida bo’limning auditi. Oddiy boshqaruv tizimiga ega
bo’lgan tashkilotning auditi
Amalga oshirishning davriyligi
Birlamchi
Bir martalik
Operativ
Yakuniy
Moliyaviy
hisobotlarni
shakllantirishda
BHMSning
qo’llanilish darajasi
Faoliyatiga BHMSga moliyaviy hisobot beruvchi tashkilot va
xoldinglar auditi. Ma’lumotlarni shakllantirish jihatidan
BHMS bo’yicha moliyaviy hisobot topshiruvchi tashkilot va
xoldinglar auditi.
Tashqi audit hizmati bilan o’zaro
aloqasi
Tashqi audit bilan bog’langan
Tashqi audit bilan bog’lanmagan
Funktsiyalari
Boshqaruv tizimining samaradorligini nazorat qilish va
baholash.
Audit moliyaviy hisobotining aniqligini tasdiqlash
Firmalar bo’limlari auditi.
Ichki audit bo’limining tashkilotning boshqa bo’limlari bilan o’zaro aloqadorligi elementlari Bo’lim nomlanishi O’zaro aloqadorligi elementlari 1 2 Direktorat
Ichki audit bo’limi rahbariyatdan buyruqlar, farmoyishlar, ko’rsatmalar, rejalar oladi va
shu bilan birga ularni bajarilishi bo’yicha hisobotlar topshiradi, tashkilot faoliyatga
baxo, taklif va xulosalar beradi.
Ta’minlash va saqlash
bo’limi
Ichki audit bo’limi material texnik holatini tekshiradi, TMZ sotib olish bo’yicha
tuzilgan shartnomalar samaradorligi bilan tanishib chiqadi, ishlab chiqarishga berilgan
materialllar hisobotlarini o’rganib chiqadi, qabul qilish va hisobdan chiqarish
dalolatnomalarini tekshiradi, TMZ qabul qilinishi qonuniyligini nazorat qiladi.
Omborxona
Ichki audit bo’limi TMZ xarakatini, kirim va chiqim o’z vaqtida hisobda aks
ettirilganligini, material hisobotlarni, yuk xatlarini, hisob-fakturalarni, moddiy
javobgarlik to’g’risidagi shartnomaning tuzilganligi, saqlash normalariga rioya
qilinganligini nazorat qlilib boradi
Ishlab chiqarish tsexlari
Ichki audit bo’limi ishlab chiqarish hisobotlarini, xom ashyoni ishlab chiqarishga
berilganligini tasdiqlovchi yuk xatlari, reja va haqiqatda ishlab chiqarilayotgan tayyor
mahsulot miqdorini nazorat qiladi. Xarajatlarni mahsulot tannarxiga to’g’ri
oborilayotganligini, texnik ko’rik va sifat qayd qilish jurnallari to’ldirilishini tekshiradi
va ishlab chiqarish faoliyatiga baho beradi.
Rejalashtirish va iqtisod
bo’limi
Ichki audit bo’limi norma va normativlar o’rnatilganligini, ishlab chiqarish, moliyaviy
va tijorat faoliyatida rejadagi ishlar bajarilayotganligini to’g’risidagi hisobotlarni, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar bo’yicha sotish narxining rejalashtirilganligi, shtatlar
jadvalining mavjudligini nazorat qiladi.
Buxgalteriya hisobi
bo’limi
Ichki audit bo’limi buxgalteriya, moliyaviy va statisika hisobotlaridagi ma’lumotlar
haqqoniyligini tekshiradi, debitor va kreditorlar, byudjet va byudjetdan tashqari
jamg’armalar bo’yicha hisobotlarini tekshiradi va boshqalar. Tahlil va inventarizatsiya
materiallarini taqdim etadi. Soliq qonunchiligida buxgalteriya sohasiga taaluqli
o’zgarishlar, yangilillar bilan tanishtirib boradi.