O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Yordam ko’rsatish
. Shifoxonagacha bo’lgan bosqichda- teri va ko’z 
jarohatlanganda oqar suv bilan tezda yuvish kerak. Shifoxonaga qabul qilganda esa 
oshqozonni o’simlik moyi surtilgan zond orqali sovuq suv bilan tezda yuvish 
lozim. 
Qo’ziqorin bilan zaharlanish. 
Qo’ziqorin bilan zaharlanish odamga toksik ta'sir qiluvchi qo’ziqorinlarni 
iste'mol qilgandan so’ng paydo bo’ladi. Bunga qizil muxomor, oq poganka, 
govorushkalar kiradi. 
Oq poganka bilan zaharlanganda 6-24 soatdan so’ng qaltirash, jag’lari 
taranglashuvi, nafas olishning buzilishi, isitma, mushaklar og’rigi, ko’ngil aynishi, 
qusish, qorin og’rigi, xolerasimon diareya(ko’pincha qon bilan) kuzatiladi. 
Qizil muxomor, govorushka bilan zaharlanganda esa belgilar 30 soatdan so’ng 
yuzaga keladi. Ko’ngil aynishi, qusish, umumiy holsizlik, suyuq axlat, qorin 
og’rigi, bo’g’ilish, teri va so’lak ajralishi ko’payishi, og’ir hollarda xushning 
buzilishi, bezovtalik, gallyutsinatsiya, koma, qo’rqish, qaltirash kuzatiladi. 
Yordam. 
Oshqozonni tozalash, ko’ngil aynituvchi vositalar, nordon, ich 
ketkazuvshi vositalar qo’llash lozim. 
Uxlatuvchi moddalar va trankvilizatorlar bilan zaharlanish. 


110 
Yengil zaharlanganda- narkotik mast bo’lish, voqealarni adashtirish, 
eshitmaslik, chuqur uyqu, ko’z qorachig’ini o’zgarishi, , ptoz, nistagm, mushaklar 
gipotoniyasi kuzatiladi. Yorug’likka javob reaksiyasi bor. 
Og’ir zaharlanganda: aferleksiya, chuqur koma, og’riqqa befarq, nafas olishni 
buzilishi, 
taxikardiya, 
arterial 
bosimni 
pasayishi, 
termoregulyatsiyani 
buzilishi( giper- yoki gipotermiya) kuzatiladi. 
Yordam.
Oshqozonni zond orqali yuvish, hushdan ketmagan bo’lsa ko’ngil 
aynituvchi vositalar qo’llash kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin