O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Chizma. Etika kodekslarini qabul qilinishi sabablari



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   362
Аудит УМК

 
Chizma. Etika kodekslarini qabul qilinishi sabablari 
Kasbiy etika kodeksining mohiyati. Ma’lum bir kasbiy etika kodeksini tasvirlashda shuni 
aytib o’tish kerakki, u kodifikatsiyalashgan normativ hujjat bo’lib, kasbiy faoliyatni tartibga 
soluvchi ahloqiy etik qoidalarni ijro etish uchun tizimlashtirilgan ko’rinishdagi majburiy xarakterga 
ega bo’lib, ma’lum bir kasb egalari tomonidan qabul qilinadi.
Etika kodeksi muayyan rasmiy ahloqiy qoidalarning majmui bo’lib, ular kasbiy uyushma 
vakillarining bajarmasa ham bo’ladigan ixtiyorlari majmui emas, balki ularni buzish ma’lum bir 
huquqiy oqibatlarga olib keladi.
O’zining huquqiy ahamiyatiga ko’ra etika kodekslari normativ hisoblanadi, lekin huquqiy 
akt emas, chunki davlat qonunchilik organlari tomonidan emas, balki kasbiy uyushma tashkilotlari 
tomonidan qabul qilinadi. Lekin ularning ijtimoiy mazmuni yuqori.
O’xshash qoidalar auditorlar etika kodeksida ham mavjud. Xususan, belgilanishicha, auditor 
o’z faoliyati davomida quyidagi printsiplprga amal qilishi lozimdir :bular rostgo’ylik, mustaqillik, 
ob’ektivlik, kompetentlik, maxfiylikdir. Etiborlisi shuki, ushbu printsiplar xakida Kodeksning 
alohida moddalarida auditorlik ishi bilan bog’lagan holda batafsil yoritiladi.
Kasbiy etika Kodeksi — bu kodifikatsiyalashgan normativ hujjat bo’lib, kasbiy faoliyatni 
tartibga soluvchi ahloqiy etik qoidalarni ijro etish uchun tizimlashtirilgan ko’rinishdagi majburiy 
xarakterga ega bo’lib, ma’lum bir kasb egalari tomonidan qabul qilinadi.
Kasbiy etika kodekslarining xususiyatlaridan biri shuki, unda kasbiy faoliyat davomida 
ahloqiy etik nuqtai nazardan ko’p uchrab turuvchi savollarga aniq javoblar mavjud. Shu bilan birga 
kodekslar hayotning har qanday holati uchun to’g’ri keladigan mukammal normativ akt bo’lib 
hisoblanmaydi.
Kodekslarda keltirilishicha, qonunchilik va etika kodekslari tartibga solmaydigan murakkab 
yoki nizoli vaziyatlarda shaxs o’z uyushmasining tegishli organiga murojaat qilishi mumkin. 
Shunday qilib, etika kodeksi amaldagi qonunchilik bilan bir qatorda kasbiy faoliyatni tartibga 
soluvchi muhim normativ hujjat hisoblanadi. Uni bilish va unga amal qilish — bu nafaqat kasbiy 
muvaffaqiyat va martabaning tez ko’tarilishi uchun imkon beradi, balki jamiyatda mavjud ijtimoiy 
kasbning barcha vakillari uchun qattiq talabi ham xisoblanadi. 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin