O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
REFERAT
Mavzu:
DAVLAT FUNKSIYALARI
Bajardi: Bobojonov M.
Toshkent -2014
Davlat funksiyalari
Reja:
1. Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi
2. Davlatning ichki va tashqi funksiyalari hamda ularga ta`sir qiluvchi
omillar
3. O`zbekiston davlatining asosiy funksiyalari
Davlat funksiyalari bilan bog`liq masalalarni o`rganish uning mohiyati,
jamiyatda tutgan o`rni va ijtimoiy vazifasini chuqurroq bilib olishga
yordamlashadi. Odatda davlat faoliyatining asosiy yo`nalishlari uning funksiyalari,
deb ataladi. Ularning mazmuni boshqa tushunchalar bilan ham aloqadordir.
Davlat funksiyalari uning davri, siyosati, maqsadi, vazifalari va faoliyati
bilan chambarchas bog`langan.
Avvalambor, davlat paydo bo`lginidan buyon uning rivojlanishida ko`p
davrlar o`tgan. Shunday ekan, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida davlat
funksiyalarining mazmuni va tizimi ham o`zgarib boravergan. Masalan, ilk bor
davlat kelib chiqqan paytdagi funksiyalardan ularning tizimi o`z mazmuni va hajmi
jihatdan ancha farq qiladi. Bu holat birinchi navbatda jamiyat rivojlanishining
mazkur bosqichdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va vazifalari bilan
bog`liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, masalan, davlatning hozirgi davrda tan
olinayotgan tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish funksiyasi quldorlik
davlatida bo`lmaganligini ko`ramiz, chunki bunga hali ehtiyoj ham bo`lmagan. U
paytda insonning hayot kechirishi uchun tabiiy shart-sharoitlar yetarli va zararsiz
bo`lgan.
Har bir davrda davlat o`z oldiga ma`lum maqsadlarni qo`yadi, chunki u
ma`lum guruhning Yoki butun xalqning manfaatini ifodalaydi. Masalan,
davlatning demokratik jamiyat qurish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o`tish,
huquqiy davlatni shakllantirish kabi maqsadlari ijobiy bo`lsa, 30-yillarda fashistik
davlatlar olga surgan butun jahonga hukmronlik qilish maqsadi boshqa
mamlakatlar va o`z xalqi uchun salbiydir.
Davlatning o`z oldiga qo`ygan maqsadi hamisha ham real bo`lavermaydi.
Masalan, SSSRning 1977 yilgi Konstitutsiyasida shunday deyilgan edi: «Sovet
davlatining oliy maqsadi - sinfsiz kommunistik jamiyat qurishdan iborat bo`lib, bu
jamiyatda ijtimoiy kommunistik o`z-o`zini boshqarish rivoj topadi» (Muqaddima).
Davlat o`z maqsadini amalga oshirish uchun tegishli siyosat yurgazadi. Bu siyosat
negizida esa mazkur jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy ehtiyojlari
yotadi, ya`ni davlat olib boradigan siyosat oqibat-natijada jamiyatning real
hayotiga asoslanadi. Davlat siyosatining kuchi - uning adolatliligi va realligidadir.
Davlatning siyosatini quyosh nurlariga o`xshatsa bo`ladi. Quyosh o`z
atrofiga doimo nur tarqatib turginidek, davlat ham jamiyat va mamlakatning barcha
ichki va tashqi muammolari yuzasidan o`z munosabatini, qarashlarini,
yondashuvlarini, va eng muhimi, o`zining yaqin va uzoq davrga mo`ljallangan
orzu-niyatlarini ifodalab turadi. Chunonchi, tinchliksevarlik yo bosqinchilik Yoki
o`z mintaqasida gegemonlik uchun harakatni davlatning siyosatiga misol qilib
ko`rsatish mumkin. Davlatning siyosati bilan uning maqsadi bir-biriga bog`liq, biri
ikkinchisini to`ldirib turadi.
Davlatning umumiy, kelajakka mo`ljallangan siyosati va maqsadidan uning
muayyan vazifalari kelib chiqadi. Davlatning vazifalari, uning funksiyalaridan farq
qilib, hali bajarilmagan reja, ado etilishi lozim bo`lgan topshiriq, ko`rsatma,
navbatdagi ishlar, tadbirlar hisoblanadi. Masalan, O`zR Konstitutsiyasining
muqaddimasidagi «fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta`minlash maqsadi»ni
ro`yobga chiqarib turish uchun O`zbekiston davlatining tegishli organlari qator
tashkiliy-siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.
Davlat oldida turgan bitta vazifa uning bitta funksiyasiga hamisha ham
aynan muvofiq bo`lavermaydi. Ba`zan dav-latning bosh vazifalari uning bir necha
funksiyalari bilan amalga oshiriladi. Va aksincha, bitta funksiya orqali davlatning
bir necha kichik vazifalari ado etilishi mumkin.
So`ngra, har bir davlatning maqsadi, siyosati hamda vazifalarini amalga
oshirish uchun uning o`zi va tegishli organlari zaruriy vakolatlar (huquq va
burchlar yig`indisi)ga ega bo`ladi. Jamiyatning boshqarish tizimida davlat alohida
mavqega ega bo`lib kelmoqda. Bu uning vakolat doirasini belgilaydi. Vakolatlarni
amalga oshirish, bajarish, ado yetish esa, o`z navbatida, davlatning, uning
idoralarining faoliyatini tashkil qiladi.
Davlatning faoliyati, xuddi uning o`zidek, ob`yektiv xarakterga ega. Chunki
davlatni keltirib chiqargan va mazkur bosqichida mavjud bo`lishini taqozo etuvchi
zarurat va ehtiyojlar uning faoliyat ko`rsatishini talab etadi, aks holda u o`zining
tarixiy tayinlanishini, vazifalarini hal eta olmaganligi tufayli yashashga, harakat
qilishga qodir bo`lmay qoladi.
Davlatning jamiyat va shaxs hayotiga aralashuvi darajasi uning funksiyalari
chegarasini, mazmunini va qolaversa, ularning butun mohiyatini belgilaydi. Bu
aralashuv jamiyat va insonning mazkur bosqichdagi talablari darajasida bo`lsa,
demak, davlat ijobiy ahamiyatga ega bo`lgan qadriyatdir. Agar davlat bu ishlarga
ortiqcha aralashsa, iqtisodiy va ijtimoiy erkinlikni chegaralab qo`ysa, hayotda
salbiy rol o`ynaydi va totalitarizm sari qadam qo`ygan bo`ladi. Shuning bilan
birgalikda jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi vazifalar faqat davlat faoliyati
orqaligina hal etiladi, masalan, mamlakatni mudofaa qilish, huquqiy tartibotni
o`rnatish va qo`riqdash, shu jumladan jinoyatchilikka qarshi kurash kabilar.
Davlat faoliyatining eng muhim sohalar (yo`nalishlar)ga bo`linishi, yuqorida
aytginimizdek, uning funksiyalari-ni keltirib chiqaradi.
Funksiyalar davlat faoliyatining shunchaki to`plami, arifmetik yig`indisi
emas. Ular davlat faoliyatining muhim, asosan yirik sohalardagi yo`nalishlaridan
iborat. Masalan, iqtisodiyot, ijtimoiy hayot Yoki mamlakat mudofaasi sohalarida
davlat olib borayotgan ishlarni alohida-alohida asosiy funksiyalar sifatida
ko`rsatish mumkin va lozim.
Shunday qilib, davlat funksiyalari uning siyosati, maqsadi, vazifalari va
vakolatlari bilan belgilanadigan ma`lum bosqich (davr)dagi faoliyatining asosiy
yo`nalishlaridir. Mazkur asosiy funksiyalar tarkibida tagin nisbatan kichikroq
yo`nalishlar ham bo`lishi tabiiydir. Masalan, davlatning hozirgi zamondagi
madaniy-tarbiyaviy funksiyasi tarkibida insonlarni ma`naviyat yutuqyaari asosida
tarbiyalash bitta kichik yo`nalish bo`lsa, fan va texnikani taraqqiy ettirish -
ikkinchi, oliy, o`rta maxsus va umumta`lim tizimini rivojlantirish - uchinchi
yo`nalishdir va hokazo.
Bundan tashqari, har bir funksiya qator qismlardan tarkib topadi. Buni
aniqroq tushunish uchun quyida mudofaa funksiyasini misol keltiramiz. Mazkur
funksiya tarkibiga: davlatning tashqi chegaralarini aniq belgilash va uni qo`riqlash
chora-tadbirlarini ko`rish, qurolli kuchlarni shakllantirish va tarbiyalash, ularni
qurol-aslaha, oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta`minlab turish, zarur bo`lganda
mamlakatni harbiy kuch bilan himoya qilish, davlat xavfsizligi haqida g`amxo`rlik
qilish, mudofaa sohasidagi ishlarga rahbarlik qilish bo`yicha davlat organlarini
tashkil
yetish,
harbiy-mudofaa
haqidagi
qonunlarni
yaratish
hamda
takomillashtirish kabilar kiradi.
Davlat o`z funksiyalarini ado yetish uchun qonun chiqaruvchilik, ijro
etuvchilik va sudlov faoliyatini olib boradi. Davlat o`z funksiyalarini amalga
oshirishda ishontirish, rag`batlantirish va majbur yetish usullaridan foydalanadi.
Mazkur shakllar va usullarning qo`llanish darajasi davlat funksiyalarining hajmi,
davri, tizimi, xarakterli xususiyatlari bilan bog`liq.
Davlat funksiyalarining mohiyati, mazmuni, ayrim bosqichlardagi
xususiyatlari ularni tasniflashga sabab bo`ladi. Davlatning faoliyati ob`yektiv
bo`lgini holda uning funksiyalarini tasniflash sub`yektiv xususiyatga ega. Chunki
funksiyalarni tasniflash olimlar tomonidan fanda, nazariyada amalga oshiriladi.
Shuning uchun ham hatto bir davrdagi funksiyalar tasnifi har xil ifodalanadi. Bu
fikrga ishonish uchun davlat va huquq nazariyasidan yozilgan 3-4 ta darslikni
ko`rish kifoya.
Funksiyalarni tasniflash (guruhlarga, turlarga bo`lish) davlatning mohiyatini
chuqurroq anglashga, uning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaqqolroq namoyish
yetishga ko`maklashadi. Bunda davlat faoliyatining ma`lum bosqichdagi bosh
yo`nalishlari (masalan, iqtisodiy, ijtimoiy, tashqi va boshqa sohalar) belgilovchi
asos qilib olinadi, albatta.
Ilgari, sovet davrida davlat funksiyalarini marksizmning davlatning tarixiy
tiplari to`g`risidaga ta`limotiga binoan tasniflash prinsipi hukmron edi. Quldorlik
va feodalizm tuzumida aholining bir qismi deyarli huquqsiz Yoki chegaralangan
doirada huquqli bo`lgan. Bu hol davlatlarning funksiyalarida o`z ifodasini
topganligi tabiiy holdir. Insoniyat bosib o`tgan asosiy davrlar dalat funksiyalarini
tasniflash ularning muayyan mazmun va tizimini chuqurroq anglashga imkon
beradi
Quyida davlat funksiyalarini tasniflashga oid ikkita umumiy holatni
ta`kidlab o`tmoq darkor ikkita a) Davlatning ichki va tashqi funksiyalari
mavjudliga hamma olimlar tomonidan tan olinadi. Tashqi funksiyalar
ko`pincha ichki funksiyalarning davomi bo`lib ulardan kelib chiqadi, ularni
to`ldiradi, ayrim hollarda urush paytida ichki funksiyalar xam mamlakatni
mudofaa qilishga xizmat qilishi tushunarlidir.
b) Davlat taraqqiyotining barcha bosqich aholining hamma tabaqalari uchun
tabaqalari uchun tegishli bo`lgan "umumiy ishlar" davlat funksiyasi mavjud
etirof qilinmoqda
1[1][1]
. Bu funksiya ilgari sinfiy hukmronlik, zo`rlik ishlatish quroli
deb atalgan, quldorlik va feodal davlatlarida ham mavjud bo`lgan.
Jamiyat rivojlanishining kapitalistik va hohirgi demokratik bosqichlarida
barcha xozirgi ijtimoiy (sotsial) bazasi tubdan kengayib, aholining hamma
guruhlarini o`z ichiga oladi, ya`ni ular sinf emas, balki butun xalq, millat
manfaatiga xizmat qiladi. Umuman hamma funksiyalarga faqat sinfiy nuqtai
nazardan qarash davlatning jamiyatdagi rolini kamaytiradi va xolisona bayon
yetishga halaqit beradi.
Davlatning umumiy ishlar funksiyasi mavjudligi sinfiylikni birinchi o`ringa
ko`tarishga imkon bermaydi. Bu funksiyaga mamlakatni mudofaa qilish, huquqiy
tartibotnmi o`rnatish va muxofaza qilish, shu jumladan jinoyatchilikka va
huquqbuzarlikka qarshi kurash, butun millat, xalq manfaatlarini ko`zlab umumiy
iqtisodiy , ijtimoiy-madaniy (g`oyaviy) ishlar olib borish, Sharqda esa, bulardan
tashqari, sug`orish inshootlarining davlat yordami bilan bunyod etilishi kiritilishi
mumkin.
L.I.Spiridonov mazkur funksiyani Yanada keng ma`noda olib, uning
umuman insonlarning hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib
berishga qaratilganligini ta`kidlaydi. Uning fikricha, bu funksiya tarkibiga
kishilarning hayoti, soglig`i va normal yashashi uchun zarur bo`lgan tabiiy
sharoitlarni ta`minlash; ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlarni
ta`minlash bilan bog`liq davlat faoliyati kiradi
2[2][2]
.
Umumiy ishlar davlatning bosh funksiyasi bo`lish imkoniyatiga ega. To`g`ri,
1[1]
Dostları ilə paylaş: |