19
faqat charmdan tikilgan shippak kiyishlari kerak, chunki bu yurganda yengil,
yumshoq bo’lib tovush chiqarmaydi va dezinfeksiya qilish oson. Xalat va boshqa
kiyimlar maxsus shkaflarda saqlanishi kerak.
Tibbiyot xodimlari o’z badanini toza tutishi kerak. Bir xaftada bir marotaba
lozim bo’lsa ko’proq gigiyenik vanna olishi, bir kunda 2 marotaba yuzini va
bo’ynini yuvishi va har kuni yotishdan oldin oyog’ini iliq suv bilan yuvishi kerak.
Tibbiyot xodimi og’iz bo’shlig’i gigiyenasiga rioya qilishi kerak. Har safar
ovqatlangadan so’ng og’zini suv bilan chayqashi, ertalab va kechqurun esa tishni
yuvishi kerak. Og’zida hid bilan ishga bormaslikka harakat qilishi , ertalab
sarimsoq piyoz, piyoz va hidli taomlar iste'mol qilmaslik kerak.
Qo’lni sovun bilan vodoprovod suvida bir kunda bir necha marotaba ertalab,
kechqurun, ovqat yeyishdan oldin, ishni orasidagi tanaffus vaqtida yuvish kerak.
Xojatxonadan chiqqandan keyin qo’lni 0,25% xloramin eritmasi bilan artib, sovun
va suv bilan yuviladi. Qo’lni tirnoq ostilari tez ifloslanadi, shuning uchun tirnoqni
tez – tez olib, barmoq oralarini yaxsxilab sovun va suv bilan yuvib turishi kerak.
Tirnoqlar kalta qilib, chetlari egovlanib turilishi kerak. Tirnoqni to’q rangdagi lak
bilan bo’yash tavsiya etilmaydi. Uzuk va qo’l soatlar ish vaqtida echib qo’yilishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: