O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Tanlashning statistik va nostatistik turlari



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   362
Аудит УМК

 
5.Tanlashning statistik va nostatistik turlari 
Auditorlar nostatistik va statistik tanlashdan foydalanadilar. Agar zarur tarzda foydalanilsa 
tanlash har qanday yondashuvi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini taqdim etishda samarali 
bo’lishi mumkin. Nostatistik tanlashlar auditorga tanlab olish haqidagi noto’g’ri talqin qilish riskini 
statistik jihatdan nazorat qilish yoki o’zgartirishga ruxsat bermaydi. Statistik tanlash auditorga 
tanlab olishning mos keluvchi hajmini aniqlash va tanlab olishlar natijalarini baholashda yordam 
berish uchun mulohazalari va tajribalari bilan bir qatorda ehtimollar nazariyasini va statistik tanlab 
olishni ham qo’llashni o’z ichiga oladi. Aksincha, nostatistik tanlash ehtimollik nazariyasi va 
statistik xulosalarni qo’llash ko’zada tutilamaydi; buning o’rniga auditorga tanlab olishning mos 
keluvchi hajmini aniqlash va tanlab olishlar natijalarini baholashda yordam berish uchun 
auditorning mulohazalari va tanlab olishni qo’llashdagi tajribasida qo’llanilishi ko’zda tutadi. 19–
jadval nostatistik va statistik tanlashni tegishli o’lchamlarda taqqoslaydi.
19–jadval
Nostatistik va statistik tanlab olishlarni taqqoslash 
 
Nostatistik tanlash 
Statistik tanlash 



Tanlab olish hajmi 
Tanlab olish hajmi auditorning mulohazasi 
bilan aniqlanadi. 
Auditor mulohazalari miqdoriy jihatdan 
aniqlanadi va tanlab olish hajmi 
ehtimollar nazariyasi bilan aniqlanadi.
Tanlab 
olishni 
saralash 
Tanlab 
olish 
jamlanganlikka 
reprezentativligiga 
yig’ilgan
hamma usulllarni 
o’z 
ichiga 
oladi. 
Tanlab 
olishning 
muhokamasi 
ham 
jamlanganlikning 
bir 
qismiga, masalan yilning o’tgan besh kuni 
davomidagi 
hamma 
operatsiyalarga 
yo’naltirilgan bo’lishi mumkin.
Tanlab olish jamlanganlikning har bir 
birligiga tanlab olishga tushishga teng 
imkoniyat 
berish 
uchun 
tartibsiz 
saralangan 
bo’lishi 
mumkin. 
Jamlanganlik 
bilan 
qiziquvchilarga 
yo’nalish berish mumkin masalan, 
yilning 
o’tgan 
10 
kunidagi 
operatsiyalar 
statistik 
jihatdan 
saralangan bo’lishi mumkin. 
Baholash 
Baholash 
auditorning 
mulohazalariga 
asoslangan, bashoratlar esa tanlab olishlar 
natijalariga asoslangan.
Baholash auditorlik 
mulohazalariga 
yordam berishi uchun foydalaniladigan 
statistik xulosalarga asoslangan 
Xarajatlar 
Saralash 
uchun 
Xarajatlar 
past 
chunki 
auditorlik mulohazalari faqat tanlab olishning 
mos keluvchi hajmini aniqlash va natijalarni 
baholashda talab qilinadi. Tanlab olishning bu 
turi, tanlab olish risikini nazorat qilish va 
o’lchashning 
ob’ektiv 
usullarini 
ta’minlamaydi 
O’quv Xarajatlari yuqori, chunki tanlab 
olishning statistik yo’llarini bilish 
va/yoki tanlashning maxsus kompyuter 
dasturiy ta’minoti talab qilinadi. Tanlab 
olishning bu turi auditor maqbul riskni 
avvalroq aniqlashini tanlab qiladi. 
Ustuvorlik
Bu usul auditorning schetlardagi xatolar 
haqida 
avvalgi 
kutganlariga 
asoslangan 
bo’lishi mumkin. Bu usul tanlab olishni 
rejalashtirishi, saralashi va baholashga kam 
vaqt sarflashi mumkin. 
Bu usul auditorga tanlab olish riskining 
obektiv choralarini ta’minlay borib, 
samarali tanlab olishni to’zish, dalillar 
etarliligini, xisoblash va natijalarni 
baholashga yordam beradi. Bu usul 
auditorga kompyuterlashtirilgan tanlov 
va statistik baholash orqali tanlab olish 
xulosalarini 
himoyalashda 
foydali 
maslahatlar olishga ko’maklashadi, 
chunki ular statistika nazariyasiga 
asoslangan 
Statistik tanlab olishni qo’llaydigan auditor tanlov hajmini xisoblab chiqish 
uchun 
jadvallar va formulalardan foydalanadi, shu bilan birga statistik bo’lmagan tanlab olishni 


kullaydigan auditor esa fakat kasbiy mulohazalaridan foydalanadi. Odatda tanlab olishning 
nostatistik hajmi statistik tanlab olishning mohironi va samarali to’zilgan tanlov hajmidan kam 
bo’lishi mumkin emas. Statistik va nostatistik tanlovlarning ikkalasidan ham zarur holatda 
foydalanilganda, auditorning xulosasi uchun etarlicha dalillar takdim etishi mumkin. Statistik tanlab 
olish auditorga jamlanganlik haqidagi noto’g’ri xulosa riskini aniq boshqarish va o’lchash imkonini 
beradi, statistik bo’lmagan tanlab olish esa bunday nozorat va o’lchovlar qilishga imkon bermay. 
Ikkala yonda shu uchun ham auditor nazoratga layoqatsizlik yoki tanlab olishda topilgan 
xatoliklarning mohiyatini xisoblab chiqishni va tanlab olish natijalarini jamlanmalarga 
spektrlashtirishi va butun jamlanganlikni yakunlamog’i zarur. Tanlab olishning miqdoriy 
baholanishiga qushimcha ravishda auditor nazorat va xatoliklar layoqatsizligi tomonlarini ko’rib 
chiqishi kerak. Tanlab olishlar natijalari xatolar tufayli kelib chiqqanligi yoki ular firibgarlik 
extimolini ko’rsatayaptimi va nazoratning layoqatqizligi auditning boshqa fazalariga qanday ta’sir 
etadi? Audit mulohazalari bilan kombinatsiyalangan statistik tanlab olishlar odatda fakat auditorlik 
bitta mulohazasidan foydalanganlikga nisbatan ancha yuqori sifatli auditorlik xulosalarin yaratadi. 
Bundan tashqari, statistik tanlab olish regulyatorlar yoki hakamlar yigilishining ikkinchi nuqtai 
nazari (farazi) dan qochishga imkon berishi mumkin, boshqa tomonlar tanlab olishning 
foydalanilayotgan usullariga nisbatan shubhani bartaraf etish lozim.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin