Deontologiya-
tibbiy xodimning uning faoliyati sohasi ostidagi inson oldida
kasbiy burchi haqidagi ta'limot.
14
Tibbiyot hamshiralarining shaxsiy xususiyatlari.
Tibbiy hamshira bemor bola va unga qarovchi qarindoshlari bilan shifokorga
nisbatan ko’proq hamkorlikda bo’ladi, shuning uchun ham uning xulq-atvorining
etik me'yorlari katta e’tiborga loyiq.
Tibbiyot hamshiralarining shaxsiy xususiyatlari.
1. Tibbiy hamshira axloqining asosi-insoniylikdir. O’rta tibbiy bo’g’in xodimining
kasbi tarixiy jihatdan «shafqat hamshirasi» deb nomlanishi uning bemorlarga
o’ziga xos yaqin bo’lishini ta'kidlashdir.
2. Tibbiyot hamshirasi bolaning ichki holatini sezishi onasi kabi tuganmas sabr
qanoatga ega bo’lishi zarur. Bu o’z navbatida bolaning begona kasalxona muhitiga
o’rganishiga ko’maklashadi va hamshiraga ishonchi bo’ladi.
3. O’zida bolalar dunyosini nozik ilg’ab olish xususiyatini tarbiyalash, bolalarga
katta e’tibor berish kerak.
4. Bolalar ayniqsa erkalash, xayrixoxlik, g’amxo’rlikka ehtiyoj sezishadi.
Bolalarga muhabbat har bir tibbiy muassasa xodimining asosiy vazifasi
hisoblanishi kerak.
5. Tibbiyot hamshirasi loqaydlikka, qiynoqlarga chidamsiz bo’lishga haqqi yo’q.
6. Bolani og’riqli yoki yoqimsiz muolajalar, manipulyatsiyalarga (in'yeksiya, zond
yutish va boshqalar)ga tayyorlash jarayonida uni tinchlantirish, kutilayotgan
og’riqdan chalg’itish, unga o’ta e’tiborli bo’lishi zarur.
7. Bemorni kuzatuv va shifokor ko’rsatmalarini to’g’ri bajarish tibbiy hamshiradan
o’z ishiga o’ta e’tiborli bo’lishini talab qiladi. Ayniqsa, ish payti hamshira shaxsiy
ish bilan, begonalar bilan so’zlashish bilan chalg’ishi kerak emas.
8. Tibbiy hamshira o’z majburiyatlarini bajarishda huquq buzarlik va qo’pollik,
loqaydlik bilan kechuvchi xatolarga yo’l qo’yishi mumkin emas.
9. Pediatriya hamshirasi o’z burchini juda chuqur anglashi, sezgir bo’lishi zarur.
O’z vaqtida bola oldiga kelib lablarini ho’llashi, to’shagini to’g’rilashi, bola o’zini
qanday his qilish haqida bilib turishi va shifokorga axborot berishi zarur.
10.Tibbiy hamshira tashqi qiyofasi yo biror belgi harakati bilan bemordan
irganishini ko’rsatish katta xato hisoblanadi. Butun navbatchilik davomida birorta
bola ham uzoq muddatga hamshira nazoratidan chetda qolishi mumkin emas.
11. Bola bilan so’zlashganda bir maromdagi yoqimli osuda tovushda so’zlanadi.
12. Muloqot chog’ida tibbiy hamshira o’zining nutqini to’g’ri boshqarishi zarur.
Masalan, onasi oldida tug’ma nuqsonli bolani “badbashara” deyish mumkin emas.
13. Tibbiy deontologiyaning ajralmas qoidasi-og’ir kasallik diagnozidan, o’lim
bilan yakunlanuvchi xavfning paydo bo’lishidan uning ogoh bo’lishidir.
Tibbiyot hamshirasi sir saqlay olishi zarur. Ota-onalarga, imkon qadar ruhiy
shikast yetkazmaslik va ulardagi umidni so’ndirmaslik zarur, to’g’ri so’zni faqat
shifokorga aytish zarur. Qarindoshlarga shifokor ko’rikda, muhokamada aytgan
gaplarni yetkazish mumkin emas.
14. Bolani parvarish qilayotganlarga yomon munosabatda bo’lish yaramaydi.
Ayniqsa, bolani qarab o’tirgan onalarga e’tiborli bo’lish zarur. Hamshira unga
nisbatan bosiq, mas'uliyatli, tartibli bo’lishi, hatto oddiy muolajalarni ham onaga
qilish uchun berishi mumkin emas.
15
15. Tartibli, mohir va ishini vaqtida bajaruvchi mas'uliyatli , shifokorning eng
yaqin yordamchisidir.
16. Kasbiy to’g’rilik-muhim xususiyat bo’lib, bu yo’l qo’yilgan xatolarning o’z
vaqtida to’g’rilashidir.
Hamshira bemor bola manfaatini birinchi o’ringa qo’yishi va agar xato
bo’lsa bu haqda tezda shifokorni xabardor qilishi bu hatoni shifokor bilan birga
yo’qotishga harakat qilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: |