Referat mavzu: davlat funksiyalari bajardi: Bobojonov M


O`zbekiston davlatining tashqi funksiyalari



Yüklə 355,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix14.12.2023
ölçüsü355,71 Kb.
#140685
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Davlat funktsiyalari haqida referat

O`zbekiston davlatining tashqi funksiyalari
1. 
Mamlakatning mudofaasi va milliy xavfsizligini ta`minlash. Endilikda 
mazkur funksiyani bevosita bajarish uchun davlatning qator organlari va o`z 
Qurolli Kuchlari mustaqillik asosida tashkil etilgan. Qurolli Kuchlarni zarur qurol-
aslaha va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta`minlash ushbu funksiya 


tarkibida muhim o`rin egallaydi. 
2. YAqin va uzoq davlatlar bilan turli sohalarda o`zaro manfaatdorlik 
asosida hamkorlik olib borish funksiyasi. Aslida bu - yangi funksiya. Biroq qisqa 
davr ichida O`zbekiston dunyoning ko`p davlatlari tomonidan rasman tan olindi, 
ular bilan har xil shakllarda aloqalar, diplomatik munosabatlar o`rnatildi, ikki 
tomonlama shartnomalar tuzildi. Dunyoda ko`pchilik mamlakatlar bilan hamkorlik 
olib borish O`zbekistonning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotida muhim 
ahamiyatga molikdir, shu bois xalqaro munosabatlar sohasida faoliyat ko`rsatuvchi 
davlat organla-ri va idoralarini tuzish, ularni munosib xodimlar bilan 
mustahkamlash jiddiy rol o`ynaydi. 
Respublikamizning yuqorida sanab o`tilgan funksiyalarini bajarish uchun 
davlat mexanizmini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda, avvalambor, 
davlat organlari shakllanishining demokratik asoslarini mustahkamlash, qonun va 
boshqa normativ huquqiy hujjatlarda davlat apparati vakolatlarini qat`iy belgilab 
qo`yish, boshqaruv organlari tizimini iqtisodiyotda bozor munosabatlari 
xususiyatlari, talablariga binoan qayta tashkil yetish va uning huquqiy maqomini 
belgilash ko`zda tutiladi. Chunki endilikda iqtisodiy sohada davlat bilan bir qatorda 
jamoa (ommaviy) va xususiy boshqaruv unsurlari paydo bo`lmoqda. YAngi davr 
vazifalarini ado qila oladigan davlat xizmatchilari guruhlarini tayyorlash va qayta 
tarbiyalash jiddiy vazifa hisoblanadi. 
Shunday qilib, davrlar o`ta borishi bilan davlatning funksiyalari tizimi ham 
o`zgarib boraveradi. Umuman davlat bor ekan, u ma`lum funksiyalarni bajarib 
turadi, aks holda uning mavjudligi hech bir ma`noga ega bo`lmay qoladi, albatta. 
Biroq ana shu zaruriy funksiyalarning davlat tomonidan bajarilishi har xil darajada 
bo`lishi mumkin. Bu, so`zsiz, ko`pgina omillarga, shu jumladan, davlatning 
moddiy-iqtisodiy imkoniyatlariga, demokratik tartibga, ichki va tashqi vaziyatga 
bog`liq bo`lishi tabiiy holdir. 
Xullas, jamiyatda davlat qachon zarur bo`lmay qolsa va u fuqarolik jamiyati 
tuzilmasiga uygunlashib ketsa, o`sha paytda uning funksiyalari ham barham topadi 
va ular jamiyatning o`zini o`zi boshqaruvchi sub`yektlari zimmasiga ma`lum o` 


zgarishlar bilan yuklanadi. Bu haqda uzil-kesil va batafsil xulosa chiqarishga hali 
erta, ammo jamiyatning o`sha yuqori darajadagi taraqqiyotiga erishilgan sari 
mazkur muammo tobora oydinlashib boradi, insoniyat rivojlanishi esa uzoq 
kelajakda o`sha har tomonlama yuksak marralar sari borishi muqarrardir. 
1)
Davlat qanday funksiyalarga bo`linadi ? 
A)
Ishtimoiy-siyosiy. B) Ichki-tashqi. 
C)
Siyosiy-iqtisodiy. D) To`g`ri javob yo`q. 
2)
Quydagilardan qaysi davlatning ichki va tashqi funksiyalariga kiradi. 
A)
Iqtsodiy-ishtimaoiy B)Siyosiy-Ma`naviy. 
B)
Molyaviy-qo`riqlash D) Barchasi to`g`ri. 
3)
Regulyativ bu - ? 
A)
Tartibga solish. B) Boshqarish. 
C)
Mustamlakaga aylantirish. D) A va B javob to`g`ri. 
4)
Davlatning iqtisodiy funksiyasi bu – 
A)
Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va jamiyat iqtisodiy faolyatiga ta`sir
Etish. 
B)
Iqsodiyotning davlat sektorini boshqarish. 
C)
Bozor munosabatlarining huquqiy asosini o`rnatish va narx-navo 
Munosabatlarini belgilash. 
D)
A,B va C javoblar to`g`ri. 
5)
Molyaviy funksiyaning vazifalari bular – 
A)
Soliq to`plash B) Bojxona nazorati. 
C)Molyaviy nazorat. D) Barchasi to`g`ri.

Yüklə 355,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin