Bunday tartibda test sinovi o’tkazish
auditorga eng avvalo, hisob siyosatining qaysi jihatlari
to’liq yoritilmaganligi va qamrab olinmaganligi to’g’risida xulosa qilishga yordam beradi.
Ko’p hollarda quyidagi masalalar hisob siyosatida o’z aksini topmaydi:
I. Tashkiliy - texnik masalalar.
hujjatlar aylanish
qoidalari va reja - grafigi;
ichki hisobot (tarkibi, shakllari,
davriyligi, tuzish va taqdim qilish muddatlari,
foydalanuvchilar);
ichki nazorat tizimi (ichki
audit xizmati, mutaxassis, shaxsan rahbarning o’zi, taftish
komissiyasi);
II. Uslubiy masalalar.
materiallar haqiqiy sarfining normadan chetga chiqishini
nazorat qilish usullari;
umum ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa bilvosita xarajatlarni taqsimlash tartibi;
davr sarflarini hisobdan o’chirish tartibi;
tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash.
III. Soliqqa oid masalalar.
alohida hisob yuritishni tashkil etish tartibi (faoliyat turlari bo’yicha, sotilgan tovarlar bo’yicha,
har xil stavkalarda QQS solinadigan, QQS solinmaydigan va hokazo);
ijtimoiy soha ob’ektlarini alohida hisobga olishni tashkil etish (mulklar
imtiyoz berilgan va
imtiyoz berilmagan ishlab chiqarishlarda birga qo’shib ishlatilgan hollarda mulk solig’i bo’yicha
imtiyozga huquq olish uchun).
Ko’p hollarda
hisob siyosatida
o’z aksini
topmaydigan
masalalar
Tashkiliy -
texnik
masalalar
Uslubiy
masalalar
Dostları ilə paylaş: