davrida davlat tomonidan qator bunyodkorlik tadbirlari amalga oshirilganligi
olimlar tomonidan ta`kidlanmoqtsa. Bu haqda Alisher Navoiyning «Farhod va
Shirin» dostonida ham, sugorish inshootlari qurilishida qahramonlik ko`rsatganlar
xususida gapiriladi. O`sha davlatlar bu yo`nalishda madaniy-oqartuv, maorif,
aholiga turli xizmat ko`rsatish borasida ham ma`lum umumiy ishlarni olib
borganlar. Bu ishlar aholining barcha tabaqalariga taalluqdi bo`lgan
va butun
mamlakat farovonligiga xizmat qilgan.
2. Shu bilan birgalikda davlat ishlab chiqarish qurollari va vositalariga
bo`lgan feodal mulkchiligini ustun darajada qo`riqlash funksiyasini barcha
tashkiliy va huquqiy usullar va choralar bilan amalga oshirib turgan. Shunday
bo`lmasligi mumkin ham emas edi. Chunki aholining
iqtisodiyotda hukmron
bo`lgan guruhlari siyosiy hokimiyatda yagona kuch bo`lib, davlatni o`z manfaatiga
xizmat qilishga yo`naltirgan, feodallarning erga bo`lgan mulkchiligini himoya
qilgan.
3. Bu ham kam edi. Feodal davlatlari krepostnoy dehqonlarni qaramlikda
tutib turish, lozim bo`lganda ularning qarshiligini bostirish funksiyasini atyu qilib
turishgan. Bunday faoliyatni hatto alohida feodallar ham
4. Buning ustiga feodal davlatlari xalq ommasini mafkuraviy tomondan
tarbiyalash funksiyasini ham bajarib turgan
va bunda din aqidalari va
tuzilmalaridan mohi-rona foydalangan. Buning ustiga ular dunyoviy bilimlar
sohiblariga qarshi qattiq kurash olib borganlar. Buyuk olimlik darajasiga
ko`tarilgan Kopernik, Mirzo Ulug`bek va boshqalar fojiasi buning dalilidir.
Dostları ilə paylaş: