aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda aloxida
mayatnik ish uylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo‘lingan yoy
atrofida xarakatlanadi va xar bir ma`lum vaqtdan keyin shingirlaydi. Bu psixologik
elementlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi. Ilmiy (izoxli) psixologiyani oyoqqa
turgizish uchun Vundt qo‘shimcha
vosita sifatida yondosh fanlar
, ayniqsa fiziologiya,
astronomiya, etnografiya, tarix, mifologiya va boshqa fanlardan olingan
ma`lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi. Leypcig laboratoriyasi va
institutidan namuna olib, Germaniyaning boshqa universitetli shaxarlarida ham,
shuningdek
boshqa mamlakatlarda ham , jumladan Franciya, Angliya va Amerikada
laboratoriya ham da institutlar tashkil qilindi. XIX asrning oxirida Rossiyada ham bir
qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi:
Moskvada Tokarskiy
,
Qozonda Bexterev, Odessada N.N.Langerlar tomonidan shunday laboratoriyalar
ochildi. 1911 yil Moskva universiteti xuzurida, maxsus qurilgan binoda professor
CHelpanov raxbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Xozirgi
vaqtda bu institut RF Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi. Professor A.
F. Lazurskiy (1874-1917 y.) tomonidan eksperimental metodning aloxida turi – tabiiy
eksperimental ishlab chiqarilgan. Eksperimentning
bu turidan bizda bolalar
psixologiyasini o‘rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta`lim psixologiyasi
masalalarini ishlab chiqarishda keng va unumli foydalanilmoqda.
X1X asrning oxiri XX asrning boshlarida o‘zining tadqiqotlari bilan psixologiya
sohasiga ulkan hissa qo‘shgan deyarli barcha psixologlar eksperimentatorlar bo‘lishgan.
Bugungi kunda esa taraqqiyoti ancha tezlashib, yangi o‘rganish sohalarini egallamoqda.
Psixologik metodlarning rivojlanishi va kengayishi bilan birga u o‘zicha boshqa bir
qator ilm sohasiga oid metodlar bilan ham chambarchas bog‘liq: neyrofiziologiya,
biologiya, siyosatshunoslik va boshqalar.
Eksperimental psixologiyani o‘rganishdan maqsad psixika rivojlanishining
individual va yosh xususiyatlarini bilgan holda ularni ob’ektiv metod va usullar bilan
o‘rganishdan iborat. Eksperimental psixologik tadqiqotlar psixodiagnostik
tadqiqotlardan tubdan farq qiladi. Psixodiagnostik tadqiqotda
aniq individ yoki
individlar guruhi haqida ma’lumot olinadi, eksperimental tadqiqotda nazariy faraz
tekshiriladi.
Nazariya va uning tuzilishi
Nazariya fanda - biror hodisa va faktlarni izohlovchi va bashorat qila biluvchi bilimlar
tizimi, sxemasidir. Nazariyalar ilmiy uslub vositasida yaratiladi, shakllantiriladi va
tekshiriladi.
Nazariya — bilimning biror sohasiga oid asosiy gʻoyalar tizimi; voqelik qonuniyatlari
va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. N.
borliqning muayyan sohasiga oid boʻlgan tajribalardan umumlashtirilgan maʼlumotlar
asosida kelib chiqadi. Ilmiy bilishda N.ning asosiy vazifasi tajribalar bergan dalillarni
izohlash, shu bilan birga, narsa va hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirib borish,
Yuzaga keladigan yangi narsa va hodisalarni oldindan koʻra olishdan iborat. Har
Qanday nazariya ilmiy bilishning natijasi sifatidagi bilish shakli boʻlsada, lekin uni
tugallangan, oʻzgarmas, mutlaq bilim deb qaramaslik kerak. nazariya bilish ‘ida biz
toʻplagan bilimlarning natijasigina emas, balki yangi bilimlar hosil qilish yoʻlidagi
boshlangʻich asosdir. Nazariya hamma vaqt amaliyot bilan uzviy boglik boʻladi va
shundagina u harakat va rivojlanishning quroliga aylanadi. Nazariyaning boshlangʻich
shakli gipotezalar. Amaliyotda gipotezaning toʻgʻri,
haqiqat ekanligi isbotlansa, shu
asosda yangi nazariya Yuzaga kelishi mumkin. Ilmiy bilish ‘ida kishilarning ilmiy
nazariyalar bilan qurollanganligi unga ilmiy oldindan koʻrish — ilmiy bashorat qilish
imkoniyatini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, yangi qonuniyat va yangi nazariyalarning
shakllanishiga olib keladi.
Eksperiment oldindan aytilgan nazariyani tekshirib ko‘rish uchun qo‘yiladi. Nazariya
ichki bilishning nutqiy tizimiga izoh beradi. Nazariyaning mantiqiy elementlari bir-
birini rad etadi. Nazariya bazasida uning tushunarli haqiqatlari yotadi.
Mavjud ko‘plab shakllar noempirik (nazariy) bilish: qonunlar, klassifikatsiyalar va
turlari, modellar, sxemalar, gipoteza (farazlar ) dan iborat. Har bir nazariya o‘zida
quyidagi tarkibiy qismlarni ochadi: 1.Empirik oqibatlar poydevori ( dalillar, empirik
qonun-qoidalar ) 2. Bazis- ko‘plab birlamchi ( faraz, shart-sharoitlar farazi,
aksioma
faraz ) bu nazariyaning fikriy ob’ekti sifatida qaraladi. 3. Ko‘plab nazariyalar qaysiki
asosiy nazariy bilimlarni mustaxkamlaydi.
Nazariy bilimlarning tarkibiy qismlarini kelib chiqishi turlichadir. Nazariyaning
empirik tuzilishi tadqiqot va eksperiment natijalari bilan izohlanadi. Nazariyaning
ideallashtirilgan ob’ekti o‘zi bilan
(tanish)
aniqlikning
tanish-ramziy
modelini
yaratadi.
qonunlar
nazariyani
shakllantiradi, ayni paytda (aniqlikni) borliqni emas ideal ob’ektni tariflaydi. Uslubiy
qurilma aksiomani va gipotetik-deduktiv nazariyalarni rivojlantiradi. Birinchidan,
nazariyaning ramkasi bo‘lmish isbot talab etmaydigan, zarur va etarli bo‘lgan
aksiomalardan qurilgan bo‘ladi. Ikkinchidan, farazlarni empirik, induktiv
asoslarning
bo‘lishi. Nazariyalar sifat matematik apparatning qurilmasi tarzda, shaklan, formal
tomondan rivojlanadi. Sifat nazariyalar psixologiyada A. Maslouning qarashlari, L.
Festinger, DJ. Gibsonning ekologik idrok qarashlarida ko‘rish mumkin. SHakliy
nazariyalar qo‘llaniladigan matematik apparatning to‘zilishida namoyon bo‘ladi. Bu
nazariya D. Xonsonning ishlarida o‘z aksini topgan, aqliy nazariya J. Piaje, motivlar
nazariyasi K. Levin, D, Kelli tomonidan yaratilgan. Formal nazariyalar matematikada
ishlatiladigan apparatda namoyon bo‘ladi.
Empirik yo‘nalish nazariyaning sifatini rivojlantiradi, haqiqatni yozish uchun lozim
bo‘ladi. Nazariya faqatgina borliqni aks ettirmaydi, balki uning tuzilishini ham ko‘rib
chiqadi. Ekspremental natijalar, nazariyaning holati va uning ta’siri hisobga olinadi.
Mavjud vaqtda o‘tkazilgan eksperiment natijalarida faqat bitta emas, balki ikki yoki
undan ortiq nazariyalar isbotlanib tushuntiriladi. Masalan, psixofiziologiyada
sensorning uzluksizligi haqida nazariya mavjud. Psixofiziologiyada
shaxsning bir
qancha sifatlari va empirik ta’sir etuvchi omillari isbotlangan. (G. Ayzenk modeli, R.
Kettell modeli, “Katta beshlik”).
Taniqli metodolog B. Feyerbend “Tirishqoqlik tamoyili”da eski nazariyalarni rad
etmaslik lozim, hatto ularning aniq isbotlarini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi, deb
hisoblaydi. Ikkinchi uning tamoyili metodologik anarxizm tamoyili:”Fan o‘zi bilan
anarxistiklikni vujudga keltiradi,nazariya qonunlar asosida har doim progressiv
rivojlanishda bu tarixiy voqealarni analiz qiladi va isbot etadi, fikr va xarakat orasidagi
munosabatni abstrakt tahlil qiladi. Asosiy tamoyil progressiyaga to‘sqinlik qilmaydi, bu
“ Hammani qo‘yib Yuboramiz “ deb ataladi. Masalan, biz gepotezalarni qo‘llashimiz
mumkin, bular nazariyada ko‘rsatilgan va eksperiment natijalarida isbotlangan bo‘lishi
lozim. Fanni konstruktiv harakatlar bilan rivojlantirish mumkin “(Feyerbend .P, 1986 )
Dostları ilə paylaş: