moddalarining muhimligini belgilashga quyidagi omillar ta’sir qilishini inobatga olinishi lozim deb
o’ylaymiz:
1.
Hisobot moddalarining qiymati;
2.
Hisobot moddalarining iqtisodiy mohiyati;
3.
Ikkita omil kombinatsiyasi.
Moliyaviy hisobot moddalarining muhimligini belgilashda ularning miqdor va sifat
xususiyatlari ham muhim rol o’ynashi mumkin. Masalan, tovar moddiy zahiralarni hajm jihatdan
(puldagi ifodasi) va uning tarkibiga kiruvchi elementlari “xom ashyo”, “yarim tayyor mahsulotlar”,
“tayyor mahsulotlar” (sifat xususiyati) to’g’risidagi axborotlar hisobotda aks etishi lozim. Xalqaro
standartlarga asosan moliyaviy hisobotda aks ettirilgan ma’lumot undan foydalanuchilar uchun
muhim deb qaralsa, moliyaviy hisobot shakliga shu muhim hisoblangan ma’lumot orqali kritilgan
o’zgartirish hech qanday huquqiy jihatdan ta’sirga uchramaydi.
Moliyaviy hisobotning muhim moddalariga nisbatan MHXSlari qo’llaniladi. Bizning
bunday xulosaga kelishimizga sabab “Hisob siyosati, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va
xatolar” nomli Moliyaviy hisobot xalqaro standartida moliyaviy hisobotga ta’sir etish darajasi
ahamiyatsiz bo’lgan ko’rsatkichlar hisob siyosatida aks etmaydi, deb e’tirof etilganligidadir. [4]
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda muhimlik kontseptsiyasini quyidagi
yo’nalishlarda shakllantirish mumkin:
-
moliyaviy hisobotda xususiyati jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan muhim moddalar
(ko’rstakichlar) alohida-alohida aks etishi lozim;
-
muhim bo’lmagan moddalarni uning xususiyati va funktsiyalaridan kelib chiqqan
holda umumlashtirish;
-
moliyaviy hisobotda aks etmaydigan ayrim ko’rsatkichlar hisobotga ilova sifatida
keltiriladigan hujjatlarda ochib berilish lozim.
Shuni yodda tutish lozimki, muhimlik mutloq va nisbiy miqdorlarda aniqlanishi mumkin.
Muhimlikni nisbiy miqdorlarda aniqlash moliyaviy hisobot moddalarining sifat xususiyatlarini
belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, xarajatlarni hisobotda aks ettirish jarayonida yo’l
qo’yilgan 1 mln. so’mlik xato, foydasi 1 mlrd. so’mni tashkil etuvchi sub’ekt uchun muhim emas,
lekin foydasi 3 mln. so’mni tashkil etuvchi sub’ekt uchun muhimdir. Xato haqida gap ketganda,
sub’ekt xodimlari tomonidan u bilmasdan yoki qasddan sodir etilishi mumkin. Ikkinchi holat
auditorlar tomonidan o’rganilganda hisobotdagi xatoliklar evaziga auditorlik riskini ortishi
natijasida muhimlik darajasi kamaytiriladi (ya’ni o’rganilayotgan moddaning iqtisodiy mohiyatiga
qaraladi).
Yana bir misol keltirsak, sodir etilgan kichkina xatolik zarar bilan chiqqan sub’ektni foyda
bilan chiqishiga olib keldi. Sub’ekt yillik moliyaviy hisobotida quyidagi ma’lumotlar keltirlgan:
Dostları ilə paylaş: