Asosiy va boshqa auditorlarning javobgarligi.
Asosiy auditor tomonidan
tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlikhisobotiga xo’jalik yurituvchi
sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axborotiga taalluqli boshqa
auditorninghisobotiga kiritilgan axborotlarham qo’shiladi. Asosiy auditor tomonidan
tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini
boshqa auditor ham imzolaydi.
MAVZU.
AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI
Auditorlik hisoboti - xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari, mulkdori,
ishtirokchilari (aktsiyadorlari) umumiy yig’ilishiga taqdim etiladigan, auditorlik
tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan
aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi huquq buzilishlari to’g’risida
batafsil ma’lumotlar, shuningdek, auditorlik tekshiruvini o’tkazish natijasida olingan
va auditorlik xulosasini tuzish uchun asos hisoblanadigan boshqa axborotdan iborat
bo’lgan hujjat.
Auditorlik xulosasi – moliyaviy hisobotning haqqoniyligi (to’g’riligi) va
buxgalteriya hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlari bilan belgilangan talablarga
muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan va
xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq
bo’lgan hujjat.
Auditorlik hisobotining tuzilishi. Auditorlik hisoboti quyidagi elementlardan
iborat bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: