mustaqil auditor xulosasi
Biz Intel korparatsiyasining 28 dekabr 2002 yil va 29 dekabr 2001 yil holati balansini va 28
dekabr 2002 yilda tugovchi har bir uch yil uchun daromadlar, xususiy kapitali va pul oqimlari
haqida tegishli konsalidatsiyalashgan hisobotlarining auditini o’tkazdik. Bizning auditimiz
shuningdek, indeksdagi 15 (a) – bandda hisoblab chiqilgan moliyaviy hisobot grafigini ham o’z
ichiga oldi. Ushbu moliyaviy hisobot uchun javobgarlik kompaniya rahbariyatining zimmasida.
Bizning majburiyatimiz o’tkazilgan auditimiz asosida ushbu moliyaviy hisobot ishonchliligi haqida
fikr bildirishdan iborat.
Biz auditni Qo’shma Shtatlarda umum qabul qilingan audit standartlariga mos ravishda
o’tkazdik. Bu standartlar, auditni moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatolar yo’qligiga etarlicha ishonch
hosil qiladigan darajada rejalashtirishimizni va o’tkazishimizni talab qiladi. Audit sonli
ko’rsatkichlarni tasdiqlash va moliyaviy hisobotlarni ochib berishni tasdiqlovchi dalillarni
testlashtirish asosida o’rganishni o’z ichiga oladi. Audit, shuningdek, foydalanilayotgan
buxgalteriya hisobi printsiplari baholari va rahbariyat tomonidan yo’l qo’yilgan muhim
xatoliklarni, hamda, moliyaviy hisobotni umumiy ko’rinishini baholashni ham o’z ichiga oladi.
Biz tomonimizdan o’tkazilgan audit fikrimizni bildirish uchun etarlicha asos beradi, deb
o’ylaymiz. Bizning fikrimizcha, konsalidatsiyalashgan moliyaviy hisobot Intel korparatsiyasining 28
dekabr 2002 yil va 29 dekabr 2001 yil bo’yicha hisoboti konsalidatsiyalangan moliyaviy holatiga
nisbatan hamma mavjud (muhim) munosabatlar bo’yicha ishonchli aks ettiradi, shuningdek, 28
dekabr 2002 yil uchun Qo’shma shtatlarda umumqabul qilingan buxgalteriya hisobi printsiplariga
mos holda pul mablag’lari harakatini ham ishonchli aks ettirgan. Bundan tashqari, bizning
fikrimizcha, umuman olingan asosiy moliyaviy hisobotlarga nisbatan munosabatlar ko’rib
chiqilganda, mos keluvchi grafik, unda bayon qilingan axborotlarning hamma muhim
munosabatlari ishonchli ko’rsatilgan.
2 – eslatmadagi konsalidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda ko’rsatilgandek, 30 dekabr 2001
yildan kompaniya moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq №142 – “Ishbilarmonik obro’si
(gudvil) va boshqa nomoddiy aktivlar haqida” bayonnoma qabul qildi.
Ernest & Young
San – Xose, Koliforniya
Modifikatsiyalanmagan xulosaning oxirgi xatboshisi auditorlik xulosasi audit ekspertizasini
o’tkazish natijalari bo’yicha tuzilganligini bildiradi.
Bu band shunchalik muhimki, auditorlik
xulosasi ko’pincha shu xatboshi nomi bilan “auditor fikri” deb ham ataladi. Fikrlar xatboshisi faqat
tekshiruv natijasidagi faktni yoki kafolatning tasdig’i emas balki xulosalar professional
mulohazalarga asoslanganligini ko’rsatadi.
AQShdagi Wm.Wringley Jr.Company uchun modifikatsiyalanmagan auditorlik
xulosasi va
moliyaviy hisobotga javobgarlik bo’yicha rahbariyatning xati
Dostları ilə paylaş: