16-MAVZU. XUSUSIY KAPITAL SHAKLLANISHI VA TA’SISCHILAR BILAN HISOBLASHISHLAR AUDITI MAVZU BO‘YICHA TESTLAR 1. Aktivlarining balans qiymati 1 mlrd so‘mdan yuqori so‘mmani tashkil etadigan korxonalarda
kamida necha nafar sertifikatsiyalangan auditor ishlashi lozim?
A. 1 nafar.
B. 2 nafar.
C. 3 nafar.
D. 4 nafar.
E. 5 nafar.
2. Ichki auditorga tekshirish uchun huquq beradigan hujjat?
A. Malaka sertifikati.
B. Litsenziya.
C. Diplom.
D. Order.
E. Guvohnoma.
3. Quyidagilardan qaysi biri ichki audit xizmatining asosiy funksiyalari qatoriga kirmaydi:
A. Har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq
ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan ichki auditni amalga
oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari bo‘yicha);
B. Tuziladigan xo‘jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza
o‘tkazish;
C. Buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda korxonaning tarkibiy
bo‘linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun
hujjatlari masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;
D. Texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda
hamda auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni
tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko‘maklashish.
E. Kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi
natijalari bo‘yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash.
4. Quyidagilardan qaysi biri ichki audit xizmati majburiyatlariga kirmaydi:
A. Ichki auditni amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
B. Moliya va statistika hisoboti ko‘rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish.
C. Ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligiga rioya qilish.
D. Aktivlarni xatlovdan o‘tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o‘z vaqtida amalga
oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish.
E. Auditorlik tekshiruvlariga oid dalolatnomalarni direktorlar kengashiga taqdim etish.
5. Ichki audit xizmati xodimlariga qo‘yilgan qaysi talab to‘g‘ri?
A. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yohud O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat
muassasasida olingan o‘rta ma’lumotga, oxirgi o‘n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi,
audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha)
ega bo‘lish;
B. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yohud O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat
muassasasida olingan oliy ma’lumotga, oxirgi o‘n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi,
audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha)
ega bo‘lish.