O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Auditorlik tanlashning maqsadi va tanlash bilan bog’liq risklar



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   362
Аудит УМК

4. Auditorlik tanlashning maqsadi va tanlash bilan bog’liq risklar 
Ichki nazoratni testlashda tanlashdan foydalanishdan maqsad ichki nazorat tizmi samarali 
ishlash yoki ishlamasligini aniqlash xisoblanadi. Agar ular samarali ishlamasa, auditor mustaqil 
protseduralarni konstruktsiyalayotganda boshqaruvning ichki vositalari muxokamasi haqida qaror 
qabul qilishda ko’rib chiqishi lozim. Schetlar saldosini testlashda tanlashning maqsadi bu schetlar 
saldosini buzib yozishlar sonini baholashdir. Agarda buzib ko’rsatishlar (xatolar) ko’p bo’lsa, 
auditor schetlar saldosini to’zatish imkoniyati bo’lishi uchun ular haqida bilishni istaydi. Biroq 
tanlashda hamisha ma’lum risklar bo’ladi. Masalan, auditor etarlicha miqdordagi elementlarni 
ko’rib chiqa olmas edi yoki tanlash jami hajim uchun reprezentativ bo’la olmas edi. Shu tariqa, 
auditorlar ular tekshirayotganlar xaqidagi noto’g’ri xulosalar ehtimolini minimallashtiruvchi tanlab 
olishlarni kurib chiqishlari kerak. 
Tanlash birliklariga tekshiriladigan alohida elementlar kiritiladi. Tanlash birliklari umumiy 
to’plamni tashkil etadi. Umumiy to’plam auditor nazorat protseduralari samaradorligi yoki 
schetdagi buzib yozishlar kabi ayrim xususiyatlarni baholamokchi bo’lganida, schetlar saldosini 
tashkil etuvchi operatsiyalar yoki elementlar guruhidir. Tanlash birligiga daromadni tan olishga 
ta’lukli bo’lgan yil davomida sotilgan buyurtmalar bo’lishi mumkin edi. Auditor tanlashdan 
foydalanishda to’rtta kritik savolga javob berishi kerak. 
1.Qanday umumiy to’plam va tanlash birligi tekshirilmog’i zarur va qanday xususiyatlari 
tekshirilishi lozim (umumiy bosh to’plam) ? 
2.Auditorlik testlash uchun qancha element tanlab olinishi kerak(tanlab olish hajmi)? 
3.Tanlab olishga qanday elementlar kiritilishi lozim(tanlash) ? 
4. Tanlab olishga qarab umumiy to’plam xaqida qanday xulosalar qilish mumkin 
(baholash)? 
Tanlash bilan bog’liq va bog’liq bo’lmagan risklar 
Tanlab olishdan umumiy to’plam haqida xulosalar qila turib, auditor umumiy to’plamning 
o’ziga xos xususiyatlari haqida xatolar qilishi mumkin, chunki yo a) auditor auditorlik 
protseduralarini tegishlicha bajarmagan yoki muammolarni noto’g’ri tahlil qilish yoki b) auditor 
umumiy to’plamga nisbatan reprezentativ bo’lmagan tanlashni noto’g’ri talqin qilganda. Biroq 
auditorlik firmalari bu risklardan ikkalasini ham nozorat qila oladi. 
Tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk. Faraz qilinadiki auditorlar tanlashda hamma 
elementlarni sinchiklab tadqiq etadi va operatsiyalarning to’g’riligini baholash uchun dalil yig’ishda 
audit amallarini tanlaydi. Lekin auditor extiyotkor bo’lmagan xolatlar ham bo’ladi. Auditor tanlash 
riski bilan bog’liq bo’lmagan risklarda barcha sabablarga ko’ra xato xulosa chiqargan bo’lsa, bu 
tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk sifatida qaraladi. Tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk, 
shuningdek auditorlik protseduralarni bajarayotgan auditorning malakasi etishmasligi oqibati ham 
bo’lishi mumkin. Auditorlik firmasi bunday xatolar ehtimolini auditorlarning tegishli o’kuv va mos 
keluvchi ko’zatuvlari, tanlab olishni bajarish uchun yaxshi ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari va 
sinchkilab ishlab chiqilgan va bajarilgan audit dasturlari vositalari bilan boshqaradi. 
Tanlash bilan bog’liq risk. Risk hamma vaqt bo’ladi, tanlab olishdan qilingan har qanday 
tanlovlar agar auditorlar 100% umumiy to’plamni tekshirmasalar to’g’ri bo’la olmaydi. 
Loyihalangan natijalar xaqida noaniqliklar bo’ladi, chunki tanlab olish natijalari umumiy 
to’plamning uncha katta bo’lmagan qismiga asoslanadi. Tanlab olish miqdori qancha kam bo’lsa, 
noaniqlik shuncha katta; tanlab olish miqdori qancha katta bo’lsa, noaniqlik shuncha kam bo’ladi. 
Tanlash bilan bog’liq risk shunday riskki, tanlash asosida berilgan auditorlik xulosalari agarda 
auditorlik protseduralari jami umumiy to’plam uchun shu tarzda qilingan bo’lsa avval qilingan 
xulosalardan farqlanishi xisoblanadi. Statistik tanlashni qo’llash yordamida auditor agar tanlash 
umumiy to’plam uchun reprezentativ bo’lsa, u erda riskning miqdori qancha bo’lishini baholaydi. 
Tanlash bilan bog’liq risk tanlashning nostatistik yondashuvlari uchun emas, balki statistik tanlash 
uchun o’lchanishi mumkin. 


Ichki nazorat tizimini testlash bilan bog’liq tanlash risklari. Auditor ichki nazoratni 
integratsiyalangan auditning bir qismi sifatida samaradorligini baholash uchun dalillarni yig’ishda 
ko’pincha tanlashdan foydalanadi. Nazorat pasayishga uchrasa, auditor vaqt foizining aniq bahosini 
talab qiladi; masalan, agar nazorat vaqtning 4%da samarali yuritilmasa, auditor bu axborotdan 
nazorat samaradorligi haqidagi va bajarilishi kerak bo’lgan mustaqil nazorat amallar miqdori yoki 
ichki nazorat to’g’risida fikr ega bo’lish uchun foydalaniladi. Chunki tanlab olish hamisha ayrim 
noaniqliklarga ega bo’ladi, shu bilan birga auditor yomon senariyni boshqarishga urinadi; masalan, 
auditor nazorat vaqtning 8% dan ortig’iga pand bermaydi deya 95% ishonishni xohlaydi. Auditor 
hamisha tanlab olishning uncha katta bo’lmagan miqdoridan noto’g’ri xulosalar chiqarish bo’yicha 
risklarni boshqarishga xarakat qiladi.
Ichki nazoratni testlash bilan bog’liq tanlash risklari 18-jadvalda keltirilgan. Ichki nazorat 
ishonchliligini noto’g’ri qabul qilish riski (shuningdek, nazorat riskining o’ta past yoki 
ishonchlilikdan ham yuqori baholovchi risk deb ataluvchi risk) bunda auditor ichki nazorat tizimini 
samarali deb topganda haqiqatda esa ichki nazorat tizimi samarsiz bo’lganligi riski hisoblanadi. 
Ichki boshqaruv ishonchliligining noto’g’ri og’ishi riskga (shuningdek, nazorat riskini o’ta 
yuqoriligida yoki ishonilganidan past riskni baholash deb ham ataluvchi) auditor nazoratning ichki 
vositalari holati samarasiz deb xisoblanadi, aslida esa nazoratning ichki vositalari samaralidir.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin